Tuproqlarning ekologo-meliorativ holati va unumdorligi



Yüklə 217,38 Kb.
səhifə1/4
tarix08.05.2023
ölçüsü217,38 Kb.
#109000
  1   2   3   4
Tuproq unumdorligini intensive dexqonchilik sharoitida saqlash, qayta tiklash va osirish masalasi


Mavzu :
Tuproq unumdorligini intensive dexqonchilik sharoitida saqlash, qayta tiklash va osirish masalasi

  1. Dehqonehilik tizimi va qonunlari

  2. Tuproqlarning ekologo-meliorativ holati va unumdorligi

  3. Organik va mineral o‘g‘itla


Dehqonehilik tizimi va qonunlari

Dehqonehilik tizimi deganda bir-biri bilan o‘zaro bog'liq boigan,
tuproq unumdorligini qayta tiklash va oshirish, yerdan oqilona. Foydalanislmi ta’minlovchi agrotexnik, meliorativ va tashkiliy-xo‘jalik tadbirlar majmuasi tushuniladi. Hozirgi zamon dehqonehilik tizimi yerlardan samarali foydalanishni va uning unumdorligini oshirishni, eng kam mehnat va mablag1 sarflagan holda har gektar yerdan eng ko‘p va yuqori hosil yetishtirishni ta’minlashi zarur. Dehqonchilikning ilmiy asoslangan tizimi qishloq xo‘jaligini tabiiy ofatlardan saqlashda, tuproq unumdorligini oshirishda, ilg‘or agrotexnika tadbirlarini o‘zlashtirishda, yerlami sug‘orishda, kimyoviy preparatlardan foydalanishda, oqilona almashlab ekishda, yuqori hosil beradigan ekinlami ekishda texnikadan keng kolamda foydalanishga yordamlashishi zarur. Dehqonehilik tizimi samadorlik darajasiga ko£ra sodda (qoloq), ekstensiv vajadal tizimlarga boiinadi. «Qoloq» dehqonehilik tizimida hududning kam qismi (25 % yoki undan kam qismi) haydaladi va ekin ekiladi. Tuproq unumdorligi tabiiy jarayoniar ishtirokida shakllanadi. Bu tizimg& yerlardan uzoq muddatdan so‘ng (30-40-yildan so‘ng) va nisbatan qisqa muddat (10-15-yildan so‘ng) oigandan keyin qayta foydalanish kiradi. Ekstensiv dehqonchilik tizimida hay dash mumkin boigan maydonlar unumdorligini iiklash, begona o‘tlarni yo‘qotish uchun go‘ng solinadi, haydaladi, maxsus moslamalarda yumshatiladi. Bunday dalalar «toza shudgor» deyiladi, tuproq unumdorligi tabiiy omillar va inson ta’sirida shaklianadi. Haydalgan, yumshatilgan tuproqda ozuq moddalar, namlik yigiladi, issiqlik, havo xossalari yaxshilanadi. Lalmikor hududlarda «toza shudgor» dehqonchilik tizimi «qoloq»
dehqonchilik tizimidan asta-sekin jadal dehqonchilik tizimi qiyofasiga aylanadi. Yetishtirilayotgan ekinlarga o‘ g‘ it solish, begona o‘tlamiyo‘qotish, tuproqqa har xil mexanizm va moslamalar bilan ishlov berish hisobiga tuproq unumdorligi qayta tiklanadi va ortib boradi. Jadal dehqonchilik tizimida haydaladigan yerlaming aksariyat ko‘p qismi qator oralariga ishlov beriladigan va voppasiga ekiladigan ekinlar bilan band boiadi. Yozda issiq va kunning yorug‘ qismi ko‘p boiishi hisobiga daladan olinayotgan mahsulot ko‘p boiadi. Tuproq unumdorligini oshirishda unga ishlov berish, o‘g‘it solish (mineral, organik). agrotexnik va agromeliorativ tadbirlami maqbul davrda va me’yorda oikazish muhim ahamiyatga ega. Umumlashtirilgan holda dehqonchilik tizimlarining tasnifi quyidagicha: Dehqonchilik tizimlari tasnifi 1-jadval


Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishiii tashkil etish va olib borishda dehqonehilik tizimi muhim ahamiyatga ega bo'lib, lining tarkibi, mohiyati mazkur hududning tabiiy-iqlim, iqtisodiy, ekologik sharoitlari bilan belgilanadi. Shu bilan birga uning asosiy qismlari dehqonehilik olib boriladigan yoki olib borilishi mumkin bo‘lgan barcha mintaqalar uchun umumlashtirilgan holda quyidagilardan iborat:
1. Yerlardan oqilona foydalanishni ta’minlovchi ekinlar maydoni va yetishtiriladigan ekinlar,
2. Ekin maydonlarmi to‘g‘ri tashkil etish, yetishtirilayotgan asosiy oraiiq ekinlami navbatma-navbat ekilishini, tuproq unumdorligini qayta tiklash va ishlab chiqarish qobiliyatini ta’minlovchi almashlab ekish.
3. Tuproq xossalarini maqbul sharoitda boshqarishni ta’mmlovchi
ishlov berish usullari.
4. Ekinlaming biologik talabini va tuproq-iqlim sharoitlarini nazarda tutgan, atrof-muhitni ifloslamaydigan o‘g‘itlash tizimi.
5. 0 ‘simliklami kasallik va zararkunandalardan himoya qiladigan agrotexnik va kimyoviy tadbirlar.
6. Rayonlashtirilgan yuqori sifatli urug‘ yetishtirish.
7. Suv va shamol eroziyasi oldini olish, ularga qarshi agrotexnik tadbirJar.
8. Adirlar, suv havzalari va dalalami himoya qiluvchi ixota daraxtzorlarini yaratish.
9. Yerlaming meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan (toshini terib tashlash, butazorlami tozalash, zax qochirish, sho‘rini kamaytirish) agromeliorativ, gidromeliorativ, biologik va boshqa tadbirlar. Yuqorida ko'rsatilgan dehqonehilik tizimlarini qo‘llash har bir tuproq-iqlim mintaqaning tabiiy sharoitlariga, yer zaxiralarining holati, mavjudligiga, texnika va mehnatga yaroqli kuch bilairta'minlanganlik darajasiga, olinayotgan yalpi mahsulotning sifati va qiymati bo‘yicha raqobatdoshligi, iqtisodiy va ijtimoiy yo‘nalishiga bog‘liq.
Dehqonchilik tizimining qaysi turini qo‘llashdan qat’i nazar, amalga oshirilayotgan tadbirlar mazkur o‘simlik uchun barcha sharoitlaming maqbul boiishini taqozo etadi. 0 ‘simlikning yashash sharoitlarini bir-biri bilan uzviy bogiiqligi o‘ziga xos qonuniyatlami shakllantiradi. Bularga quyidagilar kiradi:
- tuproqdan olingan moddalarni qaytarish qommi;
- minimum (optimum, maksimum) qonuni;
- hayot omillarining teng ahamiyatlilik va almashtirib boimaslik
qonuni:
- hayot omillarming birgalikdagi ta’sir etish qonuni. Har bir о‘simlik barcha yashash sharoitlaming mavjudligida o ‘sib rivojlanadi. Agar ulardan birontasi yetarli darajada bo‘lmasa, o‘simlik yaxshi 0‘smaydi, hosil bermaydi. Yashash sharoitlarining barchasi o'ziga xos mohiyat va ahamiyatga ega. Ularning miqdoriy ko‘rsatkichlari o‘simliknmg turiga, o‘sish davrlariga va boshqalarga bogiiq boiadi. Madaniy (bir yillik, ko‘p yillik) o‘simliklar yetishtirish jarayoni, amalga oshiriladigan agrotexnik va agromeliorativ tadbirlar me’yori, o'tkazish davri yuqorida qayd qilingan qonunlarni nazarda tutgan holda amalga oshiriladi. Ulami maqbul me’yorda boshqarish yuqori va sifatli hosil garovidir. Sug'oriladigan dehqonchilik mintaqasida o‘simlikning yashash sharoitlarini yaratishda (ayniqsa, tuproq xossalari, unumdorligi) yana bir mezon – almashlab ekish muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 217,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə