A. V. Mavlonov



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə3/94
tarix19.12.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#151131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
NEFT VA GAZ KONLARI GEOLOGIYASI darslik

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Kirish

Annotatsiya


In the book "Oil field geology and geological basics of development" are shown all arrangements starling spudding of exploration well and drilling out of whole layer, putting on exploitation production horizon, reserch for the purpose of optimal development, long-term production, various workover operations of wells, influence to the pre-bottom zone and abandonment of well if the watercut is up to 98-99% of well production. Inaddition, the book covers the information about natural modes of pumping the water into formation, latest methods of influence on formation, environmental control, observation of development progess, planning.


The book is dedicated for the students of oil and gas course as well as it could be useful for production workers and research institutions.
It contains 19 drawings and 10 tables.

Kirish

XX asrning boshida neftning xalq xo’jaligida energiya manbai sifatida salmog’i 2,5 %, tabiiy gaz esa o’sha vaqtda deyarlik ishlatilmas edi. Bu ko’rsatkich tobora ortib boradi va XX asrning 90 yillariga kelib neftning energiya manbai sifatidagi salmog’i 39%, gazniki esa 22 % ga etadi. Buning natijasida neft va gaz qolgan barcha energiya manbalaridan benihoya o’sib ketadi (ko’mir 27%, gidroresurslar 7%, atom energiyasi – 6%). Hozirgi kunda bu nisbat deyarlik o’zgarmay kelmoqda.


Neft va gazning xalq xo’jaligida bunday yuqori o’ringa chiqishiga va uning beqiyos rivojlanishiga asosiy sabab, birinchidan yuqori darajadagi energiya manbai ekanligida. Buni quyidagi solishtirishda ko’rishimiz mumkin: 1 kg yoqilg’i yonganda 7000 kkal energiya beruvchi yoqilg’ini shartli yoqilg’i deb qabul qilsak:

1 kg benzin yonganda 1,49 shartli yoqilg’i teng bo’ladi


1 kg oddiy neft yonganda 1,43 -"- -"- -"-
1 kg mazut yonganda 1,37 -"-
1 m3 tabiiy gaz yonganda 1,17 -"-
1 kg ko’mir yonganda 0,7 -"-
1 kg torf 0,35 -"-
1 kg o’tin 0,27 -"-
1 m3 tabiiy gaz 1 kg neft va neft mahsulotlariga ekvivalent hisoblanadi.
Ikkinchidan, neft va gazni qazib olish ko’mirni qazib olishdan ancha arzonga tushadi. CHunonchi mehnat unumdorligi neftni qazib olishda ko’mirga nisbatan 6 marta, gazni chiqarishda esa bu ko’rsatkich 55 marta ortiqdir! Misol tariqasida keltiradigan bo’lsak, 1965 yilda ishlab turgan gazkondensat koni SHebelinkada 24,6 mlrd. m3 gaz olingan (30 mln.t. shartli yoqilg’iga teng) va o’sha vaqtda shu konda 632 nafar kishi ishlagan (shulardan 464 nafar ishchi), qolganlari muhandis-texnik xodimlar. SHuncha energiya berishi mumkin bo’lgan ko’mirni qazib olish uchun 60000 shaxtyor ishlaydigan 50 ta shaxta lozim bo’lar edi. Demak, gaz kondensat konidagi 1 nafar ishchi deyarlik 100 nafar shaxtyor ishini qilar ekan.
Uchinchidan, neftni uzatish uchun ketadigan xarajat ko’mirnikiga nisbatan 1,7 marta arzon, gaz uzatish esa ko’mirga nisbatan 3,37 marta arzon ekan. [1]
Sanoat korxonalarida ko’mir o’rniga neft mahsulotlari yoki gazning ishlatilishi ko’p tomondan foyda keltirishi aniqlangan. CHunonchi mis erituvchi pechlarni ko’mirdan gazga o’tkazish uch tomonlama foyda keltirar ekan, masalan bunday pechlar gazlashtirilganda ko’mir shlaki bilan birga chiqib ketuvchi mis miqdori 17% ga kamayadi, pechning ish unumdorligi 10-12% ortadi, energiya sarfi esa 25 % ga kamayar ekan.
YUqorida keltirilgan misollardan aniq bo’ladiki, hozirgi kunda energiya manbai sifatida yuqori o’rinda turgan neft va gaz hali ancha vaqt liderlikni ushlab tursa ajab emas.
Xullas, turmushimizning farovon bg’lishini neft va gaz mahsulotlarisiz tasavvur qilish mumkin emas.
Xuddi shuning uchun neft va gaz sanoati xodimlari oldiga neft-gaz konlari joylashgan yangi g’lkalarni egallash, ishlab turgan konlarimiz bag’ridan iloji boricha kg’proq neft va gaz chiqarib olishni ta’minlash, neft chiqarish texnologiyasining ilg’or usullarini izlab topgan holda, er bag’rida qolib ketayotgan kg’plab miqdordagi neftlarni yuzaga chiqarish imkoniyatlarini bajarish masalalari eng dolzarb mavzu sifatida qg’yilgandir.
YUqorida zikr qilingan vazifalar asosan neft-gaz koni geologiyasi xizmati zimmasiga yuklatilgan bg’lib, bu ishlarni ongli va bilimdon mutaxassis sifatida sidqidildan bajarilishini ta’minlash hozirgi kunning talabidir.
SHuning uchun ham neft-gaz koni geologiyasi sohasi konning mavjudligini aniqlagan quduqni ishga tushirishdan boshlab, to uning bag’ridagi barcha mahsulot imkoni boricha olinganligini ifodalovchi hujjatlar rasmiylashtirilgunga qadar bg’ladigan konning "hayot yg’li" davomidagi barcha jarayonlarni oqilona va bilimdonlik bilan bajarilishining rahbari va ishtirokchisi bg’lishi taqozo etiladi.
Bu borada quduqlarning kovlanish jarayoni, ular bilan mahsuldor qatlamlarni ochish, ularni sinash va ishga tushirish, qatlamlarning fizik-geologik xususiyatlarinn g’rganish, ulardagi mavjud neft, gaz, kondensat va suvlarning xossalarini g’rganish, neft-gaz uyumlari joylashgan strukturalarning tuzilishini aniqlash, konning kesimlarini tuzish, mahsuldor qatlamdagi neft-gaz zahiralarini aniqlash va hisoblash, konning ishlash rejimlarini chamalash va uning umumiy suv siquvi sistemasidagi g’rnini belgilash, konni oqilona qazib chiqarish uchun kovlanishi lozim bg’lgan quduqlar sonini belgilash va ularning qazilish hamda ishga tushirilish navbatini aniqlash, qatlamning energetik quvvatlarini chamalash, uni qazib chiqarish uchun qg’llanishi lozim bg’lgan qatlam bosimining pasayishini oldini oladigan va undagi mahsulotni haydab chiqarish imkonini beradigan usullarni tavsiya qilish va qg’llash, hamda ularning ishini nazorat qilish, neft-gaz konlarini qazib chiqarish jarayonida er bag’ri boyliklarini va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlari - hammasi neft-gaz koni geologining va geologik xizmatining vazifalaridandir.
Hozirgi sharoitda neft-gaz konlarining chuqurligi ortib bormoqda. Ulardan mahsulotning olinishi ancha murakkab sharoitlarda g’tmoqda, bular albatta texnika va texnologiyaning murakkablashuviga olib keladi va geologik xizmatning g’z ishida izchilligini, bilimdonligini taqozo etadi. Undan tashqari hozirgi sharoitda tabiatning zukko qudrati bilan g’nglab, yuzlab million yillar davomida hosil qilingan qimmatli mahsulot ayovsiz ishlatilmoqda va hozirgi darajada u davom etsa, yaqin kelajakda insoniyat bunday ajoyib mahsulotlarni tamomlaydi. Xuddi shu sababdan er osti boyliklarimizni oqilona ishlatish va ularning zahiralariga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bg’lishlik har bir kon geologining muqaddas burchidir.
Respublikamizning mustaqallikka erishganligi natijasida neft va gaz sanoatining rivojiga hissa qo’shadigan beqiyos imkoniyatlar yaratildi. Bu borada davlatimizni neft va neft mahsulotlari bilan ta’minlashga erishish, yurtimizning eng chekka g’lkalarigacha gazlashtirish vazifalar to’g’risidagi siyosati ustuvorlik bilan olib borilmoqda. G’lkamizning yangidan-yangi imkoniyatlari namoyon bg’lmoqda. Lekin shu joyda bir narsani ta’kidlash joizki, bizning zahiralarimiz chegarasiz emas, doimo ularning isrofiga yg’l qg’ymaslik tadorikini qilmog’imiz lozim bg’ladi.



Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə