A. V. Mavlonov



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə9/94
tarix19.12.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#151131
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94
NEFT VA GAZ KONLARI GEOLOGIYASI darslik

2-bob. Neft-gaz koni geologiyasining vazifalari, usullari va vositalari


2.1. Neft- gaz koni geologiyasining maqsadi va vazifalari

Xalq xg’jaligida neft-gaz chiqarishni geologik jihatdan asoslash hamda bu ishlarni er osti boyliklaridan oqilona foydalanish ularni iloji boricha kg’proq chiqarish va atrof-muhitni muhofaza qilish asosida olib borish - neft-gaz koni geologiyasining maqsadidir. Bu asosiy maqsad neft va gaz uyumining ichki tuzilishini g’rganish va qazib chiqarish jarayonida bg’lajak g’zgarishlar qonuniyatlarini g’rganish bilan amalga oshiriladi hamda olingan ma’lumotlar geologik texnik kompleksni oqilona faoliyatini ta’minlashga qaratiladi.


Neft-gaz koni geologiyasining asosiy maqsadi qator komponentlarga bg’linadi; chunonchi: neft, gaz va kondensat zahiralarini hisoblash, neft-gaz konlarini qazib chiqarishni geologik jihatdan asoslash, uyumning neft, gaz, kondensat beruvchanlik qobiliyatini va qazib chiqarishning yuqori natija beradigan choralarini geologik jihatdan asoslash, razvedka qilish va qazib chiqarishni kuzatishni asoslash shular jumlasidandir.
Asosiy maqsadlarni amalga oshirish jarayonida mavjud bg’lgan ba’zi yordamchi komponentlarni ham e’tiborga loyiq. CHunonchi: neft va gazlarni qazib chiqarishda er osti boyliklarini muhofaza qilish, quduqlarni burg’ulash vaqtidagi geologik xizmat, neft koni geologiyasining ichki vazifalari va ularni takomillashtirish shular jumlasidandir.
Neft-gaz koni geologiyasining vazifalariga quyidagilarni mansub qilish mumkin: uyumning bir butunligini tashkil qiladigan har xil ma’lumotlarni jamlash va ularni tadqiq qilish usullarini yaratishdan iboratdir.
Uyumning bir butunligi faoliyatini ta’minlash borasida mavjud bulgan har xil ma’lumotlarni jamlash, ularni tajriba va kuzatishlar asosida tadqiq qilish usullarini yaratish, turli geologik holatlarda mavjud sharoitlarga qarab har xil kuzatishlar va tadqiqotlar yaratish hamda ularning ma’lumotlarini tahlil qilish - neft-gaz koni geologiyasining vazifasidir.
G’sha vazifalar orasida uchta asosiysini ajratish mumkin:
1) ob’ektni bilishga qaratilgan neft-gaz koni geologiyasining aniq ilmiy vazifalari;
2) metodik vazifalar (qg’llanma);
3) metodologik vazifalar.
Ob’ektni bilishga qaratilgan aniq ilmiy vazifalar majmuasidan kuyidagi asosiylarini ajratish mumkin:
1. Tog’ jinslarining tarkibi va xossalarini g’rganish (ularda neft mavjud bg’lsa-bg’lmasa), neft, gaz, suvlarning tarkibi va xossalarini hamda geologik, termodinamik joylashish sharoitlarini g’rganish. Bunda ayniqsa, tog’ jinslarining va ularga shimilgan suyuqliklar (gazlar)ning g’zgaruvchanlik xususiyatlari hamda qonuniyatlariga ahamiyat berish lozim.
2. YUqoridagi ma’lumotlarga asoslangan holda tabiiy geologik jismning shakli, kattaligi, joylashgan holatini ajratish vazifalari.
Bunda kichik qatlam, qatlam, gorizontlar va kollektorlarning joylashishi kg’rsatiladi. Undan tashqari har xil uzilmalarning mavjudligi ham kg’rsatiladi. Bu turkumda asosan uyum yoki konning birlamchi tuzilishini kg’rsatishga va aniqlashga qaratilgan vazifalar jamlanadi.
3. Neft-gaz qazib chiqarish sanoatining texnik, texnologik va iqtisodiy talab hamda imkoniyatlariga qarab geologik jismlarni shartli ravishda bg’laklash vazifasi. Bunda geologik jismning har xil imkoniyatlarini belgilash katta ahamiyat kasb etadi (chunonchi, jinslarning kam, g’rta va yuqori mahsuldorligini ajratish). Ikkinchi vazifa bilan birgalikda qg’yiladigan bu vazifa qatlamning zahiralarini aniqlash va uyumning joylashgan holatini belgilab berishi mumkin. Bunda texnika, texnologiya va iqtisodiyot talablari asosida uyum tuzilishining g’zgarishi mumkin bg’lgan imkoniyatlari rg’yobga chiqariladi.
4. Uyum va konning tuzilishiga hamda ularning ichki nusxalariga qarab GTK klassifikatsiyalarini tuzish vazifasi. Neft-gaz uyumi va konlarining turkumlari neft-gaz koni geologiyasining vazifalarini etarli darajada hal qilib berolmaydi. Bunda geologik materiallarning har xil darajadagi tuzilishlarning qatlamni qazib chiqarish davrida g’zgarishi mumkin bg’lgan holatlarini kg’rsatish maqsadga muvofiqdir va bunday g’zgarishlarning g’zaro munosabatini g’rganish taqozo etiladi.
5. GTK faoliyati va tuzilishining g’zaro munosabatlari qonuniyatlari, ularning g’ziga xosligi va tabiatini g’rganish bilan bog’liq vazifalar. Bunda uyumning xossalari va tuzilishi bilan qazib chiqarish jarayoni kg’rsatkichlari hamda texnik komponental tuzilish ta’rifi. GTK faoliyati kg’rsatkichining foydasi (neft-gaz olinishining barqarorligi, qazib chiqarish tezligi, mahsulotning tannarxi, oxirgi neft beruvchanlik kg’rsatkichi va h.k.) orasidagi bog’liqlik tushuniladi. Bunda bir bg’lmagan muayyan uyumdagi neft va gazni suv bilan siqib chiqarish, qatlamning suv bilan qamrab olish jarayonini, neft, gaz suvlarining qatlamdagi siljish yg’llari, qoldiq zahiralarining joylashish muammolarini g’rganishga qaratiladi.
6. Neft-gaz koni geolognyasi tadqiqotlari atamalarini bir xil shaklga keltirishga va standartlashtirishga moslashgan vazifalar.
Neft-gaz koni geologiyasining metodik vazifalari quyidagilarni g’z ichiga oladi: muayyan ilmiy geologik-sanoat vazifalarini bajarish usullarining eskilarini takomillash-tirish va yangilarini yaratish asosiy vazifadir. Kg’pgina metodik vazifalar quyidagi tabaqalarga bg’linishi mumkin:
1. Murakkab sistema sifatida GTKning tayyorgarlashyo, loyihalash va faoliyatining hamma darajasida ma’lumotlarni yig’ishni tashkil qilish vazifasi. Bunga kuzatishni olib borish usullarini takomillashtirish, kuzatishlarning lozim bg’lgan soni bilan bog’liq vazifalarni echish, kuzatishlar davriyligi va zichligini belgilash, ashyoviy modellarni yaratish, ularni sinab kg’rish va kerakli ma’lumotlar olish uchun foydalanish kabi vazifalar kiradi.
2. Neft-gaz koni geologiyasi ob’ektlarini tasvirlash va ma’lumotlarni umumlashtirishning yangi usullarini rivojlanishi bilan bog’liq bg’lgan vazifalar: sg’z orqali tasvirlash, har xil chizma vositalari bilan tasvirlash, (xaritalar, grafiklar, blok-diagrammalar va h.k.), rasmiy formallashgan tasvir shular jumlasidandir. Qisqasi bu vazifalar GTKning alohida tomonlarini yoritish uchun tuzilishi lozim bg’lgan har xil modellarni yaratish usullaridan iboratdir.
3. Qazib chiqarish kg’rsatkichlari va uning mumkin bg’lgan usullarini takomillashtirish, zahiralarni hisoblash, loyihalarni va ishlab turgan qazib chiqarish sistemalarini geologik asoslash, neft beruvchanlikning joriy va oxirgi natijalarini baholash vazifalari.
Neft-gaz koni geologiyasining metodologik vazifalarini hal qilish shuning uchun zarurki, har bir fanda bg’lgani kabi, bu erda ham davrdan davrga vaqt g’tishi bilan bilish maqsadlari va qoidalari, bilim olish va ilmiy ish usullari g’zgarib turadi. Hozirgi davrimizda fanning rivojlanishi beqiyos darajada jadalligi tufayli tafakkurni qisqa vaqt ichida qisman yoki mutlaqo almashtirish taqozo etiladi. Xuddi shu vajdan fanlarning umumiy rivojlanishidan ortda qolmaslik uchun ularning rivojlanishi nimaga va qanday asoslanganligini bilish zarur bg’ladi. Ayni shu savollarga metodologiya javob beradi.
Metodologiya fanining tuzilishi va ishlash usulini tafakkur qiluvchi sohadir. Umum ilmiy va xusus ilmiy metodologiyalar mavjud. Umum ilmiy metodologiya - falsafiy bg’lib, umumiy falsafiy, ularning kelib chiqish jarayonlari tadqiqotlar bilan qanday uzviy bog’lanishi va qaysi falsafiy tushunchalarga mos kelishini g’rganadi. Xusus ilmiy - metodologaya muayyan fanlarni g’rganadi. Neft-gaz geologiya metodologiyasida quyidagilarni ajratshi mumkin:
1. Neft-gaz koni geologiyasining muayyan vazifalarini bajarishdagi turli usullarning foydasini baholash, qg’llanishi mumkin yoki maqsadga muvofiq bg’lgan usullarni tahlil qilish, masalan, modellash, sistema strukturali yondashish va uning natijalarini avvaldan qg’llanib kelingan usullar bilan aloqadorligini tahlil qilish.
2. Kondagi geologik tadqiqotlarning mohiyati va mazmunini tahlil qilmoq, neft-gaz koni geologiyasining g’ziga yaqin fanlar orasidagi g’rnini kg’rsatish, uni qaysi fanlar bilan aloqadorligini, undan ortiqroq rivojlangan fanlardan qanday manfaat olishi mumkinligi, ilmiy bilimlarni differentsatsiya (maydalash) va integratsiya (yiriklash) sharoitlarida neft-gaz koni geologiyasi fanining faoliyatini tahlil qilish va jamiyat tajribasiga uning qg’shgan hissasi.
3. Geologiya, texnika, iqtisodiyotning g’zaro aloqadorligi mohiyatini tahlil qilish, kon geologik. tadqiqotlar vaqtida aniq ilmiy, uslubiy va sotsial masalalarni hal qilishda ularning roli va ahamiyatini belgilash.
Sg’nggi vaqtlarda fanlarning umumiy rivojlanishida metodologik tadqiqotlarning ahamiyati oshib ketdi va unga e’tibor kuchaydi.

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə