Аgrаr soxаni dаvlаt tomonidаn qullаb-quvvаtlаshi


Qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishda 25 ta



Yüklə 457,36 Kb.
səhifə4/6
tarix19.12.2023
ölçüsü457,36 Kb.
#151223
1   2   3   4   5   6
11. АGRАR SOXАNI DАVLАT TOMONIDАN QULLАB

Qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishda 25 ta paxta-to‘qimachilik (106 ming ga), 80 ta g‘allachilik (801 ming ga), 13 ta sholichilik (17 ming ga) 2ta dorivor klasterlar yo‘lga qo‘yildi. Natijada joriy yilda 122 ta paxta-to‘qimachilik (qamrovi 100%), 157 ta g‘allachilik (100%), 146 ta meva-sabzavotchilik (40%), 29 ta sholichilik, 9 ta dorivor o‘simliklar yetishtiruvchi klasterlar faoliyat yuritdi.
Klasterlar tomonidan sohaga ilm-fan, innovatsiyalar hamda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish natijasida, 3,4 mln tonna paxta, 7,8 mln tonnaga yaqin don yetishtirildi. O‘rtacha hosildorlik paxtada 29,8 sentnerdan 32,7 sentnerga (110%), g‘allada 57,6 sentnerdan 64,1 sentnerga (111%) oshdi.
Paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan qiymati 8,4 trln so‘mlik 54 ta, g‘allachilik klasterlari tomonidan 783,7 mlrd so‘mlik 42 ta, meva-sabzavotchilik klasterlari tomonidan 328 mlrd so‘mlik 22 ta jami 118 ta loyihalar ishga tushirilib, 24 ming nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish, sohada qayta ishlash quvvatlarini oshirish bo‘yicha 463 ta yangi korxonalar ishga tushirildi va qayta ishlash quvvatlari meva-sabzavotda 2 960 ming tonnaga, go‘shtda 575 ming tonnaga, sutda 2 650 ming tonnaga yetdi.
Shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash, logistika quvvatlarini oshirish maqsadida8 ta (quvvati 88 ming tn) zamonaviy agrologistika markazlari, 56 ta (51,5 ming tn) sovutgichli omborxonalar ishga tushirildi, agrologistika korxonalari soni 59 taga, quvvati 826 ming tonnaga yetkazildi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlariga sifat menejmenti talablari asosida xalqaro standartlar joriy etildi. Xususan, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan sifat menejmenti talablari asosida jami 392 ta, shundan, 39 ta Global G.A.P., 5 ta Organic, 344 ta ISO 22000, 2 ta “HALAL” sertifikatlari olindi.
Nukus tumanida 52 ga sabzavot, Xo‘jaobodda 240 ga bog‘, Kitobda 189 ga anor, Nurotada 157 ga uzum, Parkentda 3 445 ga uzum, Mirzaobodda 7 ga anor, Yangiqo‘rg‘onda 386 ga meva-sabzavot, Quvasoy shahrida 400 ga bog‘, Baxmalda 250 ga olma bog‘lari organik mahsulotlar yetishtirishga ixtisoslashtirildi.
Xalqaro brendlarni jalb etish bo‘yicha Ukrainaning “Gruppa Nutritek” kompaniyasi (Nutritec brendi) bilan O‘zbekistonda bolalar taomlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihasi bo‘yicha memorandum imzolandi.
Maʼlumot uchun: Loyihaning qiymati 40 mln dollar, yillik quvvati 2-3 ming tn muddati 2022-2023 yy. 1-bosqichda 2 mln. doll, 2-bosqichda 28 mln. doll va 3-bosqichda 10 mln doll to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etish kutilmoqda.
Meva-sabzavot mahsulotlarining eksport geografiyasi kengayib, Amerika Samoasi, JAR, Makedoniya, Maldiv orollari, Marokash, Nepal, Sloveniya, Xorvatiya, Shvetsiya, Yamayka mamlakatlari bozorlariga yangi yo‘nalishlar ochilib, joriy yilda 961 mln dollarlik 1,5 mln tonnadan ortiq meva-sabzavotlar (70 ta davlat) hamda 60 mln dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilindi.
Eksport ko‘rsatkichlari o‘tgan yilga nisbatan dukkakli mahsulotlarda 115 foiz, uzum mahsulotlarida 105 foiz, quritilgan meva-sabzavotlar hamda moyli mahsulotlarda 113 foizga o‘sdi.
XMIlar ishtirokida 7 ta loyiha doirasida jami 154 mln dollar o‘zlashtirilib, 367 ta sub loyihalar moliyalashtirildi va 7173 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Maʼlumot uchun: “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirish” loyihasi doirasida 10,29 mln doll. (79%), “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi doirasida 57,73 mln doll. (166%), “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish va rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha 10,52 mln doll. (105%), “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida 27,03 mln doll. (100%) hamda “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish” loyihasi doirasida 48,13 mln doll. (121%) mablag‘lar o‘zlashtirildi.

Yüklə 457,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə