Аgrаr soxаni dаvlаt tomonidаn qullаb-quvvаtlаshi


Yerlarni unumdorligini saqlash, tiklash va oshirish bo‘yicha



Yüklə 457,36 Kb.
səhifə3/6
tarix19.12.2023
ölçüsü457,36 Kb.
#151223
1   2   3   4   5   6
11. АGRАR SOXАNI DАVLАT TOMONIDАN QULLАB

Yerlarni unumdorligini saqlash, tiklash va oshirish bo‘yicha joriy yilda jami 903 ming ga (Xorazmda 217 ming ga, Qashqadaryoda 453 ming ga, Andijonda 233 ming ga) yerlarda tuproq sifatini baholash tadbirlari bajarildi.
Hududlarning tuproq iqlim sharoiti, suv resurslari bilan taʼminlanganligi hamda aholini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talabini inobatga olgan holda 4 mln 843 ming gektarga (2020 yilga nisb. 644 ming ga ko‘p) qishloq xo‘jaligi ekinlari joylashtirildi (asosiy maydonda 3,1 mln, bog‘-tok orasida – 223,2 ming ga, takroriy – 816,4 ming ga, lalmi – 457,4 ming ga, o‘zlashtirilgan maydon – 198 ming ga).
Jumladan, 1 mln 38 ming ga g‘alla, 348 ming ga sabzavot, 171,5 ming ga poliz, 78,2 ming ga kartoshka, 200 ming ga moyli, 448 ming ga dukkakli, 725,6 ming ga ozuqa va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari ekildi.
Yerdan samarali foydalanish, aholiga yangi ish o‘rinlarini yaratish, yoshlarni ish bilan band qilish maqsadida “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun 175 ming ga maydonlar 0,1 gektardan 1 gektargacha o‘lchamda 613,5 ming nafar yoshlarga ajratib berildi.
Mazkur maydonlardan joriy yilda jami 8,5 trln so‘mlik 2 mln tn qo‘shimcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirildi.
Maʼlumot uchun: QRda 10 ming ga yer (23,4 ming nafar), Andijonda 6 ming ga yer (30 ming nafarga), Buxoroda 23 ming ga yer (92,4 ming nafarga), Jizzaxda 7,7 ming ga yer (11,1 ming nafarga), Qashqadaryoda 4,4 ming ga yer (10,5 ming nafarga), Navoiyda 2 ming ga yer (6,5 ming nafarga), Namanganda 9 ming ga yer (49,5 ming nafarga), Samarqandda 63 ming ga yer (193,2 ming nafarga), Surxondaryoda 10,7 ming ga yer (47,7 ming nafarga), Sirdaryoda 6,7 ming ga yer (13,1 ming nafarga), Toshkent viloyatida 5,7 ming ga yer (19,6 ming nafarga), Farg‘onada 18 ming ga yer (85,8 ming nafarga) hamda Xorazmda 8,1 ming ga  (33,8 ming nafar) yer maydonlari ajratib berildi.
Qishloq xo‘jaligida texnika taʼminotini yaxshilash hamda zamonaviy resurstejamkor texnologiyalar bilan taʼminlash maqsadida qiymati 983 mlrd so‘mlik 8 990 ta yuqori unumli texnika va agregatlar xarid qilindi.
Aholini sifatli va kafolatli meva va uzum mahsulotlari bilan taʼminlash hamda eksport salohiyatini oshirish maqsadida fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan 64 ming ga (2020 yilga nisb. 2 barobar ko‘p) mevali bog‘lar va 50,8 ming ga (2,5 barobar ko‘p) uzumzorlar barpo etilib, jami bog‘lar maydoni 293 ming gektarga, tokzorlar 133,7 ming gektarga yetdi.
Shu bilan birga, qariyb 800 gektar maydonda qiymati 2,3 trln so‘mlik 398 ta zamonaviy issiqxona ishga tushirildi va 10 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. Respublikada issiqxonalar maydoni 5,5 ming gektarga yetkazildi.

Yüklə 457,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə