Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/71
tarix26.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#86062
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   71
islom huquqi

Amal – Madina aholisining amaliyoti. 
Imom Molik Madina 
aholisining ko‘pchiligi Muhammad (s.a.v.)ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
avlodlari, Madina esa Muhammad (s.a.v.) umrining so‘nggi o‘n yilini 
o‘tkazgan joy ekanligi tufayli shahar aholisi qo‘llagan an’analar 
Rasululloh (s.a.v.)ning shaxsan o‘ziga ma’qul kelmagan taqdirda ham
ruxsat etilganlik maqomini olishi lozim, deb hisoblardi. Shunday qilib, 
imom Molik Madina aholisining an’analariga musulmon huquqi 
manbalarining nihoyatda ishonchli, so‘zda emas, amaldagi turlaridan biri 
sifatida qaragan. Abu Hanifa kabi imom Molik ham sahobalar hamda 
boshqa ulamolarning ijmolarini musulmon huquqining ahamiyatga molik 
manbai, deb hisoblardi. 
4. Sahobalarning shaxsiy fikrlari. 
Imom Molik sahobalarning 
fikrlarini, ularning o‘zaro mos kelishi yoki kelmasligiga qaramasdan, 
o‘zining «Al-Muvatto» hadislar kitobiga kiritgan. Biroq, sahobalarning 
shaxsiy fikrlaridan ko‘ra, jamoaning yagona fikrini afzal ko‘rgan. Biror 
masala bo‘yicha sahobalarning shaxsiy fikrlari bo‘lsa, imom Molik bu 
fikrlarni o‘z nuqtai nazaridan ustun qo‘ygan. 
5. Qiyos. 
Yuqorida zikr etilgan manbalarda tilga olinmagan masalalar 
bo‘yicha imom Molik shaxsiy deduktiv mulohaza yuritish usulini 
qo‘llagan. Biroq mulohaza yuritishning bu shakli subyektiv tabiatga ega 
bo‘lganligi uchun u bu ishni o‘ta ehtiyotkorlik bilan amalga oshirgan. 
6. Madina aholisining urf-odatlari. 
Imom Molik Madina aholisi amal 
qiladigan kamyob odatlarga ham, agar ular mashhur hadislarga zid 
kelmasa, ahamiyat bergan. Bunday odatlar muayyan holatlarda namoyon 
bo‘lishiga qaramay, imom Molik musulmonlarning birinchi avlodidan 
o‘tib kelayotganligi uchun saqlab qolinishi kerak, zero ularning 
mavjudligining o‘zi sahobalar va hattoki, Muhammad (s.a.v.) tomonidan 
ma’qullanganini bildiradi, deb fikr yuritardi. 


55
7. Istisloh. 
Abu Hanifa tomonidan rivojlantirilgan istihson tamoyilini 
imom Molik va uning shogirdlari ham qo‘llangan. Biroq ular mazkur 
atamani «qulay va ko‘proq mos keladigan» ma’nosini ifodalovchi 
«istisloh» atamasi bilan nomlaganlar. U inson farovonligi sohasiga oid, 
biroq musulmon huquqida alohida ko‘rib chiqilmagan barcha narsalarga 
taalluqli bo‘lgan. Istislohga misol sifatida xalifa Alining qotillik sodir 
etgan guruhning har bir a’zosi, qotillik aslida guruhdagi bir shaxs 
tomonidan sodir etilgan bo‘lsa ham, aybdor hisoblanadi, degan fatvosini 
keltirish mumkin. Musulmon huquqining normalari faktik qotilning 
o‘zigagina tegishli bo‘lgan. Istislohning yana bir misoli sifatida 
musulmon hukmdorlarining boylardan nafaqat zakot, balki, agar bunga 
davlat manfaatlari yo‘lida zarurat tug‘ilsa, boshqa soliqlarni undirish 
huquqini eslab o‘tish mumkin. Biroq musulmon huquqida faqat zakot 
tilga olingan xolos. Imom Molik mavjud talablardan kelib chiqadigan 
normalarni qiyos usuli orqali chiqarishda ham istislohdan foydalangan. 
8. Urf. 
Abu Hanifa kabi imom Molik ham musulmon dunyosidagi 
barcha xalqlarning musulmon huquqi ruhiga zid kelmaydigan turli urf-
odatlarini huquqning ikkinchi darajali manbai hisoblagan. Masalan, 
Suriyadagi bir odatga ko‘ra, «dabba» so‘zining lug‘aviy ma’nosi «to‘rt 
oyoqli hayvon» bo‘la turib, uni «ot» ma’nosida qo‘llaydilar. Shuning 
uchun Suriyada tuziladigan dabba shaklidagi to‘lov talab qilingan 
shartnomalarda, yuridik nuqtai nazardan, to‘lovni ot bilan amalga oshirish 
nazarda tutilgan. Biroq, arab dunyosining boshqa yerlarida to‘lovning ot 
bilan amalga oshirilishi aniq ko‘rsatilishi shart bo‘lgan. 
Molikiy mazhabining mashhur namoyandalari.
Imom Molikning 
keyinchalik o‘z mazhabini yaratmagan shogirdlaridan eng mashhurlari al-
Qosim va Uahb edilar. 
Abu Abdurahmon ibn al-Qosim (745–813)
 Misrda tug‘ilgan, 
Madinaga kelib yigirma yildan ortiq imom Molik qo‘lida ta’lim oldi. U 
Molikiy fiqhi bo‘yicha «Al-Muvatto»ni ham ortda qoldiruvchi keng 
qamrovli «Al-Mudovanna» kitobini yozdi. 
Abu Abdulloh ibn Uahb (742–819)
ham imom Molikdan saboq olish 
uchun Misrdan Madinaga kelgan. U fatvolar deduksiyasidagi qobiliyatini 
shu darajada namoyon qildiki, imom Molik unga muftiy unvonini berdi. 
Bu unvon musulmon huquqining rasmiy sharhlovchisi (fatvo beruvchi) 
degan ma’noni anglatadi. Uahbga Misr qozisi lavozimini taklif qilishgan, 
biroq u erkin olim bo‘lib qolish uchun undan voz kechgan. 
Imom Molikning mashhur shogirdlari orasida boshqa mazhablarga 
mansublari ham bo‘lib, ba’zilari Molikdan o‘rganganlari asosida o‘z 


56
mazhablariga tuzatishlar kiritganlar. Masalan, Abu Hanifaning eng 
birinchi shogirdlaridan bo‘lgan Muhammad Shayboniy shular 
jumlasidandir. Shuningdek, ular qatorida imom Molik va boshqalarning 
ta’limotlarini birlashtirib, o‘z mazhablarini yaratganlari ham bor. 
Masalan, ko‘p yillar davomida Imom Molik hamda Abu Hanifaning 
shogirdi Muhammad Shayboniydan ta’lim olgan Muhammad ibn Idris 
Shofi’iy shular jumlasidandir. 
Hozirgi kunda bu mazhab vakillarining asosiy qismi Yuqori Misrda
Shimoliy Afrikada (Tunis, Jazoir, Marokash), G‘arbiy Afrikada (Mali, 
Nigeriya, Chad va b.) hamda Fors ko‘rfazi davlatlarida (Quvayt, Qatar va 
Bahrayn) yashaydilar. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə