Axborotlarni himoyalash. Kripto tizim asoslari. Simmetriyali kripto tizim asoslari. Reja



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix17.12.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#149617
1   2   3   4   5   6   7   8   9
M2 (1)

stenografiya
usullari saqlanuvchi yoki uzatiluvchi axborotning nafaqat ma’nosini, 
balki yopiq axborotning saqlanishi va uzatilishini ham yashirish imkonini beradi. 



Stenografiya usullari asosida yopiq axborotni ochiq fayllar orasida niqoblash 
(maskirovkalash) yotadi.
Axborotlarni 
kodlash
jarayoni ma’lumot (so‘z, gap)ning dastlabki ma’nosini 
kodlar bilan almashtirishdan iborat. Bunda kodlar sifatida harflar, raqamlar, belgilar 
mosligidan foydalanish mumkin. Ma’lumotlarni kodlash va ularni qayta tiklashda 
maxsus jadvallar yoki lug‘atlardan foydalaniladi. Axborot tarmoqlarida ma’lumotni 
(yoki signalni) dasturiy-apparat vositalar yordamida kodlash uzatilayotgan 
axborotning ishonchliligini oshirish uchun qo‘llaniladi. 
Aksariyat hollarda kodlash va shifrlashni bir-biri bilan almashtirib yuborishadi. 
Kodlangan axborotni qayta tiklash uchun almashtirish qoidasini bilish yetarli. Biroq 
shifrlangan axborotni shirfdan ochish uchun esa shifrlash qoidasidan tashqari 
shifrlash kalitini ham bilish talab etiladi.
Axborotni 
zichlash
usulini kriptografik aylantirish usullariga ma’lum bir 
chetlanishlar bilan kiritish mumkin. Chunki, axborotni zichlashdan maqsad 
ma’lumotning hajmini qisqartirishdir. Zichlash vositalariga egalik qilish imkoniyati 
kengligi va ularni qayta tiklash osonligini inobatga olgan holda, bu usulga axborotni 
ishonchli kriptografik aylantirish vositasi sifatida qarab bo‘lmaydi. Hatto zichlash 
algoritmi maxfiy saqlangan holda ham ularni statistik usullar bilan nisbatan yengil 
ochish mumkin. Shuning uchun konfidensial axborotlarning zichlangan fayllari 
keyinchalik shifrlanishi lozim. Ma’lumotlarni uzatish vaqtini kamaytirish uchun 
zichlash va shifrlash jarayonlarini birlashtirish maqsadga muvofiq. 
Kriptotahlil
– bu kalitni bilmay turib, shuningdek, shifrlash algoritmi haqida 
ma’lumotlar yo‘q bo‘lgan holda yopiq axborotni shifrdan ochish jarayonidir. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə