Abdulla Qahhor



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/39
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Abdulla Qahhor. Anor [@kitoblar pdf]

QORA QUTI
Ertasiga Naimjon boshliq uch kishidan iborat elchilar
hay’ati Anvarni olib belgilangan soatda Marg‘ubaning
eshigini qoqdi.
Marg‘uba tovush berdi va kelib qulfni ochdi, tanbani
sug‘urdi, eshikni qiya qildi;Naimjon institut yoshlar tash-


37
kilotining nomini aytganda elchilarni bittama-bitta kirgizdi,
Anvar ro‘para bo‘lganda esa eshikni yuziga qattiq yopdi-da,
sharaqlatib qulflab oldi. Tushuntirish, iltimos, yolvorish –
hech biri unga kor qilmas edi. Nihoyat, Naimjon tovushini
yo‘g‘onroq qilib «Biz rasmiy odamlarmiz, rasmiy ish bilan
keldik», degandan keyingina Anvarga ham yo‘l berildi.
Javlon uyda, biroz shirakayf ekan, mehmonlarni ko‘rib
juda suyunib ketdi, darrov bir chilpitda qizil vino, bir kosa
tuzlangan bodring keltirib stolga qo‘ydi.
Marg‘uba oshxonaga kirib jiz-biz boshladi.
Javlon piyolalarga qultullatib vino quyar ekan:
– Men aroqni tashlab vinoga o‘tganman, – dedi,– biroq
vino qurg‘ur sersuvroq narsa bo‘ladi, suvini siqib tashlash
kerak! Lekin yetkizib ichsangiz suvini qorinning o‘zi siqib
tashlaydi!.. Qani, salomat ekanmizki ichamiz!
Mehmonlar vinoga qo‘l urishmadi. Javlon o‘zi ichib,
piyolasini yana to‘ldirdi. U bitta o‘zi ichayotgan bo‘lsa ham
«Qatordan qolmayin», deb ichdi, hech kim qistamasa ham
«sazolaring o‘lmasin» deb ichdi, piyola bir daqiqa to‘xtamasa
ham «dami chiqib ketmasin» deb ichdi, qisqasi, xotini ovqat
olib kelguncha xiyla tayyor bo‘ldi, o‘tirgan joyida qalqib,
ko‘zining qorasidan ko‘ra oqi ko‘proq ko‘rinib qoldi.
Marg‘uba qovurilgan jigarni keltirib o‘rtaga qo‘ydi,
mehmonlarning oldiga qoshiq qo‘yar ekan, Anvarning oldiga
qoshiqni jaranglatib tashladi. Uning soxta tabassumdan ko‘z
atrofiga yig‘ilgan ajin, pirpiragan yupqa lablari ovqatga
manzirat qilganida titragan tovushi tori tarang ekanini ko‘rsatar
edi. Naimjon bu vaziyatda hech qandoq daromadga o‘rin
yo‘qligini ko‘rib gapning po‘skallasini aytdi.
– Anvarjon shaharda ma’lum va mashhur shifokor Murod
Alining farzandi. Agar o‘rtog‘imiz sizning nuqtayi nazaringizdan
biron beadabchilik qilgan bo‘lsa kechirishingizni so‘raymiz,
chunki, shundoq odamning bitta-yu bitta o‘g‘lini o‘z uyiga
kiritmasdan darbadar qilib qo‘yibdi degan isnodni ko‘tarishdan
ko‘ra gunohini kechirish osonroq bo‘lsa kerak, deb o‘ylaymiz.
Marg‘uba qo‘lidagi qoshiqni taraqlatib stolga qo‘ydi.
– Nega darbadar bo‘lar ekan, xotinchasining uyiga borsin!
Sig‘adi, Muhayyoxonning uyiga hamma sig‘adi? Borsalaring
sizlar ham sig‘asizlar! Obi xudoyi...


38
Anvar g‘azabi kelib bir nima demoqchi bo‘lgan edi,
yonidagi sherigi sekin turtib, so‘zini og‘zidan oldi.
– Opajon, Muhayyoxon bizning institutda o‘qiydi, singli-
mizday narsa... Bizga malol keladi! Sizning to‘g‘ringizda birov
shunaqa desa siz nima derdingiz?
G‘azabi kelib o‘tirgan Naimjon so‘z qotdi:
– To‘g‘ri, Muhayyoxon erga tegib chiqqan, lekin bunaqa
falokat har kimning ham boshiga kelishi mumkin! Xo‘sh,
o‘zingiz Javlon akaga qiz tekkanmisiz?
Bo‘ynini tutolmay boshini u yoqqa-bu yoqqa tashlab
o‘tirgan Javlon birdan xuddi o‘qchiganday:
– To‘g‘ri! – dedi stolga shappatilab. – Haqiqatda qiz
tekkan! Bu qizligida o‘zini quritib olgan, hozir ham qiz! I...
I... Do‘zaxga ham qizligicha tushadi!
Naimjon davom etdi:
– Javlon aka sizni «xotinim» deganda hech kim bu kishini
uyidan haydab chiqarmagandir-ku, Anvar Muhayyoni «xoti-
nim» desa siz nega uni o‘z uyidan haydab chiqarasiz?
Javlon zavq qilib kuldi.
– Meni o‘zi don sepib zo‘rg‘a uyiga olib kirgan-u, qayoq-
qa haydaydi! Menga qara, hoy saksovul, don sepgansan-a?
Mototsikl olib bergansan, tilla soat olib bergansan! Lekin ov
miltig‘ini yeb ketding!..
Marg‘uba erini ortiq gapirtirgani qo‘ymadi, vino quyib
berdi. Javlon vinoni bitta ko‘tardi-da, gandiraklab borib
divanga cho‘zildi va uzun xurrak otdi.
– Men Anvarni haydaganim yo‘q, – dedi Marg‘uba biroz
bo‘shashib, – uni otasi haydagan! Otasining vasiyati shu!
Otasi aytgan qizni – Muattarni olsin, hovli nima ekan, savdoga
qo‘ysa o‘n-o‘n ikki mingga ham bormaydi! Bundan tashqari,
besh ming olti yuz so‘mlik yangi «Volga»si, omonat kassada
o‘n ming so‘m naqd puli, o‘n sakkiz ming so‘mlik ro‘zg‘ori,
onasidan qolgan, keliniga atalgan yigirma uch ming so‘mlik
taqinchoqlar bor! Mana, o‘zi ko‘rsin!
Marg‘uba narigi uydan o‘ymakor naqshli qora qutichani
olib chiqdi, qopqog‘ini ochib Anvarning oldiga qo‘ydi va
uning bo‘ynidan ushlab, burnini taqinchoqlarga ishqalamoqchi
bo‘ldi. Anvar jahl bilan qutichani surib tashladi. Quticha
ag‘anab, ichidagi shoda-shoda marvarid, tilla va kumush


39
buyumlarga o‘rnatilgan har xil qimmatbaho toshlar sochilib,
jilosidan ko‘zlar qamashdi.
– Amma, – dedi Anvar qip-qizarib, – dadam o‘lim
bilan olishib, najot istab ko‘zlari javdirab yotganda siz shu
narsalarni o‘ylagan ekansiz!.. Dadam vasiyat qiladigan paytda
nima uchun hech kimni kirgizmay eshikni qulflab olganingizni
endi tushundim! Menga hech narsa kerak emas! Qo‘l qo‘yib
beraman, hammasi, qora quti ham sizniki! Lekin menga vaq-
tincha bitta uy bering! Otamdan qolgan hovli turganda men
institutdan yotoq so‘rolmayman! Otamdan qolgan uyga
ammam kirgizmayapti degani uyalaman.
Marg‘uba uning so‘zini eshitmagan bo‘lib taqinchoqlarni
qora qutiga solar ekan:
– Odam ko‘r bo‘lmaydimi! – dedi. – Nahot qiz olmagan
yigit shuncha mol-dunyoni bir salqitning oyog‘i ostiga
tashlasa?
Naimjon zaharxanda qildi:
– Bu narsalar otasidan qolgan bo‘lsa bilganini qiladi-da!
Anvar vorismi axir?
Marg‘uba ikki qo‘lini soniga urdi.
– Anvar voris bo‘lsa, men vasiy! Nima kerak bo‘lsa me-
ning qo‘limdan oladi! Bermasam ololmaydi!
Elchilardan biri do‘ng‘illadi:
– Siz bermasangiz, qonun olib beradi!
Marg‘uba yolg‘ondan qahqaha urdi.
– Siz qonundan gapirgani hali yoshlik qilasiz, uka! –
dedi va gap tamom bo‘ldi, degan ma’noda stolni yig‘ishtirar
ekan, oxirgi va uzil-kesil so‘zini aytdi: – Muattar Hindis-
tondan yaqinda keladi, Anvar otasining vasiyatini bajo keltira-
digan bo‘lsa hamma narsani ikkoviga topshiraman-u etagimni
qoqib, hovlidan ko‘chib ketaman: yo‘q-yo‘q, otasining ar-
vohini chirqiratadigan bo‘lsa bitta igna ham bermayman!
Boshqa gapga o‘rin qolmadi. Elchilar ketgani qo‘zg‘alishdi.
Anvar uydan umid uzib kiyimlarini so‘ragan edi, Marg‘uba
ikkita eski ko‘ylak, bitta eski shim chiqarib berdi va tilxat
talab qildi. Anvar tilxat yozishga kirishdi. Marg‘uba uning
yelkasiga bitta eski sochiq tashlab, «Mayli, buni yozmay qo‘ya
qol», dedi.


40
– Amma, – dedi Anvar kiyimlarini sochiqqa o‘rar ekan, –
Muattar menga tegmoqchi emas-ku!
Marg‘uba vag‘illab berdi:
– Muattarning ixtiyori avvalo otasida, qolaversa, menda!
Nima, Muhayyoda oy ko‘rganmisan?
– Ha, men Muhayyoda oy ko‘rganman! Dadam olam-
dan o‘tib dunyo ko‘zimga qorong‘i bo‘lganda Muhayyoda
oftob ko‘rganman.
Marg‘uba zo‘r afsus bilan so‘radi:
– Men senga hech narsa qilganim yo‘qmi?
– Qildingiz, onam meni tuqqan, o‘stirgan, ota-onam
jon bergan hovlidan meni haydadingiz!
Marg‘uba «senga gap kor qilmaydi», degan ma’noda qo‘l
siltadi, mehmonlarni kuzatdi, eshikni qulflab, tanbalab oldi.
Yo‘lda Naimjon Anvarga tasalli berdi:
– Xafa bo‘lma, oshna, olamiz! Hammasini olamiz!

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə