Abdulla Qahhor



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/39
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Abdulla Qahhor. Anor [@kitoblar pdf]

NOQOBIL QIZ
Muborakxonim eshikdan chetlanib Muhayyoga yo‘l berdi,
uning salomiga alik olmadi, o‘zini bosish uchun biroz to‘xtadi,
qayta-qayta «Astag‘firullo!» deganidan keyin, sekin so‘radi:


46
– Dadang bo‘lmasa shunaqa ekan-da? Qayoqda eding?
Muhayyo yerga qarab javob berdi:
– Dadam borlarida ham... Anvarni ko‘rgani borgan edim...
Muborakxonim lov etib ketdi... «Astag‘firullo» deyish ham
esiga kelmay, shovqin soldi:
– Hech bo‘lmasa yolg‘on gapirsang-chi, bezbet! – dedi
va oyog‘i ostida yotgan supurgini olib qulochkash qildi.
Muhayyo ko‘zini yumdi-yu qimir etmadi.
– Ayajon, menga yolg‘on gapirishni o‘rgatgan emassiz...
Muborakxonim supurgini uloqtirib yubordi, engashib
qattiq shivirladi:
– Ersirab qoldingmi? – dedi, yana bir shalaq gap aytdi.
– Ayajon, bunaqa gapni og‘zingizga olmang, shu og‘iz
bilan meni bolam degansiz, alla aytgansiz, suygansiz...
Muborakxonim uning so‘ziga quloq solmadi.
– Ersiragan bo‘lsang bironta xotini o‘lganni topay!
Muhayyo onasining yuziga qaradi.
– Ayajon, iloyim hech kimning xotini, hech kimning eri
o‘lmasin! Hech kimning boshiga Anvarning kuni tushmasin!
Muborakxonim o‘zini bosib, uning yoniga o‘tirdi.
– Shu Anvarga tegasanmi? – dedi.
Muhayyo indamadi. Muborakxonim juda kuyib ketdi.
– Turmushing bo‘lmaydi, jon qizim, turmushing
bo‘lmaydi. Aytdim-ku, senga it tekkan!..
Muhayyo eshitilar-eshitilmas dedi:
– Salimjonga it tegmasdan tushgan edim-ku, nega
turmushim bo‘lmadi?
– Peshonangdan ko‘r! – dedi Muborakxonim uning
peshonasiga nuqib.
Muhayyo ko‘ziga yosh oldi.
– Ayajon, hamma narsani ko‘rib, bilib turib yana shunaqa
deysiz-a! Peshonamga nima qibdi?
Muborakxonim uning so‘ziga quloq solmadi.
– Boshing ta’nadan chiqmaydi! Qon yig‘laysan! Meni
ham qon yig‘latasan!
Muborakxonim shundoq dedi-yu, uyga kirib ketdi, uzoq
yig‘ladi, keyin qo‘shnining uyiga chiqib ketdi. Muhayyo
onasining kelishini kutmay, supaning bir chekkasiga joy
solib yotdi.


47
Muborakxonim qo‘shniga kirib hasrat qildi. Bu hovlida
sakson sakkizga kirgan bir kampir bo‘lib, uni butun mahalla
izzat qilar edi. Muborakxonim shu kampirdan Muhayyoga
nasihat qilishini so‘radi, «Ko‘nmasa men po‘pisa qilib uydan
haydayman, siz ko‘chada turib yo‘lini to‘sing, uyga olib kirib
mendan gunohini so‘rang», dedi. Kampir ko‘ndi, ertalab
ko‘chaga chiqib ariqning bo‘yida kutib o‘tirdi.
Muborakxonim ertalab gap kovladi, qizini avval quchoqlab
yig‘ladi, keyin urmoqchi bo‘ldi, bularning hech biri kor qil-
maganidan keyin Anvarga bo‘lmag‘ur tuhmatlar qildi. Muhayyo
onasining hamma gapiga chidadi-yu, Anvar to‘g‘risidagi
tuhmatlariga chidolmay gap qaytardi. Muborakxonim shunga
mahtal edi, birdan jazavasi tutib og‘zidan ko‘piklar sochdi:
«Ket-chi, ket!» deb Muhayyoni itarib tashladi, uyga kirib uning
kiyim-kechagini, kitoblarini derazadan uloqtirdi, uydan chiqib
yana shovqin soldi. Muhayyo zor-zor yig‘lab yalindi, yolvordi,
oyog‘iga yiqildi. Muborakxonim og‘ziga kelganini qaytarmay
qizini haqorat qilar, zohiran, chiqib ketishini, aslida esa tavba
qilishini kutib tepasida turar edi. Muhayyo uning oyog‘i ostida
uzoq yig‘lab yotganidan keyin sekin o‘rnidan turdi, kiyimlarini,
kitoblarini quchog‘iga olib indamay jo‘nab qoldi. Muborak-
xonim eshik oldida o‘tirgan kampir qaytarib kelishini kutib
supada gerdayib o‘tirdi.
Biroq kampir Muhayyoning chiqib ketganini ko‘rmay qoldi:
shu choq echkisi yechilib chiqib ro‘paradagi tor ko‘chaga kirib
ketdi-yu kampir nevarasini chaqirgani hovliga kirgan edi.
Muborakxonim bu gapni eshitib fig‘oni chiqdi, yuragiga
vahm tushdi-yu idorasiga borib javob oldi, kuni bo‘yi Muhayyoni
qidirdi: fakultetiga bordi, hamma qarindoshlarning uyiga bir-
bir bosh tiqdi, Muhayyoning dugonalariga uchradi, uzun
xodachaning uchiga changak bog‘lab mahalla hovuzini ham
qidirtirdi; tez yordam kasalxonasiga bordi, militsiyaga arz qildi...
Ikki kun o‘tdi. Muborakxonim ikki kun ishga bormadi,
borolmadi, uchinchi kuni Hakimjonga xat yozib jo‘natib
kelganida Muhayyodan xat keldi:
«Ayajonim! Mehribonim!
Sog‘-salomatman. Meni nega mahalla hovuzidan qidir-
dingiz? Nahot o‘zimni o‘ldirishimga, shu bilan meni katta
qilishdagi mehnatlaringizni, orzu-umidlaringizni qora yer


48
qa’riga ko‘mishimga ko‘zingiz yetgan bo‘lsa! Nahotki meni
shunchalik bag‘ritosh deb o‘ylasangiz? Siz tuqqan, sut bergan,
siz o‘stirgan bola bag‘ritosh bo‘lishi mumkinmi?
Uydan haydaganingiz uchun chiqib ketganim yo‘q, siz
dam oling, o‘zingizga keling, deb ketdim.
Men sizdan xafa emasman, nima deb bunchalik
kuyishingizni bilaman: yolg‘iz farzandingizman, meni yer-ko‘kka
ishonmaysiz, bolaligimda ham yer-ko‘kka ishonmay oylab
ko‘chaga chiqarmas edingiz. «Ayagan ko‘zga cho‘p tushar»,
degan gap bor. Salimjon shunaqa bo‘ldi... Shundoq bo‘lishini
bilganingizda, albatta, meni asrab-avaylab «Qizim katta bo‘lib
qoldi, tezroq egasiga topshiray», deb shoshilmas edingiz...
Vaqtincha arazlashib qolganimizni dadamga yozib
yurmang, kelganlarida ham aytmay qo‘ya qolaylik.
Kecha fakultetga borgan edim, o‘qish boshlanmasdan
talabalar paxtaga ketadi, degan gap yuribdi. Hech bunaqa
bo‘lmas edi, ob-havo yomon kelayotgan bo‘lsa kerak. Paxtaga
ketib qolsam xavotir bo‘lmang.
Dugonamdan sizga salom.
Noqobil qizingiz Muhayvo».
Qizidan darak topmaganida yig‘lab, «Sog‘-salomat ko‘r-
sam churq etmayman», deb yurgan Muborakxonim Muhayyo
sog‘-salomat ekanini bilib ta’naga to‘la xatning mag‘zini chaq-
qani ham bo‘lmay yana lovilladi, salom aytgan dugonasinikida
ekaniga ishonmay Anvarni qarg‘adi.
Muborakxonim o‘tirar-turarini bilmay Anvarning fakultetiga
bordi, uning ishxonasini bilib zimdan odam yubordi, yana
Muhayyoning yaqin-yiroqdagi dugonalaridan, qarindoshlaridan
xabar oldi. Hech kim «Men ko‘rdim», demadi.
Endi bebosh qizni topishning birdan-bir chorasi talaba-
larning paxtaga jo‘nashini kutish edi: shu kuni Muhayyo qayer-
da bo‘lsa, fakultetga yetib keladi.
Muborakxonim o‘sha kuni tong qorong‘usida fakultetga
bordi. Odam g‘ich-g‘ich, qator turgan avtobuslarga chiq-
moqda edi. Muborakxonim yelib-yugurib hammayoqni qaradi,
avtobusdan avtobusga chopib Muhayyoni chaqirdi. Oldingi


49
avtobusdan kimdir Muhayyo allaqanday bir komissiya
hay’atida kecha jo‘nab ketganini aytdi. Muborakxonimning
ko‘ngliga g‘ulg‘ula tushdi: «Bu komissiya o‘lgurda Anvar ham
bo‘lmasin tag‘in!»
Muborakxonim qaytishda Anvarning ishxonasidan xabar
oldi. Anvar hovlining o‘rtasida turgan bir mashinaning tagida
chalqancha yotib nimanidir buramoqda edi.
Muborakxonim shu kuni Muhayyoning qaysi tumanga
ketganini bilib, ikki kundan so‘ng o‘z hisobidan ta’til oldi va
o‘sha tumanga jo‘nab ketdi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə