Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi


 Musulmon huquqining asosiy mazhablari



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/71
tarix26.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#86062
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71
islom huquqi

4.2. Musulmon huquqining asosiy mazhablari 
Hanafiylik mazhabi 
unga asos solgan olimning nomi bilan atalib, 
uning asl ismi Nu’mon ibn Sobit bo‘lgan. U 702-yilda Kufada (Iroq) 
tug‘ilgan. Otasi ipak bilan savdo qilgan, kelib chiqishi fors bo‘lib, Xularo 
Rashidun hukmronligi davrida islomni qabul qilgan.  
                                               
1
Ԕɚɪɚɧɝ
:
ɀʆɡɠɨɧɢɣ Ⱥ
.
ɒ
.
ɂɫɥɨɦ ԟɭԕɭԕɲɭɧɨɫɥɢɝɢ
:
Ԟɚɧɚɮɢɣ ɦɚɡԟɚɛɢ ɜɚ
ȸɪɬɚ Ɉɫɢɺ ɮɚԕɢԟɥɚɪɢ
. – 
Ɍ
., 2002. – 
Ȼ
. 76–81.


48
Abu Hanifa dastlab «Ilm ul-kalom» deb nomlanuvchi falsafa va 
dialektikani o‘rganishni boshlagan. Bu sohadagi turli fanlarni 
o‘zlashtirgan va hadislar hamda fiqhni chuqur o‘rganishga kirishgan. 
Hadis ilmida zamonasining eng buyuk ulamolari safidan o‘rin olgan 
Hammod ibn Zaydga shogird tushib, o‘n sakkiz yil davomida undan 
ta’lim olgan. U mudarrislik ilmini ham o‘zlashtirgan, ammo ustozining 
vafotiga qadar (742-y.) uning shogirdi bo‘lib qolavergan. Qirq yoshga 
yetgach, Abu Hanifa mudarrislik lavozimini egallagan va Kufadagi eng 
mashhur olimga aylangan. Ummaviylar sulolasining xalifalari unga 
Kufaning qozisi lavozimini taklif etganlar, biroq u rad etib, buning uchun 
Amir Yazid ibn Umar tomonidan kaltaklangan. Abbosiylar hukmronligi 
davrida ham u qirollik taklifini rad etgani uchun xalifa Abu Ja’far al-
Mansur (754–775-yillarda hukmronlik qilgan) tomonidan Bag‘dod 
zindoniga tashlangan. U o‘limiga qadar (767-yil) mahbuslikda hayot 
kechirgan. Abu Hanifani ikkinchi avlod tobeinlar qatoriga qo‘shadilar, 
chunki u ba’zi sahobalar bilan shaxsan uchrashgan va ularning og‘zidan 
bir nechta hadislarni eshitgan.  
Hanafiy mazhabining shakllanishi.
Imom Abu Hanifaning dars berish 
usuli 
sho‘ro 
(jamoaviy muhokama, kengash) tamoyiliga asoslangan. U 
shogirdlariga birorta huquqiy muammoni munozara mavzusi sifatida 
tanishtirar va hamma bir fikrga kelgach, ularga barcha holatlarda qabul 
qilgan qarorlarini yozib, qayd etishni buyurgan. Fatvo chiqarishga bunday 
yondashuv, aytish mumkinki, Hanafiy mazhabi vakillarining sa’y-
harakatlari natijasi sifatida paydo bo‘lgan. Faraziy fiqhga asoslangan 
muhokamalar «Agar bunday bo‘lganida, nima bo‘lardi?», degan savol 
bilan boshlanganligi bois, bu maktab vakillari Ahl al-ra’y nomi bilan 
shuhrat qozondilar. 
Hanafiy mazhabi qo‘llagan huquq manbalari.
Mazkur mazhabning 
birinchi huquqshunoslari huquqiy normalarni quyidagi manbalarga 
tayanib chiqarar edilar: 
Qur’on. 
Ular Qur’onni musulmon huquqining birlamchi va inkor etib 
bo‘lmaydigan manbai hisoblar, undan boshqa manbalarning to‘g‘riligini 
baholashda foydalanar edilar. Shundan kelib chiqib, Qur’onga zid 
keluvchi har qanday boshqa manba noto‘g‘ri hisoblanar edi. 
 Sunnaga 
musulmon huquqining ikkinchi muhim manbai sifatida 
murojaat qilinardi, lekin uni qo‘llashning muayyan shartlari bor edi. Ular, 
agar biror hadisdan huquqiy nuqtai nazardan dalil sifatida foydalanish 
kerak bo‘lsa, bunda ushbu hadisning sahih ekanligining o‘zi kamlik 
qiladi, bundan tashqari u keng tarqalgan, ya’ni mashhur ham bo‘lishi 


49
shart, degan fikr tarafdori edilar. Bu shart mashhur sahobalarning (Ali va 
ibn Mas’ud) ayrimlarigina yashash uchun ko‘chib borgan hududlarda 
keng tarqalgan to‘qima hadislarga chek qo‘yish niyatida kiritilgan edi. 
 Muhammad (s.a.v.) izdoshlarining ijmolari. 
Musulmon huquqida 
ahamiyati bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadigan manba Qur’on yoki 
sunnada tilga olinmagan har qanday huquqiy masala bo‘yicha 
sahobalarning yagona fikri hisoblangan. Bu shuni anglatganki, islom 
normalarini chiqarishda Muhammad (s.a.v.) izdoshlarining fikrlari Abu 
Hanifa va shogirdlarining fikrlaridan afzal ko‘rilgan. Hanafiy 
mazhabining vakillari har qanday davr ulamolarining o‘z kuchiga ega va 
musulmonlar uchun majburiy bo‘lgan ijmolarini ham tan olganlar. 
 Muhammad (s.a.v.) izdoshlarining (sahobalarning) shaxsiy fikrlari. 
Agar muayyan huquqiy masala bo‘yicha sahobalarning fikrlari har xil 
bo‘lib, ijmoga erishilmagan bo‘lsa, Abu Hanifa mazkur holat uchun eng 
mos keluvchi nuqtai nazarni tanlagan. Buni o‘z mazhabining eng muhim 
tamoyillaridan biri sifatida o‘rnatar ekan, Abu Hanifa sahobalarning 
fikrlarini o‘zining shaxsiy fikridan ancha ustun qo‘ygan. Biroq, turli 
nuqtai nazarlardan birini tanlashda, ma’lum ma’noda o‘zining shaxsiy 
mulohazalariga tayangan. 
Qiyos. 
Abu Hanifa yuqoridagi muhim manbalarning hech birida 
isboti aniq bo‘lmagan sohalarda sahobalarning shogirdlari (tobeinlar) 
chiqargan xulosalarga qo‘shilish shart emas, deb hisoblardi. U o‘zini 
tobeinlarga teng qo‘yar hamda o‘zi va shogirdlari tomonidan o‘rnatilgan 
qiyos tamoyili asosida o‘z ijtihodi bo‘yicha qaror qabul qilar edi. 
Istihson (afzal ko‘rish, yaxshi deb hisoblash). «
Istihson» atamasi bir 
dalilning muayyan vaziyat uchun ko‘proq mos kelishi, bir dalil boshqa 
dalilga nisbatan zaifroq bo‘lishiga qaramay, muayyan sharoit uchun 
undan afzal ekanligini anglatadi. Masalan, aniq ma’noga ega bo‘lgan 
biror hadisning ma’nosi umumiyroq bo‘lgan boshqa hadisdan yoki 
muayyan vaziyat uchun ko‘proq qo‘l keladigan normani qiyos usuli bilan 
chiqarilgan boshqa normadan afzal ko‘rish. 
Urf (mahalliy urf-odatlar). 
Islom tomonidan hech qanday majburiy 
qoidalar o‘rnatilmagan sohalarda mahalliy urf-odatlarga ko‘proq 
ahamiyat berilgan. Ushbu tamoyilni amalda qo‘llash hisobiga islom 
dunyosidagi har xil madaniyatlarda uchraydigan turli-tuman urf-odatlar 
bir qator mamlakatlarning huquqiy tizimiga kirib borgan
1
.
                                               
1
Ԕɚɪɚɧɝ
:
ɂɫɯɚɤɨɜ ɋ
.
Ⱥ
.
Ȼɭɪԟɨɧɢɞɞɢɧ Ɇɚɪԑɢɧɨɧɢɣ ɜɚ ɮɢԕԟ ɢɥɦɢ
. – 
Ɍ
., 
2000. – 
Ȼ
. 22.


50

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə