Abdulla Qahhor



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/39
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160527
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39
Abdulla Qahhor. Anor [@kitoblar pdf]

YOSHLAR QAHVAXONASI
Nikohdan o‘tish payshanba: o‘tirish juma kuniga belgilandi.
Naimjon qahvaxonaga borib, shu kuni kech soat o‘n birga
o‘n ikki kishiga stol buyurib keldi.
Muattar Anvarni magazinma-magazin olib yurib qora
kostum, qora tufli, oq ko‘ylak, galstuk olib berdi.
Ikkovi shu kuni kechqurun qo‘l ushlashib, uyga xandon-
xushon kirib borishdi – Marg‘uba bularni ko‘rib o‘tqizgani
joy topolmay qoldi, er-xotin ikki shaharda turishi «shunaqa
bo‘ladi» degan so‘zida har xil qochirma, hazil-mutoyiba qildi,
hijron haqidagi she’rlardan bir-ikki satr o‘qidi, bularning
kechqurun teatrga borish niyati borligini eshitib, darrov ovqat
qildi. Ovqat vaqtida Muattar uni g‘aflatga solish uchun
Anvarning oyog‘ini sekin bosib:


66
– Mana, opa, hammamiz ham qutuldik, Muhayyo erga
tegayotgan emish, bugun to‘y, – dedi.
Anvar bu nayrangga o‘zidan bir nima qo‘shmoqchi bo‘lib:
– Tag‘in to‘yiga borib yurmang! – dedi.
Marg‘ubaning jig‘ibiyroni chiqdi.
– Voy, men nega borar ekanman! Azasiga aytsa, chop-
qillab boraman! Hu to‘yidan tobuti chiqsin!
Anvar unga xo‘mrayib qaradi.
– Birovning bolasini qarg‘amang!..
Muattar Anvarning biqiniga turtib zo‘rg‘a to‘xtatdi. Mar-
g‘uba qo‘lidagi piyolani taq etib stolga qo‘ydi.
– Bilaman, sening ko‘ngling hali ham o‘shanda! – dedi
yig‘lamsirab, – qiz ko‘r qiladi-ya, noshukr, qiz ko‘r qiladi!..
Anvar ishning pachavasini chiqarib qo‘yishidan qo‘rqib,
Muattar uni tezroq olib ketish harakatiga tushib qoldi. Anvar
yangi sotib olingan kiyim-boshini kiydi. Marg‘uba unga yangi
ro‘molcha berib, qutlug‘ bo‘lsin qildi. Anvar hozirgina o‘tgan
ikki oradagi tundlikka butkul barham bermoqchi bo‘lib yol-
g‘ondan:
– Yuring, amma, o‘yinga olib boraylik, – dedi.
Marg‘uba suyunib ketdi.
– Umrlaringdan baraka topinglar! – dedi va kiyingani
narigi uyga kirib ketdi.
Anvar rangi o‘chib Muattarga qaradi, Muattar xunob
bo‘ldi.
– Sizga kim qo‘yibdi, tek o‘tirsangiz bo‘lmaydimi! Endi
to‘g‘irlang, «sizga to‘g‘ri kelmaydigan o‘yin – balet» deng!
Marg‘uba kiyinib chiqqanda Anvar xatosini to‘g‘rila-
moqchi bo‘lib undan battarroq xato qilib qo‘ydi:
– Lekin, amma, sizga to‘g‘ri kelmaydigan o‘yin – balet,
erkak kishi qip-yalang‘och xotinni kaftiga qo‘yib chiqadi!
Xayriyat, Marg‘uba «bunaqa ekan sizlar nima uchun bora-
yotibsizlar, Muattar nega boryapti» degani ulgurmadi, ikkovi
chiqib ketdi.
Shunday qilib yoshlar qahvaxonasida bo‘ladigan kichkina
o‘tirishga hammayoq taxt: odamlar aytildi, stollar yasatildi,
Marg‘ubani g‘aflatga solib, bu yoqdan ham xotirjam bo‘lindi.
Kelin bilan kuyov, xizmatdagi Muattar bilan Naimjon
belgilangan vaqtdan xiyla oldinroq kelib mehmonlarni kutishdi.


67
Biroq mehmonga o‘n ikki kishi aytilgan bo‘lsa ham Naimjon
hol-baqudrat sovg‘a-salom ko‘tarib kelgan tanish talabalardan
o‘n oltitasini sanab u yog‘iga adashib ketdi. Ularning ustiga
institut badiiy havaskorlaridan sakkizta sozanda, xonanda kirib
kelishdi. Naimjon abjirlik qilib yana bir qancha stol buyurdi.
Nihoyat, mehmonlar turli noz-ne’matlar, rang-barang sharbat
shishalari, anvoyi gullar bilan zeb berilgan stollarga o‘tirishdi.
Naimjon marosimni ochib, «Bu o‘tirish katta to‘yning de-
bochasi», dedi va kelin bilan kuyovga yaxshi tilaklar tiladi.
Sozanda va xonandalar bir juft yalla qilib, navbat raqsga
kelganda o‘tirishni tashqariga – qahvaxonaning sahniga ko‘chi-
rish zarurati tug‘ilib qoldi. Talabalar birpasda stollarni olib
chiqishdi. Birozdan keyin musiqa sadolari yangrab, ichkaridan
chiqqan kelin bilan kuyovni rang-barang pistonlar sochib,
lentalar otib, chapak va olqish sadolari bilan qarshi olindi.
Hamma o‘tirgandan keyin qo‘sh childirma gijbakabangni
boshlab yubordi, yana odam yig‘ildi.
Childirma maqomiga yo‘rg‘alab, kift qoqib, stollarni oralab
yurgan to‘rt qiz birin-ketin kelin bilan kuyovning ro‘parasiga
kelib, qo‘llaridagi guldastalarni ta’zim bilan ikkoviga tutishdi,
yer tepinib yana stollarni oralab yo‘rg‘alab ketishdi. Ora-
sirada birov she’r o‘qib, birov so‘z bilan, birov qiziqchilik
qilib kelin bilan kuyovni tabriklar edi.
Kichkina o‘tirish deb boshlangan ish hayal o‘tmay tuppa-
tuzuk to‘yga aylandi ketdi. Yigitlar, qizlar qahvaxonaning
sahnida, harakat to‘xtab qolgan katta ko‘cha va uning
naryog‘idagi xiyobonda o‘ynashar, navbatma-navbat ashula,
yalla aytishar edi.
Sahnadagi davraga Anvarning ustasi oqsoq chol toychoq
ko‘tarib kirdi, lapanglab – o‘ynab hammani xo‘p kuldirdi,
keyin kelin bilan kuyov qarshisida to‘xtab toychoqni baland
ko‘tardi-da, hamma jim bo‘lganda: «Men o‘zim avtomobilist
bo‘lsam ham bularga chavandoz o‘g‘il tilayman!» dedi va
toychoqni kelinga uzatdi. Qiyqiriq – chapak, kulgi ko‘tarildi.
Javlon qamoqdan chiqqanidan beri «ozodlik uchun»
erta-yu kech ichib tentirab yurgan edi, bu kecha qayoqdandir
kelayotib yoshlar qahvaxonasi oldida bo‘layotgan tomoshani
ko‘rib to‘xtadi; qahvaxonaning sahnida o‘ynayotgan qizlarni
ko‘rib niyati buzildi-yu yaqinroq bordi. Shu choq qahvaxona


68
ichkarisidan hindcha kiyingan, ikki qoshining o‘rtasiga qop-
qora xol qo‘ygan xushqomat bir qiz chiqdi va sozandalarning
zavq-shavq bilan chalayotgan hind maqomiga qo‘l tashladi
va davrani bir aylanib to‘rdagi stolda o‘tirgan kishilarga ta’zim
qildi. Ko‘ziga odamlar ikkita bo‘lib ko‘rinayotgani uchun
Javlon hindcha kiyingan qizga kafti bilan chap ko‘zini berkitib
o‘ng ko‘zi bilan qaradi, qarasa – Muattar! Javlon uning
kelganidan bexabar edi. Muattar bu yerda nima qilib yuribdi,
kimlarga ta’zim qildi? Javlon charchagan o‘ng ko‘zini kafti
bilan berkitib chap ko‘zi bilan qaradi: ne ko‘z bian ko‘rsinki,
stolning o‘rta yerida Muhayyo, uning yonida Anvar so‘ppayib
o‘tirar edi. Javlon hushyor tortib o‘zini orqaga tortdi, yugur-
ganicha necha joyda yiqilib, emaklab uyiga yetib bordi-yu
ko‘rganlarini Marg‘ubaga aytib berdi. Marg‘uba don tiqilgan
tovuqday bir tovush chiqardi-yu boshyalang – oyoqyalang
qahvaxonaga qarab chopdi, kelib, sichqonni yaqinroq keltirib
chang solmoqchi bo‘lgan mushukday bir chekkada pisib turdi.
Muattar goh bir oyog‘ining tovonini, goh birining uchini
yerga urib, goh eshilib-buralib, goh to‘lg‘anib xo‘p o‘ynadi.
Keyin o‘ynaganicha borib Muhayyoni davraga tortdi. Chapak
bo‘lib ketdi. Hamma jim, kelinning o‘zbekchami, hindchami
o‘ynashini kutar edi. Sozandalar imoga mahtal bo‘lib turishar
edi. Shu payt bir juvon ichkaridan qora quti olib chiqib
Muattarning qo‘liga berdi. Muattar qutini stolning chekkasiga
qo‘yib, uning ichidan shoda-shoda marvarid olib Muhayyo-
ning bo‘yniga osdi, rang-barang qimmatbaho toshlar o‘rna-
tilgan taqinchoqlarni boshiga, ko‘kragiga, bilak va barmoq-
lariga taqa boshladi. Marg‘uba yuragi hovliqib, odamlarning
orqasidan yaqinroq kelib qora qutiga tikildi. O‘sha! Xudo
ursin agar, o‘sha qora quti! Muattarning ishorasi bilan sozan-
dalar birinchi zarbni berganda Marg‘uba birdan dodlab
yubordi-da, dodlaganicha o‘zini parkka urdi. Muattar qo‘rqib
ketdi va beixtiyor Muhayyoning oldini to‘sdi. Muhayyo hay-
ron bo‘lib qoldi. Anvar yonida o‘tirgan Naimjonga bir nima
dedi – Naim darrov o‘rnidan turib, parkka tomon yugurdi.
Park tomonidan Marg‘ubaning borgan sayin yiroqlashib
borayotgan tovushi eshitilardi: «Voy-dod! Uyim kuydi! Bolam
o‘ldi!..»


69
Kimdir odamlarni tinchitdi, davrani uzmaslikka, o‘yin-
kulgini to‘xtatmaslikka tirishdi.
Biroq o‘tirishdan fayz ketdi. Odamlar tarqaladigan bo‘lib
turganda Naimjon yetib keldi va kelin bilan kuyov nomidan
hammaga minnatdorchilik bildirdi. Odamlar ketib bo‘lgandan
keyin Naimjon voqeani aytib berdi: Marg‘uba dodlaganicha
hovliga boribdi, qo‘ni-qo‘shnisi yugurib chiqibdi. Marg‘uba
qaznoqdan bir banka kerosin olib chiqibdi-da, odamlarning
hayhaylashiga qaramay yarmini Anvarning xonasiga, yarmidan
ozrog‘ini mast uxlab yotgan Javlonga sepibdi, qolganini
o‘zining boshidan quyibdi-da, gugurt chaqib yuboribdi.
Odamlar alangaga ko‘rpa, gilam, sholcha yopib zo‘rg‘a
o‘chirishibdi. Uyda hech narsaga ziyon yetmabdi. Faqat
Marg‘ubaning sochi, yuzi, qo‘li kuyibdi, xolos. Naimjon «Tez
yordam» mashinasini chaqiribdi.
– Endi nima qilamiz? – dedi Anvar ko‘zlarini katta ochib.
– Marg‘ubani «Tez yordam» mashinasi albatta olib ketadi, –
dedi Naimjon, – Javlon mast, o‘zini u devordan bu devorga
urib yuribdi. Men bir-ikkita xotinga tayinlab keldim,
uylaringni tozalab qo‘yishadi. O‘sha yerga boramiz.
Muhayyo nochor rozi bo‘ldi.
Ular borganda eshik oldida «Tez yordam» mashinasi turar
edi. Javlon Marg‘ubani dast ko‘tarib mashinaga tiqar ekan,
«Sharmanda qilding, saksovul!» dedi va eshikni taraqlatib
yopdi-da, so‘kinib, gandiraklaganicha qorong‘ulik qa’riga
kirib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Naimjon kelin bilan kuyovni ichkariga kirgizib yubordi.
Javlonning qayoqqa ketganidan bexabar, undan xavotir olib
har ehtimolga qarshi kiraverishdagi kichkina uyga kirib divanga
cho‘zildi. Bu voqealar Muborakxonim bilan Hakimjonning
qulog‘iga yetsa xavotir bo‘lishmasin, deb Muattar ularni ogoh
qilgani ketdi.
Bu orada tong yorishib, odam odamni taniydigan bo‘lib qoldi.
Muattar yaxshiyam borgan ekan, er-xotin qahvaxona
atrofida allaqanday shovqin bo‘lganidan azonda xabar topib,
Muborakxonim hozirgina mehmonxonaga borib kelgan, ikkovi
hayron bo‘lib turgan ekan. Muattar bo‘lgan voqeani bularga
aytayotgan paytda birdan ko‘cha eshigi taraqlab ochildi-yu,
sochlari kuygan, yuz-ko‘zini qurum bosgan Marg‘uba otilib


70
kirdi. Uning aft-basharasi, vajohati qo‘rqinchli edi. Marg‘uba
Muattarga jinniday bir qaradi, «Hu bo‘ying uzilsin!..» deb
bir o‘shqirdi-yu tikka Muborakxonimga qarab yurdi, Hakimjon
uni ushlagan edi, qo‘lidan chiqib ketdi-da, Muborakxonim-
ning oyog‘i ostiga zarb bilan o‘zini tashladi.
– Quda, qizingizning, nevaralaringizning orzu-havasini
ko‘ring! Dunyodan ikki qo‘li bir tepa o‘tib ketayotibman...
Rahm qiling...
Hakimjon uni darrov ko‘tarib oldi, oyoqqa qo‘ygan edi,
yana o‘zini yerga tashladi va Hakimjonning yog‘och oyog‘ini
quchoqlab boshini uraverdi.
– Dod!.. Anvarjonning onasidan qolgan taqinchoqlar
ichida meniki, o‘zimniki ham bor edi, aytinglar, menikini
berishsin!..
Hakimjon uni yana yerdan ko‘tarib oldi.
– Qanaqa taqinchoq?
Marg‘uba yana o‘zini yerga tashlamoqchi bo‘ldi.
– Muhayyoxonning o‘zlari biladilar!
Muborakxonim arang o‘ziga keldi.
– Xo‘p, bersin! Mening qizim taqinchoq taqib katta
bo‘lgan emas.
Muattar kelib Marg‘ubani suyab oldi.
– Faqat shumi, opa? – dedi. – Yuring, taqinchoqlarni
mana men olib beraman! Lekin hozir emas, tushdan keyin
boring!
– Tushdan keyin ikkovimiz boramiz, – dedi Muborak-
xonim, – ungacha bet-qo‘lingizni yuving, qolgan sochingizni
tarang...
Marg‘uba Muborakxonimga mung‘ayib qaradi.
Muattar ketdi. Hakimjonning ko‘z oldiga Marg‘ubaning
yoshlik – bevoshlik chog‘lari, ayniqsa, yengsiz kofta, tor
shim kiyib kaltakesakday baqrayib turgani, pista chaqib po‘-
chog‘ini tuflar ekan, «Men taqdirning qo‘lida o‘yinchoqman»,
deb iljaygani keldi-da, vujudiga, Marg‘ubaning qo‘li tekkan
yog‘och oyog‘iga ham muz yugurganday bo‘ldi-yu, indamay
ko‘chaga chiqib ketdi.
Muborakxonim bilan Marg‘uba tushdan keyin hovliga
borishdi, Marg‘uba akasi vafot etgan uyning derazasi oldidan
o‘tishda ko‘ngli ozgan bo‘lib, birpas devorni ushlab qoldi.


71
Muborakxonim uni suyab dahlizga olib kirdi. Katta uyda
mehmon ko‘p ekan, Marg‘uba o‘zini ro‘paradagi uychaga
urdi. Muborakxonim katta uyga kirganda g‘ovur bo‘lib ketdi.
Oradan bir necha daqiqa o‘tgandan keyin, uychaga Muhayyo,
Muattar, Naimjon, Muborakxonim va bir necha notanish
yoshlar kirib kelishdi, hamon yerga qarab o‘tirgan Marg‘ubani
harchand qistab katta uyga kirgani unatisholmadi. Shundan
keyin Muhayyo chiqib, qora qutini olib kirdi va qopqog‘ini
ochib Marg‘ubani tizzasiga qo‘ydi.
– Mana, o‘zingizga qarashli taqinchoqlardan tashqari
Anvarjonning onasi sizga atagan narsalar ham bor emish,
hammasini oling! – dedi.
Marg‘uba taqinchoqlarni titib ko‘rgani odamlar chiqib
ketishini kutar edi. Buni sezib hamma chiqib ketdi. Marg‘uba
taqinchoqlarni darrov titkilab ko‘rdi, hamma narsa joyida,
lekin quti yengilroq bo‘lib qolganday tuyuldi.
Marg‘uba qora qutini bag‘riga bosib uydan asta chiqdi va
zinadan tushganidan keyin hech yoqqa qaramay yo‘rg‘alab qoldi.
Anvar bilan Muhayyo uni derazadan 
ко
‘rib zinaga chiqqanida
Marg‘uba ko‘cha eshigini ochgani qo‘l uzatgan edi.
– Amma, – dedi Anvar, – eshikni qattiq yopmang,
qulflanib qoladi.
Marg‘uba orqasiga bir qaradi, chiqib eshikni sekin yopdi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə