A. V. Mavlonov



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə7/94
tarix19.12.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#151131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   94
NEFT VA GAZ KONLARI GEOLOGIYASI darslik

Uchinchi davr. 1949 yildan to hozirgi kungacha g’tgan vaqtni g’z ichiga oladi. Bu davrning g’ziga xos xususiyati shundaki, neft sanoati shu davrda ekstensiv rivojlanish jarayoniga kiradi. Bunga asosiy sabab neft-gaz konlari mamlakatimizning turli rayonlaridan kg’plab topildi va ishga tushirildi.
Boshqirdiston, Tatariston, Belorussiya, Turkmaniston, O’zbekiston, G’arbiy Sibirlarda neft-gaz qazib chiqarish sanoati tez sur’atlarda rivojlandi. Ozarbayjon, Qozog’iston, SHimoliy Kavkaz, Ukrainadagi eski neft tumanlarada yangi-yangi konlar topildi va ishga tushirildi.
Xuddi shu davrda neft qazib chiqarish sohasining rivojida sifatli g’zgarishlar yuz berdi, neft konlarini qazib chiqarishda qatlamni sun’iy ravishda suv bilan bostirish usuli qg’llana boshlandi. SHu tariqa qatlam bosimining keskin pasayishiga yg’l qg’yilmaydi.
Neft qazib chiqarish texnologiyasidagi bu yangilik neft koni geologi oldiga yangi vazifalarni qg’yadi. Avval geolog qatlam quvvatini oqilona sarflash usullarini axtarish borasida izlansa, endi unga qatlamga yuboriladigan suvning neftni qaydarajada siqib chiqarishi va bu jarayonning eng oqil variantlarini izlash hamda tadqiq qilish vazifalari yuklanadi.
Qatlamga suv haydash usulining nazariy asoslari A.P.Krilov, F.A.Trebin, I.A.CHarniy, V.N.Щelkachev va boshqa kg’p olimlar tomonidan ishlab chiqildi va rivojlantirildi. Qatlamga suv haydash usulini konlarda tadbiq qilish, ularni qazib chiqarishni tartibga solish va tahlil qilish ishlarini amalga oshirishda F.A.Begishev, N.S.Erofeev, M.I.Maksimov, M.F.Mirchink, A.A.Trofimuk kabi kg’plab geologlarimizning hissasi beqiyosdir.
Nazariy sohadagi olimlarimizning amaliyotchilar bilan hamkorlikda qilgan ishlari qisqa muddat ichida o’zining yaxshi samaralarini berdi.
SHu ishlarning natijasida neft koni gsologiyasi fani rivojlandi, takomillashdi. Rivojlanishning asosiy yg’nalishlari neft-gaz konlari tuzilishi to’g’risidagi ma’lumotlarning takomillashishi, neft-gaz zahiralarini hisoblash usullarining rivojlanishi, neft-gazning er bag’ridan olinish darajasini oshirish muammolaridan iboratdir. Kg’rsatilgan ishlarni amalga oshirishda tadqiqotchilar oldida qatlam jinslarining xilma-xilligi, ya’ni bir xil emasligi katta qiyinchilik tug’diradi. Qatlamdagi jinslarning har xil xossalarga egaligini g’rganish va qandaydir umumiy qonuniyatlarni topish muhim vazifa hisoblanadi. Bunday muhim vazifalarni bajarishga K.B.Ashirov, V.S.Melik-Pashaev, M.I.Maksimov va boshqalar salmoqli hissa qg’shganlar.
Neft-gaz koni geologiyasining taraqqiyotiga 1964 yilda Davlat komiteti markaziy komissiyaning kengashi katta ahamiyat kasb etdi. Bunda neft konlarini qazib chiqarishdagi ob’ektlarni aniqlash va qazib chiqarish qavatlari belgilash masalalari kg’rishgan edi. Bu tushunchalar gaz va neft konlarini qazib chiqarish sharoitlarini takomillashtirshp vazifalarini qg’yadi.
SHu vaqtlarda quduqlarni geofizik usullar bilan tadqiq qilish ishlari ancha keng quloch yoydi. Geofizik usullar bilan gaz-neft, neft-suv chegaralarini kuzatish va qatlamning har xil kg’rsatkichlarini aniqlash imkoniyatlari paydo bg’ldi. Bu ishlarni amalga oshirishda ayniqsa, sanoatda bevosita ishlagan amaliy geologlar va geologik xizmat xodimlarining hissasi kattadir.
1953-56 yillardan boshlab neft koni geologiyasiga statistik-ehtimollik usuli va EHMlar kirib kela boshladi. Avvalgi davrdagidan farqli g’laroq, bu usullar yaxshi natijalar berdi, kg’p joylarda ishlatishni va boshqa faoliyatni avtomatlashtirish boshlandi. Bu ishlarda V.I.Aronov, V.A.Badyanov va boshqalarning hamda M.M.Ivanova-ning xizmatlari kattadir.
Vatanimiz G’zbekiston hududida neft va gazlarning mavjudligi qadimdan ma’lumki Farg’ona vodiysidagi CHimion, Moyli-suv konlari g’tgan asr boshidan ishga tushirilgan. Keyinchalik faqatgina Farg’ona vodiysidagina emas, Surxondaryo viloyatida hamda G’arbiy G’zbekistonda (geologlar tilida Buxoro-Xiva neft-gazli hudud deb atalgan) kg’plab neft va gaz, gazkondensat konlari birin-ketin ochila boshlaydi.
Hozirgi kunda respublikamiz hududida 5 ta region neft-gazli hisoblanadi, ular:
1) Buxoro Xiva neft-gazli havzasi, bu joyda barcha zahiralarning 66,9% joylashgan;
2) Ustyurt havzasi, u erda zahiralarning 3,2% joylashgan, lekin istiqboli juda yuksak;
3) Surxondaryo havzasi, uning bag’rida 7,0% zahira mavjud;
4) Janubiy G’arbiy-Hisor neft-gaz havzasi, uning zahirasi 5,7% ni tashkil etadi;
5) Farg’ona neft-gaz havzasi unda zahiralarning 17,5% joylashgandir.
YUrtimiz hududida 500 dan ortiq uyumlar 188 konda mujassam bg’lib, ularda 2 ta unikal kon, 17ta yirik konlardan iborat, qolganlari g’rta va mayda konlardir. Bu konlarda paleozoy yotqiziqlaridan to N gacha hammasi har xil darajada mahsuldordirlar.
G’zbekiston neft va gaz sohasida ham bu sohalarning rivojlanishida salmoqli hissa qg’shgan mutaxassislar talaygina. Bular orasida geologlarning g’rni alohida ahamiyatga ega.
Biz shu sohaga hissa qg’shgan ayrim mutaxassislarni sanab g’tishga jazm qildik: bular mashhur geolog va ustozlar professorlar A.M.Gabrilyan, O.M.Akromxg’jaev, A.G.Babaev, O.A.Rыjkovni alohida kg’rsatish lozim. Ulardan keyingi kadrlariga A.R.Xg’jaev, Z.S.Ibrohimov, P.K.Azimov, A.G.Ibrohimov, A.V.Mavlonov, S.T.Tolipov, E.K.Irmatov, A.A.Obidov, A.H.Agzamov va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
O’zbekiston neft-gaz sanoatining rivojiga S.N.Nazarov, G.A.Alimjanov, A.H.Hojimatov, A.R.Muhidov, I.X.Xolismatov, B.SH.Akramov va O.G’.Hayitovlarning qo’shgan hamda qo’shayotgan hissalarini qayd etmoq lozim. Ishlab chiqarishda O’.J.Mamajonov, A.K.Rahimov, O’.S.Nazarov, N.V.Salohitdinov va boshqalarni ham xizmatlari bor.

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə