Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi


 Musulmon huquqining ratsional manbalari



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/71
tarix26.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#86062
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   71
islom huquqi

3.3. Musulmon huquqining ratsional manbalari 
«Ijmo»
 so‘zi ittifoq va kelishuv ma’nosini anglatadi. Ijmo fiqhiy 
atama bo‘lib, odillik sifati va mujtahidlik malakasini egallagan bitta davr 
olimlarining muayyan hukmlar borasidagi kelishuvidir. 
Ijmo 

 sunnadan keyin musulmon huquqshunosligining uchinchi 
asosiy manbai bo‘lib, unda belgilangan hukmlarga amal qilish vojib 
bo‘lgan. G‘azzoliyning fikricha, ijmo mazhablarga doir masalalar 
bo‘yicha Muhammad (s.a.v.) ummatining ittifoqi – kelishuvidir. 
Ijmo ikki qismga bo‘linadi: a) 
ijmo ul-umma 
(ummat ijmoi), ya’ni 
islom jamosining kelishuvi; b) 
ijmo ul-aimma 
(imomlar – olimlar ijmoi), 
ya’ni ummat imomlari sanalgan fiqh ilmining buyuk olimlari kelishuvi. 
Ijmo ul-ummaga haj ibodati marosimidagi amallarning barcha 
musulmonlar tomonidan bir xilda bajarilishi misol bo‘ladi. 
Olimlar ijmoni ikkiga bo‘lganlar: 
birinchisi,
 oyat yoki hadislarni 
izohlash borasidagi kelishuv. Masalan, vafot etgan kishining zimmasida 
qolgan qarzlari. Marhumdan qolgan mol-mulk (taraka)ni vorislarga 
taqsimlab berishdan ilgari uning qarzlarini to‘lash zarurligi ta’kidlangan 
oyatlar borasida kelishuv. 
Ikkinchisi,
 huquqiy usul va qoidalarni 
ifodalovchi bir necha mo‘jaz va qisqa iboralar majmui borasidagi 
kelishuv. Ularning biror oyat yoki hadisga asoslanganiga ishora qilinmasa 
ham, ular ishonch bilan qabul qilingan. Masalan, vaqf qiluvchining 
irodasi musulmon huquqida hukm hisoblanadi, ya’ni o‘z mulkini vaqf 
qiluvchi kishi vaqf qilish orqali shunday doimiy mulkka asos soladiki, 
bunda vaqfdan keladigan foydalarni ma’lum tashkilotga o‘tkazish va 
undan foydalanish huquqi abadiylashtiriladi. Ammo mulkning o‘zi 


44
saqlanib qoladi, uni hech kim sotish, sotib olish va unga egalik qilish 
huquqiga ega bo‘lmaydi. Vaqf tizimi musulmon huquqiga xos tarmoq 
bo‘lib, boshqa huquqiy tizimda mavjud emas. 
«Az-zarurotu tubihul-mahzurot» (ya’ni, zarurat chog‘ida noravo 
narsalarning ravo bo‘lishi). Ushbu tamoyilga ko‘ra, insonning hayoti xavf 
ostida qolganda, deylik, boshqa oziq mahsuli bo‘lmaganda, taqiqlangan 
mahsulotlar, masalan, cho‘chqaning yoki o‘zi o‘lgan hayvonning 
go‘shtini iste’mol qilish mumkin. 
Ijmo qachon kerak bo‘ladi? Qachonki qonun «sukut» qilganda, ya’ni 
biror masala borasida ahli sunna mazhablarida nass mavjud bo‘lmaganda, 
avvalo ijmodan foydalaniladi. Hanafiy mazhabining buyuk faqihlaridan 
biri, «Usul ush-Shoshiy» asari muallifining ta’kidlashicha, ijmo amalda 
to‘rt xil bo‘ladi: a) 
sahobalar ijmoi 
– ya’ni sahobalar biror masala 
to‘g‘risida o‘zaro yaqin fikrlarni ochiqdan-ochiq bildirgan bo‘lsalar, bu 
ijmo ahamiyati jihatidan Qur’on oyatlariga yaqin turadi; b) o‘rtaga 
qo‘yilgan masalani sahobalarning bir guruhi tasdiqlab, qolganlarining 
tortishuv (ixtilof)dan keyin qabul qilingan qarorni inkor qilmay, jim 
turishlari holati (
ijmoi sukutiy
)
mutavotir hadis 
darajasida turadi; d) 
sahobalardan rivoyat qilinmagan masala borasida tobein ijmoi xabari 
mashhur o‘rinda turadi; f) keyingi davr olimlarining sahobalarning ba’zi 
so‘zlari haqidaga ijmoi 
xabari vohid 
o‘rnida turadi
1
.
Shuni ta’kidlash zarurki, ijmoni amalga oshirishda ijtihod vakolatiga 
ega kishilarning kelishuvi e’tiborga olinadi. Oddiy odamlar, 
mutakallimlar, muhaddislar va fiqh usullari borasida yetarli bilimga ega 
bo‘lmagan kishilarning kelishuvlari esa ahamiyatsiz hisoblanadi. 
Shialikda ijmo.
Shialarning o‘zlariga xos tashri’ manbalari mavjud. 
Ular uchun ijmo hujjat emas. Lekin «qavli imom» (ya’ni imomning so‘zi) 
muhim, u vahiy orqali har qanday narsani bilib oladi, shu bois uning 
so‘zlariga amal qilish majburiydir. Shia mazhabida ijmo imomning 
fikriga asoslanadi. U hujjat va islom fiqhining manbalaridan biri 
hisoblanadi. Ushbu nuqtai nazardan ijmo bo‘yicha shialikda uchta maktab 
mavjud: 
Ijmoi duxuliy 
deb atalgan birinchi maktabning aqidasiga binoan, ijmo 
ummat (islom jamosi) faqihlarining ittifoqi bo‘lgani bois imom ham faqih 
deb tan olinib, jamoaning tepasida turadi. Shunga ko‘ra, imom tanilmagan 
bo‘lsa ham, ijmo qiluvchilar orasida bo‘lishi shart. Agar barcha 
                                               
1
Ԕɚɪɚɧɝ
:
ɇɢɡɨɦɭɥ
-
ɦɢɥɥɚ Ⱥɛɭ ɂɛɪɨΣɢɦ ɂɫΣɨΙ ɢɛɧ ɂɛɪɨΣɢɦ ɚɲ
-
ɒɨɲɢɣ
.
ɍɫɭɥ ɭɲ
-
ɒɨɲɢɣ
. – 
Ⱦɟԟɥɢ
, 1935. – 
Ȼ
. 78.


45
kelishuvchilar «ma’lum un-nasab» (ya’ni tanilgan faqihlar) bo‘lsalar-da, 
imom ularning orasida bo‘lmasa, bunday ijmo hujjat hisoblanmaydi. 
Ushbu maktabning aqidasiga ko‘ra, kelishuvchilar orasida bitta 
tanilmagan (ya’ni imom bo‘lib tanilish ehtimoli bor) kishi bo‘lishi shart. 
Ijmoi lutfiy 
deb tanilgan ikkinchi maktab vakillarining fikricha, ijmo 

biror fiqhiy masala borasida olimlarning kelishuvi va ittifoqi. Bunda, 
olimlar lutfu marhamatlari va o‘z vakili (imom) orqali har qanday 
kelishuvni buzib, ularni to‘g‘ri yo‘lga solishlari zarurdir. 
Uchinchi maktab 
ijmoi kashfiy 
deb ataladi. Ularning fikricha, agarda 
biror fiqhiy masalada ittifoq hosil bo‘lsa, o‘sha kelishuv to‘g‘risidagi 
fikrni imom kashf qildi deb tan olinadi. Ushbu maktabning muxoliflari 
esa bunday istidlol, imom hozir bo‘lgandagina to‘g‘ri, imom g‘oyib 
bo‘lgan chog‘da, to‘g‘ri emas, degan fikrni bildiradilar
1
.
«Qiyos»
ning lug‘aviy ma’nosi solishtirish yoki taqqoslashdir. U 
huquqiy atama sifatida hukmi aniq bo‘lmagan masalani nass orqali hukmi 
aniq bo‘lgan boshqa masala bilan solishtiradi, oradagi mushtarak sabab 
mavjud bo‘lsa, ikkinchi masala hukmini hukmi aniq bo‘lmagan masalaga 
ko‘chiradi. Bunday holatda har ikkala masala ham islom qonuniga 
muvofiq bo‘ladi. 
Masalan, xamr (uzum yoki xurmodan tayyorlangan ichkilik) 
Qur’onda qat’iy harom deb hukm qilingan
2
, ammo aroq, boshqa mevalar 
yoki o‘simliklardan tayyorlangan ichkiliklar haqida nass mavjud 
bo‘lmagani sababli, ularning hukmi (ya’ni, halol yoki harom ekanligi) 
aniq emas edi. Qiyosda har ikkalasi ham ichuvchini mast, irodasiz qilish 
xususiyatiga egaligi tahlil etilgani bois, xamrning hukmi, ya’ni haromligi 
aroqqa ko‘chirilib, u ham xamr kabi harom deb hukm etildi. 
Edvard Saxov fikricha, «ra’y» sahobalar zamonida yuzaga kelib, 
undan keyin qiyos darajasiga ko‘tarilgan, Go‘ld Ziher fikricha, islom 
fiqhida «ra’y»dan foydalanish hayot jarayonida sud ishlarini yuritish 
uchun yuzaga kelgan jiddiy zaruratdan kelib chiqib rivojlangan va qiyos 
shaklini olgan. Yana E. Saxovning ta’kidlashicha, ra’yga asoslangan fiqh 
Abu Hanifagacha bo‘lgan davrlarda taraqqiyot pog‘onalariga ko‘tarila 
olmadi. U fiqhning boshqa qoidalari qatorida qiyos prinsipini birinchi 
bo‘lib ishlab chiqdi. 
                                               
1
ɍɲɛɭ ɦɚɫɚɥɚɞɚ ɤɟɧɝɪɨԕ ɦɚɴɥɭɦɨɬ ɨɥɢɲ ɭɱɭɧ ԕɚɪɚɧɝ
:
ɀɚɴɮɚɪɢɣ
Ʌɨɧɝɪɭɞɢɣ
.
Ԟɭԕɭԕ ɬɟɪɦɢɧɨɥɨɝɢɹɫɢ
. – 
Ɍɟԟɪɨɧ
, 137 
ԟ
.
ɣ
.
2
Ԕɭɪɴɨɧɢ ɤɚɪɢɦɧɢɧɝ
 «
Ɇɨɢɞɚ
»
ɫɭɪɚɫɢ
, 90-
ɨɹɬ
.


46
Istihson.
 Qiyos ikki tur, ya’ni qiyosi zohir (yoki ja’liy) va qiyosi hafiy 
(yoki istihson)ga bo‘linadi. Istihson 

qiyosi ja’liydan voz kechib, nass 
yoki urfga amal qilishdir. Al-Bazdaviy ta’riflaganidek, 
«tarkul-usri lil-
yusri»,
 ya’ni og‘ir holatni tark etib, odamlar uchun qulay va yengil 
bo‘lgan holatni tanlab olishdir. 
Manbalarda istihsonning uch holati qayd etilgan: 
birinchisi,
 qiyosi zohir (qiyosi ja’liy) jarayonida ba’zi bir juz’iyotga 
tatbiq etish lozim topilmasa, boshqa illat qidiriladi. Muayyan illat 
(sabab)ga asoslanib, ish ko‘rish, «Usul ush-Shoshiy»da yozilishicha, 
«qiyosi hafiy» deb ataladi;  
ikkinchisi,
qiyosi ja’liy (qiyosi zohir) biror nassga (Qur’on oyati yoki 
hadis iborasi) zid bo‘lsa, nassga amal qilinib, qiyosdan voz kechiladi. 
Qachonki, nass mavjud bo‘lmaganda, qiyosga amal qilinadi; 
uchinchisi,
 qiyosi ijmo yoki urfga zidlik. Bunday holatda ijmoga yoki 
xalq hayotiga singgan urf-odatga amal qilinadi. 
Xullas, istihson qiyosdan voz kechib, mukallaf kishi uchun qulay 
bo‘lgan nass yoki urfga amal qilishdir. Ushbu uslubdan Hanafiy 
mazhabida keng foydalanilgan. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə