1-mavzu: Sotsiologiya fan sifatida



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə1/50
tarix09.06.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#89153
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
manaviy begonalashuv




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI
Gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi


« SOTSIOLOGIYA » fanidan
Ma’ruza matni
(3-4 bosqich bakalavrlar uchun)
Jami o’quv yuklama – 56 soat
Ma’ruza – 18 soat
Seminar – 20 soat
Mustaqil ish – 18 soat


SAMARQAND


So’z boshi

Fan-texnika taraqqiyoti davrida har bir kasb egasi nafaqat o‘z sohasidan kasbiy bilimlarni puxta egallash va katta tajriba orttirish, balki jamiyat hayotidagi voqealar, insonlarning axloqi, dunyoqarashi, ma'naviyati, tafakkuri, hayot tarzi to‘g‘risida ham axborotlarga va bilimlarga ega bo‘lishi kerak. Bunday bilimlarni o‘rta maktabda, kollejda, litseyda va oliy o‘quv yurtlarida gumanitar va sotsial-iqtisodiy fanlarni o‘qitish hisobiga egallashga harakat qilinmoqda. Bu sohada alohida shaxsdan va kichik guruhlardan tortib, to jamiyatning taraqqiy etish va rivojlanish qonuniyatlarini nafaqat nazariy jihatdan, balki aniq, konkret tadqiqotlar orqali o‘rganadigan sotsiologiya fani alohida o‘rin egallaydi.


Ijtimoiy fanlar tizimida sotsiologiya o’zining predmetining murakkabligi bilan, o’rganilayotgan manbaaning keng qamrovliligi bilan, bundan tashqari zamonaviy jamiyat ushun xos bo’lgan ijtimoiy munosabatlarni, sotsial jarayonlarni o’rganishi balan ajralib turadi. Shuning uchun bu fanni o’rganuvchilarga bu fanning murakkab tomonlarini sodda qilib tushuntirish, sotsiologiyadagi ilmiy atamalarni izohlab berish, jamiyatni yaxlit tizim sifatida yoritib berish zarur. Talabalarni sotsiologiya orqali olgan bilimlari kelajakda hayotiy qonuniyatlarni anglab yetishda, jamiyatda uchraydigan ijtimoiy munosabatlarni tahlil qilishda asqotadi.
Ushbu ma’ruzalar matni sotsiologiya fani bo’yich 2011 yilda tasdiqlangan namunaviy dastur asosida tayyorlangan.
Sotsiologiya — insoniyatning bir necha ming yillik tarixiy taraqqiyoti davomida yaratilgan madaniyatning ajralmas tarkibiy qismidir. Mustaqilllik tufayli sotsiologiya faniga yangi yo’l ochildi.
Mustaqil davlatimizning erkin va chuqur fikrlash imkoniyatiga ega bo‘lgan fuqarolari, ayniqsa, yosh avlod, hozirgi davr talabiga javob beradigan sotsiologiya darsligiga muhtojdirlar. Mazkur ma’ruzalar matni ana shunday ehtiyoj asosida yuzaga keldi.
Ushbu ma’ruzalar matni Namangan davlat universiteti "O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti" kafedrasida tayyorlangan.
Ma’ruzalar matnida sotsiologiya fani bo’yicha ma’lumotlar berilgan.
Ma’ruzalar matnidan talabalar "Sotsiologiya" fanidan seminar mashg'ulotlar va mustaqil ish mavzularini o'rganishda keng foydalanish mumkin.
Oliy o'quv yurtlari talabalari hamda professor-o'qituvchilari uchun mo'ljallangan.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə