1-mavzu. Yengil atletika



Yüklə 148,5 Kb.
tarix13.10.2023
ölçüsü148,5 Kb.
#127356

Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti

  • Mavzu: Yengil atletikaning kelib chiqishi va tarixi
  • Talaba: Xoliqulova M.

1-MAVZU. YENGIL ATLETIKA

  • REJA:
  • 1.Yengil atletikaning kelib chiqishi va rivojlanishi.
  • 2.Yengil atletikaning turlari.

,,Atletika" — yunoncha so’z bo’lib, u bellashuv, kurash, mashq ma'nolarini anglatadi. Qadim Yunonistonda kuch va chaqqonlik bo’yicha bellashganlarni atletlar deb nomlaganlar. Sportchilar mashqlarni yengil va o’z xohishiga ko’ra bajarganlar. ,,Yengil atletika" atamasi ham shu bilan bog’liq ravishda vujudga kelgan boiishi mumkin.

  • Zamonaviy yengil atletika ham yuqoridagi sport turlari: yurish, yu-gurish, sakrash, uloqtirish va shu singari turlarni qamrab olgan ko’pkurashdan iboratdir. Qamrab olingan sport turlari hammabop bo’lgani uchun Yer sharidagi millionlab odamlar yengil atletika bilan shug’ullanmoqdalar. Mashqlarning turli-tumanligi va ularning nafi katta ekanligi, jihozlarning murakkab emasligi yengil atletikani har bir shaxs shug’ullanishi mumkin bo’lgan ommaviy sport turi bo’lib qolishiga olib keldi. Shuning uchun ham yengil atletikani ,,Sport qiroli" deb ataydilar.

Yengil atletika o’ziga xos yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish — tezlik kuchini, chidamlilikni tarbiyalaydi, kishi a'zolarining harakatchanligini kuchaytiradi, irodani tar-biyalaydi, tana a'zolarining ish qobiliyatini oshiradi. Yengil atletika mashqlarining sog’lomlashtiruvchi ta'siri ana shunda. Bu sport turi yaxshi odatlarni, o’z salomatligiga doimiy ravishda e'tibor berib yurish kabi sifatlarni shakllantiradi.

  • Bu sport turi bilan issiq paytlarda yengil kiyim kiyib shug’ullaniladi. Sovuq paytlarda sport kiyimining qalinrog’i kiyiladi. Oyoqqa keta, krassovka, shippaklar kiyiladi. Sta-dionda yengil atJetika bo’yicha yugurish yoki sakrash mu-sobaqalari o’tkazilganda, unda qatnashuvchilartishli ship-pakJar kiyib olishlari mumkin. U yaqin masofaga yugurishda ko’rsatkichlarni oshirishga (2 — 3 s ga), uzunlikka sakrashda esa (20 — 30 sm) uzoqroqqa sakrashga yordam beradi.

Yengil atletika bilan shug’ullanish chog’ida qator qoidalarga rioya qilish zarur bo’ladi, bu kutilgan yaxshi natijalarga erishishga olib keladi. Qoidaga ko’ra, avval 3 — 5 daqiqa asta yuguriladi, 6 — 8 marta umumiy mashqiar bajariladi, 30 — 50 m ga tezlik bilan 2 —- 3 qayta yuguriladi. Bu harakatni aniq bajarish ko’nikmasini hosil qilishga yordam beradi.

  • Uzunlikka yoki balandlikka sakrash joyi quruq va tekis bo’lishiga ahamiyat beriladi. Bunda yerga tushish joyida o’tkir, uchli narsalar bo’lmasligi lozim. Balandlikka sak-rashni kuzatayotganda kuzatuvchi yugurish tomonida turadi, aks holda sakrash tayoqchasi uchib ketib, unga tegib ketishi mumkin.
  • Yugurish mashqini bajargandan so’ng darhol to’xtab yoki o’tirib olish mumkin emas. Masalan, 100—-200 m uzoq masofaga yugurganda yaxshisi 10— 15 metrqadamlab yurish kerak.

Qisqa masofalarga (sprinterlik) yugurish

  • Yugurishning bu turi bo’yicha respublikamizda o’g’il bolalar va qizlar uchun eng yuqori natijalar Toshkent shahrida qayd etilgan. o’g’il bolalarda 100 m. ga yugurish bo’yicha rekord natija Anvar Kuchmuradovga (10,50 sek. elektron hisoblagich); qizlar o’rtasida Ludmila Lapshina (11,85 sek.) ga tegishli. Bu masofaga yugurish bo’yicha jahon rekordi erkaklar orasida 6,39 s ga teng (elektron sekundomer bo’yicha). Bunga amerikalik Moris Grin erishgan. Ayollar orasida — 6,92 s bo’lib (elektron sekundomer bo’yicha), bunga rossiyalik Irina Privalova erishgan.
  • Jismoniy tarbiya darslarida 2 x 30, 2 x 20, 60 m yoki 100 m masofalarga ( 1, 2, 3 o’quvchi) oddiy sekundomer o’lchovi asosida yuguriladi. Bir necha darsdan keyin dastlab 30 m ga, 2 — 3 darsdan keyin 60 — 100 m ga yugurish me'yorlari topshiriladi.
  • Pastki start—Xcz yugurib ketish uchun qulay boigan dastlabki holat. Pastki startdan yugurish uchun tayanch, chuqurcha yoki start g’o’lachalari (kolodka)dan foydalaniladi.

Uzoq masofaga (stayerlik) yugurish

  • Chidamlilikni o’stirish maqsadida, kollejlar uchun dasturda 500, 800, 1000 m (1 km)ga yugurish ko’zda tutiladi. Bu masofaga 17 va undan kichik yoshdagi o’g’il bolalar va qizlar yugiradilar. Masalan, yoshlar o’rtasida jahon rekordi 2 min 20,37 s ga (eiektron sekundomer bo’yicha) teng. Bu ko’rsatkichga ingliz sportchisi Xen Bouksi erishgan. Qizlar orasida 2 min 38,58 s (elektron sekundomerda) ingliz sportchisi Jo Uayt erishgan. Respublikamizda 800 m masofaga yugirish bo’yicha rekord natijaga E.Nurmatov (lm.52,3 sek), qizlar orasida L.Kir-yuxina (2 m.04,76 sek) erishganlar.
  • 2 — 3 km ga kross yugurish butun tanaga ijobiy ta'sir ko’rsatuvchi, juda yaxshi sogiomlashtirish vositasi hisoblanadi. Krossga, dastlab, bir maromda yugurish bilan o’rgatiladi. Yuqoriroq natijalarga erishish uchun esa 5 — 6 mashg’ulotdan keyin o’tiladi. Muayyan masofaga yugurish maromini egallash uchun (qanday tezlik bilan yugurishni) kross yugurishning birinchi mashg’ulotlaridan boshlab mashq qilinadi.
  • Kross yugurish yuqori startdan boshlanadi. ,,Start" komandasi berilgach, sportchi start chizig’iga chiqadi, kuchliroq bo’lgan oyog’ini oldinga qo’yadi, start chizig’ini bosmaydi, boshqa oyog’ini oyoq kaftida orqaga qo’yadi.

Yüklə 148,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə