Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/71
tarix26.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#86062
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   71
islom huquqi

«Sunna» 
fiqhiy atamasining ma’nosi yo‘l-yo‘riq bo‘lib, payg‘am-
barning so‘zlari, fe’llari (amallari) va tahrirlari, ya’ni tasdiqlari, 
shuningdek sahobalarning so‘zlari va amallari majmuidir. Musulmon 
huquqining Qur’ondan keyingi ikkinchi manbasi sunnati Nabaviyya 
(Payg‘ambarning sunnalari) hisoblanadi. Ul zot: 
«Sizlar uchun ikki narsa 
qoldirdim, modomiki ularga amal qilib yursangizlar, hech qachon 
adashmaysizlar. Ular Allohning kitobi va mening sunnatimdir», 

deb 
vasiyat qilgan edilar. Shubhasiz, Muhammad (s.a.v.) Alloh tanlagan vakil, 
buyuk elchi va targ‘ibotchi edi. Qur’oni karimda: 
«Ey payg‘ambar, Alloh 
tomonidan senga nozil etilgan (yuborilgan, tushirilgan) narsalarni tablig‘ 
qilgin (odamlarga yetkazgin)»
1
,

deyiladi.
Tadqiqotchi olimlar, jumladan doktor Ahmad Shalabiy sunnani ikki 
qismga bo‘lib o‘rgangan: 
birinchisi
, agar biror ish qilinmoqchi bo‘lsa, 
Yaratuvchi tomonidan o‘sha ishga tegishli fikr payg‘ambarga vahiy 
(vahiy hafiy) orqali bildiriladi. Payg‘ambar uni o‘z so‘zlari orqali bayon 
etadi. Bu vahiy, ya’ni vahiy hafiy Qur’on oyatlari, ya’ni vahiy jaliydan 
farqlanadi. Qur’on oyatlarining mazmuni, har bir iborasi Alloh tomonidan 
Jabroil orqali yuborilgan bo‘ladi. 
Ikkinchisi,
 agar musulmonlar hayotiga 
tegishli biror-bir yangilik kiritish zarurati sezilsa, lekin uni hal qilish 
uchun payg‘ambarga vahiy kelmasa, bunday holatda payg‘ambarga 
ijtihod qilish, ya’ni masalani o‘z shaxsiy fikri asosida yechish uchun 
ruxsat berilgan. O‘shanda payg‘ambar (s.a.v.) ijtihod qilib, sahobalar 
bilan kengash – maslahat o‘tkazib, bir to‘xtamga kelgan. 
Payg‘ambarning qarori yoki bildirgan fikri Qur’on orqali tuzatilsa, 
sunna (payg‘ambarning so‘zi yoki qarori) Qur’on orqali mansux bo‘ladi, 
ya’ni bekor qilinadi va Qur’onning hukmi amalga oshiriladi. Masalan, 
Badr urushida dushmanning 70 nafar askari asir olinib, urush 
tugamasidan muayyan tovon evaziga ular bo‘shatib yuboriladi. Ozod 
bo‘lganlar yana dushman safiga qo‘shilib, ularni kuchaytirgan. Shunda: 
«Biror payg‘ambar uchun, to yerda (dushmanlarga) zarba bermaguncha, 
asirlarga ega bo‘lish mumkin emas. (Siz 

 mo‘minlar) dunyo matoini 
istaysizlar. Alloh esa (sizlar uchun) oxiratni istaydi. Alloh qudratli va 
                                               
1
 «
Ɇɨɢɞɚ
»
ɫɭɪɚɫɢ
, 67-
ɨɹɬ
.


41
hikmatli zotdir»
1
,

 degan oyat nozil bo‘lib, dushman ustidan batamom 
g‘alaba qozonilguncha, asirlarni qo‘yib yuborishga ruxsat yo‘qligi 
ta’kidlandi.
Agar payg‘ambarning o‘zi inson sifatida ba’zi ishlarni bajarsa, bu 
harakat musulmon huquqi manbai yoki musulmon huquqida qonun 
hisoblanmaydi. Masalan, payg‘ambar biror narsani ustun qo‘ysa yoki 
biror libosni yoqtirsa, bunday holatlar tashri’ emas, ya’ni ular musulmon 
huquqining hukmlariga kirmaydi. Musulmonlar payg‘ambarda yuz 
beruvchi bunday ikki holatni bilardilar. Masalan, Badr urushi bo‘lib 
o‘tadigan joy haqida sahobalardan Hubob ibn Munzir: «Bu Allohdan 
vahiy bo‘lganmi yoki o‘zingizning ijtihodingizmi?», 

 deb so‘raganida, 
payg‘ambar: «O‘zimning ijtihodim», 

 deb javob bergan. «Gap shunday 
bo‘lsa, menimcha Badr qudug‘i yoniga joylashsak, yaxshiroq bo‘lardi»,

deydi Hubob ibn Munzir. Boshqa musulmonlar uni ma’qullagach, Badr 
qudug‘i yoniga joylashishga ruxsat berilgan. 
Sunnaning qonun tuzish salohiyati.
Payg‘ambar (s.a.v.) Qur’onning 
sharhlovchisi sifatida tashri’ qilish (qonun tuzish) vakolatiga ega bo‘lgan. 
Shunga binoan, sunna tashri’ (qonun tuzish) bo‘yicha ikki asosiy sohani 
qamrab oladi: 
birinchisi,
 Qur’onda zikr etilgan hukmlarni yoritib berish; 
ikkinchisi,
 Qur’onda ko‘rsatilmagan hukmlarning tashri’i (qonuniy 
shaklda chiqarish)ga bog‘liq. 
Birinchi sohada sunna Qur’oni karim oyatlarini tafsir va ta’vil qiladi, 
mujmal iboralarni izohlaydi, umumiy ma’noga ega bo‘lganini 
xoslashtiradi, mutlaq, ya’ni qaydu shartsiz oyatlarga qaydu shart qo‘yadi. 
Masalan, Qur’onda «Namoz o‘qinglar», deb amr qilinadi, ammo namoz 
o‘qishning tartibi, rak’atlari sonini faqat payg‘ambarning o‘zi belgilab va 
amalda ko‘rsatib bergan. Bu esa Qur’ondagi amrning izohlanishidir. 
Yana bir misol: Qur’onda meros tizimi umumiy ma’noda izohlangan, 
lekin payg‘ambar meros olish uchun din birligi, qotil yoki va qul 
bo‘lmaslikni shart qilib qo‘yib, uni xoslashtirgan. Masalan, otasini 
o‘ldirgan yoki nohaq yo‘l bilan uning o‘limiga sabab bo‘lgan farzand 
otasidan meros olish huquqidan mahrum bo‘ladi va shu kabilar. 
Ikkinchi soha 

sunnaga tegishli bahslardan tashkil topadi. Zarurat 
tug‘ilganda Qur’onda aytilmagan biror-bir yangi hukmni sunna belgilab 
beradi. Bu o‘rinda hukmlarning ba’zilari payg‘ambardan vahiy (ilhomga 
o‘xshash holatlar) orqali va ba’zilari uning ijtihodi, shaxsiy fikridan hosil 
                                               
1
 «
Ⱥɧɮɨɥ
»
ɫɭɪɚɫɢ
, 67-
ɨɹɬ
.


42
bo‘lgan. Albatta, payg‘ambar (s.a.v.) ijtihod qilishda ham islom ruhi va 
falsafasini nazarda tutgan. 
Bunday hukmlarga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Masalan, 
jadda (buvi)ga merosdan oltidan bir hissa berish, nikoh bitimining to‘g‘ri 
tuzilishi uchun guvohlarning shartligi, badan (tana) a’zolari xuni, ya’ni 
bahosini belgilash, shuningdek urf asosida amal qilinganda, uning 
to‘g‘riligini tasdiqlash va hokazo. 
Hadis ilmi yoki hadisshunoslik.
Hadis 

sunnaning asosiy qismi, ya’ni 
payg‘ambar rivoyat qilgan fikrlarni ifodalaydi. Lekin ba’zi olimlar, 
jumladan Misrdagi al-Azhar islom universitetining vakili doktor al-
Husayniy Abdulmajid Hoshim sunna, hadis, xabar va osarni bitta 
ma’noda, ya’ni payg‘ambar tomonidan asos solingan yo‘l-yo‘riqlar, uning 
so‘zlari, undan, sahobalar va tobeinlardan yetib kelgan barcha rivoyatlarni 
qamrab olgan ilm, deb ta’kidlaydi
1
.
Arabiston, ayniqsa. payg‘ambarning shahri deb tan olingan Madinada 
sahobalar ko‘pligi tufayli hadis roviylari ham ko‘p edi. Iroq o‘lkasiga esa 
sahobalar Hazrat Umar davrida yuborildi va undan keyin Iroqda siyosiy 
hodisalar va urushlar ko‘paygani sababli, hadis roviylarini yetarli darajada 
jalb etishga muvaffaq bo‘lmadi. 
Iroq turlicha aqidalarga tayangan yo‘nalishlar va siyosiy harakatlar 
mintaqasi, cheksiz qarama-qarshiliklar markaziga aylandi. Natijada 
islomga qarshi guruhlar ko‘plab to‘qima hadislarni yaratib, payg‘ambarga 
nisbat bera boshladilar. Bunday murakkab vaziyat hadislarni saralash, 
ya’ni haqiqiylarni ja’liy (to‘qima)lardan ajratib olish zaruratini yuzaga 
keltirdi. Bu maqsadga erishish uchun bir necha usul va qoidalar ishlab 
chiqildi, bu bilan ilm ul-hadis, ya’ni hadisshunoslik ilmiga asos solindi. 
Hadis ilmi ikki turga bo‘linadi. Birinchisi, 
rivoyat ul-hadis 

payg‘ambardan rivoyat qilingan so‘zlar, ya’ni uning amallari, tasdiqlari, 
axloqi, oliy fazilatlari va boshqa sifatlari, shuningdek sahobalar va 
tobeinga nisbat berilgan narsalarni o‘rganadi. Ikkinchisi, 
diroyatul-hadis 
– hadis va sunnani rivoyat qilishda foydalaniladigan usul va qoidalarni 
o‘rganadi. «Diroyat» 

biror narsani tom ma’noda tushunib olish 
demakdir. Diroyat ul-hadis 
mustalah ul-hadis, usuli hadis 
ilmi yoki 
rivoyat ul-hadis ilmining usullari ham deb ataladi. Ya’ni roviylar va 
                                               
1
Ԕɚɪɚɧɝ
:
΢ɭɫɚɣɧɢɣ Ⱥɛɞɭɥɦɚɠɢɞ ΢ɨɲɢɦ
.
ɍɫɭɥ ɭɥ
-
ԟɚɞɢɫɢɧ
-
ɧɚɛɚɜɢɣ
,
ɭɥɭɦɭԟɭ ɜɚ ɦɚԕɨɣɢɫɭԟɭ
 (
ɉɚɣԑɚɦɛɚɪ ԟɚɞɢɫɥɚɪɢɧɢ ʆɪɝɚɧɢɲ ɭɫɭɥɥɚɪɢ
,
ɢɥɦɥɚɪɢ
,
ɦɟɡɨɧɥɚɪɢ
). –
Ԕɨԟɢɪɚ
, 1988. – 
Ȼ
. 23.


43
hadislar matnlarini osonroq o‘rganish uchun hadisshunoslar kelishib 
olgan qoida va usullardir. 
Hadis ilmida quyidagi atamalardan foydalaniladi: a) 
isnad 
– hadis 
roviylari va tashuvchilari silsilasi; b) 
matn 
– hadis mazmunini ifodalovchi 
iboralar – so‘zlar. Umumiy ma’noda hadislar uch tur – 
sahih, hasan, 
zaifga 
bo‘linadi. 
Sunna va payg‘ambar hadislarini to‘plash, ularni ja’liy (to‘qima) 
hadislardan ajratib olishda vatandoshimiz alloma Imom Muhammad ibn 
Ismoil Buxoriy (815–892-y.) mislsiz hissa qo‘shib, o‘zidan abadiy 
barhayot asarlar qoldirdi. Imom Buxoriyning shoh asari «Al-jome’ as-
sahih» islom olamida Qur’ondan keyingi eng mo‘tabar, ishonarli kitob 
sifatida shuhrat qozongan. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə