Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/71
tarix26.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#86062
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   71
islom huquqi

Ja’fariylik mazhabiga 
xos xususiyatlar 
quyidagilar: 
a) imomat, ya’ni davlat boshqaruvini egallashga faqat imomlar loyiq 
deb ishonish; 
b) Qur’on va o‘z imomlari tomonidan rivoyat qilingan hadislarni 
asosiy manbalar deb qabul qilish, ijmo va qiyosni rad etish; 
d) ayrim namozlarni bir vaqtning o‘zida qo‘shib o‘qish; 
f) tahoratda oyoqlarni yuvmasdan, ularga faqat mas’h tortish; 
g) vaqtinchalik nikohni qonuniy deb hisoblash (Eron Islom 
Respublikasi Fuqarolik qonunining 6-bo‘limi 1075–1077-moddalarida 
vaqtincha nikoh «Nikohi munqati’» nomi bilan qonuniy hisoblangan); 
h) taqiya, ya’ni inson hayoti uchun xavfli hisoblangan joylar va 
vaziyatlarda o‘z e’tiqodi va mazhabini yashirish; 
i) azon aytayotganda «ashhadu anna Aliyan vali-alloh» (guvohlik 
beraman, Ali Allohning valiysi, ya’ni do‘stidir) iborasini qo‘shib aytish; 
j) nasroniy yoki yahudiy ayollar (ahli kitob ayollari)ga uylanishni 
harom, deb bilish. Shuningdek, bir o‘tirishda uch taloq berilsa, bitta taloq 
deb hisoblash; taloqning esa ikki odil kishining guvohligida qonuniy 
kuchga kirishini tan olish; 
k) go‘dak bir ayolni bir kecha-kunduz mobaynida yoki ketma-ket 
15 marotaba emganda emizish hukmi joriy bo‘ladi. 
Shialik oqimi asosan ikki guruhga bo‘linadi: g‘oliylar (ko‘p 
mubolag‘a qiluvchilar) va mo‘tadillar (g‘ulotlar). 
G‘oliy shialar yettinchi asrdan boshlab Alini payg‘ambarlik yoki 
Xudolik darajasiga ko‘targanliklari uchun g‘oliylar (g‘ulot), ya’ni 
mubolag‘a qiluvchilar, deb atalganlar. Ulardan bir guruhining aqidasiga 
binoan, go‘yoki Ali payg‘ambar edi, lekin Jabroil xato qilib vahiyni unga 
emas, balki hazrat Muhammadga olib borgan. Xuddi g‘uroblar (qarg‘alar) 
bir-biriga o‘xshaganidek, Ali ham Muhammadga o‘xshar ekan. Shu 
sababli bular guruhni «g‘urobiya» deb ataganlar. 
Ulardan yana bir guruh Alini Xudolik maqomiga ko‘targan. Ularning 
talqinicha, Xudo Alining vujudiga kirib, uning tanasi bilan birlashgan 
emish. Yana ulardagi ayrim firqalarning aqidasiga ko‘ra, go‘yo har bir 
imomning ruhiga uluhiyat (xudolik) kirgan va bu ruh undan boshqasiga 
ham o‘tadi. 


62
Nizoriy Ismoiliylar imomni payg‘ambardan ham ustun qo‘yadilar. 
Sababi, ularning aqidasicha, imomat bir o‘lmas va doimiy asl (asos)dan 
iboratdir. Agarda imom bir lahzaga bu dunyodan ketsa, hamma narsalar 
nobud bo‘lar emish. Ammo nubuvvat (payg‘ambarlik) vaqtincha bir 
mazhabiy ishidan iborat bo‘lib, Xudo o‘z payg‘ambarini imomning 
notig‘i sifatida yuboradi. 
Mo‘tadil shialar uchta mazhabga bo‘linadilar. Ular imomlarining soni 
nechta bo‘lishiga qarab farqlanadi. Ular Ja’fariy, Ismoiliy va Zaydiy 
mazhablaridir. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə