|
Axborotlarni himoyalash. Kripto tizim asoslari. Simmetriyali kripto tizim asoslari. RejaM2 (1)«elektron imzo qo‘yish»
jarayonini bajarishi lozim. Bunday imzo qo‘yishda,
har gal individual kalit elektron hujjatdagi ma’lumotlar bilan ma’lum qoidaga muvofiq
aralashib ketadi. Bunday biriktirilish natijasida hosil bo‘lgan raqam (ma’lum razrad
uzunligidagi raqamlar ketma-ketligi) ushbu hujjatga muallif tomonidan qo‘yilgan
elektron raqamli imzo hisoblanadi. Shunday qilib, elektron raqamli imzo qo‘yish va
uni tekshirish protsedurasining har birida ishlatiladigan ikkita kalitdan bittasi
foydalaniladi. Lekin bunda imzo qo‘yish kalitini tekshirish kaliti yordamida aniqlash
imkoniyati umuman mumkin emasligi kafolatlangan bo‘lishi kerak. Hozirda taklif
etilgan usullarda, amalda imzo qo‘yish kalitini (yopiq kalit), tekshiruv kaliti
yordamida (ochiq kalit) qayta tiklash uchun uzoq davom etadigan murakkab
hisoblash ishlarini bajarish lozimligi nazarda tutiladi.
Elektron imzo g‘oyasi birinchi marta Diffi va Xellman asarida hujjatning asl nusxa
ekanligini va muallif tomonidan imzolanganligini aniqlash uchun taklif etilgan.
Hozirgi vaqtda axborot tizimlarida elektron raqamli imzo keng qo‘llanilmoqda
(uzatiladigan yoki saqlanadigan shifrlangan matnga biriktirilgan raqam, ushbu
axborotning butunligini va muallifning haqiqiyligini tekshirish imkoniyatini
kafolatlaydi).
3. Shifrlovchi dasturlar va ularning imkoniyatlari.
Bugungi kunda ma’lumotlarni shifrlovchi ko‘plab dasturlar ishlab chiqilgan. Ular
orasida
TrueCrypt
dasturi o‘z afzalliklari va yuqori imkoniyati tufayli keng
ommalashgan.
Mazkur dasturning o‘ziga xos jihati mavjud bo‘lib, uning vositasida
kompyuterning doimiy xotirasida ma’lum bir soha ajratib olinadi va shifrlangan
ma’lumotlar ana shu sohada saqlanadi. Ushbu sohani hosil qilish jarayoni bir necha
bosqichlardan iborat bo‘ladi.
Shifrlovchi dasturlarning yana bir vakili
AxCrypt
dasturi foydalanish uchun
qulay bo‘lib, unda ortiqcha sozlash ishlarini amalga oshirish talab etilmaydi.
|
|
|