4
ma’lumotlarni shifrdan ochish imkonigi ega bo‘ladi. Demak, bunday shifrlash usulida
tanlangan kalitni begonalardan sir saqlash muhim ahamiyatga ega.
Shifrlashning simmetrik algoritmlari ikki turda bo‘ladi.
Ulardan biri
ochiq
matnga bitlar
bo‘yicha ishlov beradi. Ular
potokli algoritmlar
yoki
potokli shifrlar
deb
nomlanadi. Ikkinchisida esa,
ochiq matn bir necha bitdan
iborat bo‘lgan bloklarga
bo‘linadi. Bunday algoritmlar blokli algoritmlar yoki blokli shifrlar deb nomlanadi.
Blokli
shifrlashning
zamonaviy
algoritmlarida,
odatda,
blok
uzunligi
64 bitni tashkil etadi.
Simmetriyali tizimlarda quyidagi ikkita muammo mavjud:
1. Axborot almashishda ishtirok etuvchilar qanday yo‘l bilan maxfiy kalitni bir-
birlariga uzatishlari;
2. Jo‘natilgan xabarning haqiqiyligini aniqlash.
Elektron raqamli imzo va ochiq kalitlar strukturasi.
Elektron raqamli imzoni
qo‘llashdan maqsad, avvalo, elektron hujjatdagi axborot
asl nusxa ekanligini
tasdiqlash, shuningdek uchinchi tarafga (arbitrga, sudga va boshqalarga) hujjatning
muallifi ushbu shaxs ekanligini isbotlash. Ushbu maqsadga
erishish uchun muallif
o‘zining maxfiy individual raqami (individual kalit, parol) bilan hujjatga o‘rnatilgan
tartibda
Dostları ilə paylaş: