1. Umumiy qoidalar. Yer inshootlari turlari. Gruntga ishlov berish texnologik jarayonining tarkibi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/57
tarix30.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#167832
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
3-mavzu Gruntga ishlov berish texnologiyasi (1)



3-Ma’ruza.
Gruntga ishlov berish texnologiyasi. 
Ma’ruza rejasi: 
 
1.Umumiy qoidalar. Yer inshootlari turlari.
2.Gruntga ishlov berish texnologik jarayonining tarkibi.
3.Gruntlarning qurilishga aloqador xususiyatlari.
4.Er ishlari bajarilishidagi tayyorlov va yordamchi jarayonlar.
5.Bir cho’michli va ko’p cho’michli ekskavatorlar bilan grunt qazish.
6.Er qazuvchi –transport mashinalari bilan gruntni qazish.
7.Gruntni zichlash va trambovka qilish. Gruntni zichlash. Gruntni trambovka qilish.
8.Er ishlari sifatini nazorat qilish. 
 
Tayanch iboralar: 
Kotlovan, transheyalar, mexanik, gidravlik,svalka, karьer, tayyorgarlik va yordamchi jarayonlar, loyli 
gruntlar, grunt zichligi, qiyalik tikligi, vakuum usuli, elektroosmos usuli. Bir cho’michli va ko’p 
cho’michli ekskavatorlar, draglayn va greyfer, transheya, gruntni zichlash, gruntni trambovka qilish, 
gruntni urib shibbalash,
drenaj, estakadli usul, estakadsiz usul. 
 
1.Umumiy qoidalar. Yer inshootlari turlari. 
 
Qurilish-montaj ishlarini bajarish, birinchi navbatda, bino va inshootlarning yer ostki qismini 
barpo etish, katta hajmdagi yer ishlarini bajarish bilan bog’liq. Yer ishlari og’ir va ko’p mehnat talab 
qiladigan qurilish ishlari turiga kirib, murakkab sharoitda bajariladigan va ma’lum darajada tabiiy-iqlim 
omillariga bog’liq.
 
SHuning uchun loyihachilar, texnologlar va quruvchilarning oldidagi asosiy 
vazifalardan biri, bu qurilish maydonidagi yer ishlar hajmini kamaytirish imkonini beradigan usul hamda 
texnologiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishdir. 
Unga quyidagilar kiradi: yer inshootlari konstruktsiyalarini takomillashtirish, joy relьfidan 
oqilona foydalanish, tik devorli kotlovan va transheyalarni barpo etish, gruntni ko’chirish hajmlari va 
gruntning ortiqcha yuklanishini minimallashtirish, kommunikatsiyalarni transheyasiz usulda yotqizish
gruntning qurilish xususiyatlarini oshirish (mustahkamlash, armaturalash, geosintetik materiallarni 
qo’llash va boshqalar). Bu maqsadni amalga oshirishga shuningdek yer ishlarini mexanizatsiyalash 
vositalarini takomillashtirish, yer inshootini loyihalash geometriyasini ta’minlash imkonini beradigan, 
mashinalar va ishchi jixozlari almashtiriladigan mashinalarni qo’llash kiradi.
Barcha 
kursatilgan 
omillar 
zamonaviy 
qurilishning 
tamoyillaridan 
biri 
bo’lmish 
moslashuvchanlikni amalga oshishiga to’g’ri keladi, ya’ni undagi, har bir qullaniladigan texnologiya
qurilish maydonining aniq sharoitlariga moslashganligidir

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə