Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/71
tarix26.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#86062
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   71
islom huquqi

Savol va topshiriqlar 
1. Islom dini Movarounnahrda qachon yoyila boshlagan?  
2. Movarounnahrda sunniylik yo‘nalishining qaysi mazhabi asosiy o‘rinni 
egallagan?  
3. Movarounnahrda kimlar faqih deb atalgan?  
4. Imom al-Buxoriy kim va uning ilmiy izlanishlarining mohiyati 
nimalardan iborat?  
5. Buyuk faqih Burhoniddin Marg‘inoniyning shoh asari qaysi va unda 
qanday masalalar yoritilgan? 
                                               
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ
.
Ⱥ
.
ȼɚɬɚɧ ɪɚɜɧɚԕɢ ɭɱɭɧ ԟɚɪ ɛɢɪɢɦɢɡ ɦɚɫɴɭɥɦɢɡ
.
Ɍ
. 9. – 
Ɍ
., 
2001. – 
Ȼ
. 116–117.


37
3-BOB. MUSULMON HUQUQINING MANBALARI 
3.1. «Musulmon huquqi manbalari» tushunchasi va turlari 
Musulmon huquqshunosligi huquqiy normalardagi aniq qoidalarning 
ahamiyatini ibodat qoidalari bilan teng qo‘yadi. Insonning har bir qilmishi 
nazariy jihatdan normativ mutanosiblashtiruvchi yoki musulmon 
hayotining barcha jihatlarini mezonlashtiradigan musulmon huquqi 
tomonidan baholanishidan chetda qolmaydi, deb tan olingan. Diniy nuqtai 
nazardan xulq-odat qoidalarini huquqiy yoki nohuquqiyga ajratish muhim 
ahamiyatga molik emas. Ularning birortasiga rioya qilmaslik esa eng 
avvalo diniy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Biroq amaldagi musulmon 
ta’limoti ikki guruh normalarini qat’iy tavofutlaydi, bular:  
1) inson va Alloh o‘rtasidagi munosabatlarni mezonlashtiruvchi 
(ya’ni din asosi va diniy majburiyatlarni bajarishning qoidalari 
aniqlaydigan), dinga asoslangan va barqaror hisoblangan qoidalar; 
2) kishilarning o‘zaro munosabatlaridagi xulq-atvor qoidalari. 
Birinchi guruh qoidalaridan farqli o‘laroq, bu guruhdagi normalarni 
muayyan holatlarda o‘zgartish, hatto ular musulmon huquqining umumiy 
yo‘riqlariga rioya qilgan holda insonlar tomonidan yaratilishi ham 
mumkin. Mazkur qoidalarning aksariyatini huquqiy normalar tashkil 
etadi. Albatta, ularni xulq-atvorning boshqa qoidalaridan ajratishning 
hamisha ham imkoni bo‘lmaydi, aslida ular o‘z haqiqiy manbaiga ko‘ra 
muhim tafovutga ega emas, musulmon huquqi fani huquqning davlat 
bilan izchil bog‘lanishini amalga oshirmaydi. Shu bois musulmon 
huquqining normalari faqat amaliy jihatdan, musulmon davlatining 
huquqiy ta’limotida ifodalangan xulq-atvorning muayyan qoidalarini 
quvvatlash va joriy etishga oid faoliyatni taklif etish yo‘li bilan 
tafovutlanishi mumkin. 
Ushbu tartibga ko‘ra, musulmon huquqining masalalari ikkita fan 
tomonidan o‘rganiladi. Birinchisi – 
manbalar to‘g‘risida fan 
bo‘lib, u 
musulmon huquqi manbalarini o‘rganadi va ular asosida muayyan 
masalalar to‘g‘risida Alloh belgilagan axloq qoidalari orqali huquqiy 
normalarni ifodalashning mantiqiy usullarini ishlab chiqadi. Barcha 
huquqiy normalar musulmon huquqi manbalarining birortasiga u yoki bu 
tarzda asoslanishi shart. Mazkur manbalar orasida Qur’on eng muhimidir. 
Tarmoqlar to‘g‘risidagi fan – 
fiqh 
muayyan huquqiy normalar bilan 
shug‘ullanadi. Islom dinining keng ravnaq topishida uning manbalarining 
ahamiyati beqiyosdir. 632-yil – to Muhammad (s.a.v.) vafotiga qadar 


38
musulmonlar huquq manbalariga emas, ul zotning o‘zlariga murojaat 
qilardilar. Huquqiy muammolarni yechishda hech qanday qiyinchiliklar 
bo‘lmagan, chunki payg‘ambar (s.a.v.)ning o‘zi yuzaga kelgan 
muammolarni vahiy yoki o‘z hukmlari, ijtihodlari orqali hal qilgan1. 
Payg‘ambar vafotidan so‘ng, ummaviylar sulolasi hukmronligi davrida 
islom dini ancha yangi-yangi sarhadlarga yoyilgan. Ilgari boshqa dinlarga 
e’tiqod qiluvchi minglab kishilar islom dinini qabul qilganlar. Tabiiyki, 
ularning millatlari turlicha bo‘lgani kabi, urf-odatlari, dinga 
munosabatlari, huquqiy qarashlari va an’analari ham turlicha edi. Ularga 
islom dinini mukammal, sof holda targ‘ib va talqin qilish uchun o‘sha 
davrda Qur’onni yod bilgan, undagi ilmlardan to‘lig‘icha xabardor 
bo‘lgan, minglab hadislarni esda saqlagan mashhur sahoba yoki tobeinlar 
safarbar etilganlar 2. Xuddi shu davrda musulmon huquqining manba-
larini shakllantirish va tizimga solishning zarurati yuzaga kelgan. 
Musulmonlarning Qur’oni karimda ifodasini topmagan turli huquqiy 
muammolarini yechishda, ikkinchi manba bo‘lgan sunnaga murojaat 
qilishni o‘rganish va tizimga solishga ham zarurat kuchaygan. Sunna 
tarkiban uchta: qavliy, fe’liy, taqririy qismdan iborat. 
Qavliy sunna 
– Muhammad (s.a.v.)ning so‘zlari bo‘lib, uning biror 
voqea-hodisaga munosabati ifodalanadi. 
Fe’liy sunna 
– Muhammad (s.a.v.)ning biror narsani ma’lum qilish 
uchun bajargan xatti-harakatlaridir. 
Taqririy sunna 
– Muhammad (s.a.v.)ning huzurida biror ish qilinsa 
yoki birovning biror ish qilgani haqida aytilsa, payg‘ambarning bunga 
e’tiroz bildirmaganidir 3. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə