Аgrаr soxаni dаvlаt tomonidаn qullаb-quvvаtlаshi


Agrar sohani isloh qilish, qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlari



Yüklə 457,36 Kb.
səhifə2/6
tarix19.12.2023
ölçüsü457,36 Kb.
#151223
1   2   3   4   5   6
11. АGRАR SOXАNI DАVLАT TOMONIDАN QULLАB

Agrar sohani isloh qilish, qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlari

Agrar sohani isloh qilish, qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlarini, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy qilishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish maqsadida jami 63 ta hujjatlar, shundan 6 ta O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 9 ta Farmoni, 26 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 42 ta qarori qabul qilinib, islohotlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirildi. Qishloq xo‘jaligida yer munosabatlarini tartibga solish, oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish hamda sohani raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha vazifa, funksiya va vakolatlar vazirlikka o‘tkazildi.


Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yilda 22 mln tonnadan ortiq meva-sabzavotlar ishlab chiqarildi va o‘sish 106,1 foizni (sh.j: dehqonchilikda 107,5%) tashkil etdi. Jumladan, 11,6 mln. tn (111,4%) sabzavotlar, 3,3 mln tn (115,8%) kartoshka, 2,3 mln tn (108,6%) poliz, 3 mln tn (106,3%) meva, 1,8 mln. tn (111,5%) uzum, shuningdek, 7,9 mln tn (104,8%) don va dukkakli don ekinlari, qariyb 3,4 mln tn (110%) paxta xomashyosi yetishtirildi.
Davlat tomonidan agrar sohani qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiy manfaatdorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan tizimli tadbirlar natijasida joriy yilda 1 gektar maydondan olingan o‘rtacha daromad 47,2 mln so‘mni (o‘tgan yilga nisbatan 2 barobar ko‘p) tashkil etdi.
Misol uchun, Andijon viloyatida 97,7 mln so‘mni, Samarqandda 86,5 mln so‘mni, Buxoroda 85,3 mln so‘mni, Namanganda 66 mln so‘mni, Farg‘onada 61,3 mln so‘mni, Navoiyda 52,3 mln so‘mni tashkil etib, Respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori bo‘ldi.
Yer va suv resurslaridan foydalanishga bo‘lgan munosabatni tubdan o‘zgartirish, samaradorligini keskin oshirish yo‘nalishida ham izchil islohotlar amalga oshirilib, joriy yilda Yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi doirasida jami 274,8 ming ga (2020 yilda 101,8 ming ga, 2,7 barobar ko‘p) shundan, 99 ming ga sug‘oriladigan, 171 ming ga lalmi-yaylov va suv talab qilmaydigan ekin ekiladigan yerlar hamda 5 ming ga o‘rmon yerlari foydalanishga kiritildi.
O‘zlashtirish uchun Respublikada 1410 km sug‘orish tarmoqlari qurildi, 396 km kollektor tarmoqlari taʼmirlandi, 1522 dona quduq qazildi, 221 dona nasos agregatlari o‘rnatildi hamda 2169 km elektr uzatish tarmoqlari tortildi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun joriy yilda foydalanishga kiritilgan yerlarning 247 ming gektariga (o‘tgan yilga nisb. 145 ming ga ko‘p) qishloq xo‘jaligi ekinlari shundan, 13 ming ga sabzavot, 18 ming ga poliz, 19,5 ming ga dukkakli, 12 ming ga moyli, 5,7 ming ga sholi, 12,8 ming ga dorivor, 43,7 ming ga ozuqa va 51 ming ga boshqa ekinlar joylashtirildi, shuningdek, 42,3 ming ga mevali bog‘lar hamda 29 ming ga tokzorlar barpo etildi.
Mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish uchun PQ-4919-son qaroriga muvofiq, hududlarda jami 512 ming ga yoki 2020 yilga nisbatan 5 barobar ko‘p maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilindi. (367 ming ga paxta, 49 ming ga g‘alla, 42 ming ga bog‘ va tokzorlar, 1 ming ga sabzavot-poliz hamda 53 ming ga boshqa ekinlar).
Jumladan, 194 ming ga tomchilatib, 11,2 ming ga yomg‘irlatib, 6 ming ga diskret, 78,8 ming ga egiluvchan quvur va 20,9 ming ga plyonka to‘shab sug‘orish joriy etildi va 201 ming ga yerlar lazerli tekislandi.

Yüklə 457,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə