A. V. Mavlonov


Neft-gazkoni geologiyasi fanning rivojlanish davrlari va unda olimlarning hamda muhandislarning roli



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə5/94
tarix19.12.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#151131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
NEFT VA GAZ KONLARI GEOLOGIYASI darslik

1.2. Neft-gazkoni geologiyasi fanning rivojlanish davrlari va unda olimlarning hamda muhandislarning roli

Neft-gaz koni geologiyasi fanining rivoji neft-gaz konlari qazib chiqarish nazariyasi va tajribasi bilan uzviy bog’langan hamda bir qancha davrdan iboratdir. Bu davrlarni iloji boricha sonini kamaytirib, soddalashtirishga harakat qildik. Natijada quyidagilarga erishdik: SHuni alohida qayd etmoq lozimki, neft-gaz koni geologiyasi fanining rivojlanish tarixini alohida bir g’lka yoki mamlakat uchun ifodalab bg’lmaydi, chunki bu vazifa umumbashar kg’lamidadir. SHu sababdan biz bu mavzuni g’tmishdagi ittifoq hududida tahlil qilganmiz va tabiiyki g’sha xududdagi neft va gaz g’lkalari tarixidan kelib chiqqanmiz.


Neft va gaz sanoatining boshlanishi quduqlarni burg’ulashning mexanik usul bilan amalga oshirish bilan bog’liqdir. 1859 yilda Amerika Qg’shma SHtatlarida polkovnik Dreyk degan odam birinchi mexanik quduqni yurtining Ltadiana shtatida amalga oshiradi. Xuddi shunday ishni 1864 yilda Rossiyada (Kuban) kapitan Semenov bajaradi, ya’ni Rossiyadagi birinchi mexanik quduqni qaziydi. SHu sana, ya’ni 1859 va 1864 yillar AQSH va Rossiya neft sanoatining boshlanishi deb qabul qilingan.
Birinchi dastlabki davr. Bu davr shartli ravishda neft-gaz sanoati boshlanishidan to 1918 yilgacha bg’lgan vaqtni g’z ichiga oladi. Rossiyada 1871 yilga qadar, ya’ni neft-gazsanoati tashkil bg’lgunga qadar – neft chiqarish faqat Boku va Moykg’p tumanlarida olib borilar edi. G’sha vaqtlarda neft asosan kustar usulda chelaklar orqali chuqurliga 100-150m va kengligi 1-1,5m bg’lgan qg’lda qazilgan quduqlardan olinar edi. Neft burg’ulangan quduqlardan (chuqurligi 40-70m) favvora shaklida 1864 yilda Kubanda (Kudano) va 1869 yilda Apsheron yarim orolida olinadi.
Quduqlarni jihozlash texnikasining qoloqligi tufayli kg’pincha neft qatlami qisman ochilar, unda chiqayotgan neftni "jilovlash" va tartibga solish imkoniyati mavjud emas edi. Quduqlar aksariyat qatlamni faqat 1-3 m. gina ochar va undan olinayotgan mahsulot hech qanday qazib chiqarish negizlariga asoslanmagan holda bajarilar edi. G’sha vaqtning tushunchasiga binoan neft chiqadigan quduqning ta’sifi uzoqqa bormasligi ta’kidlanardi, chunki neft faqat unda erigan gazning kuchi bilan harakatlanadi deyilar edi. SHunday bg’lsa ham g’sha vaqtdagi muhandis neftning miqdorini chamalash va zahiralarini aniqlash, qidirish hamda qazib chiqarish texnolsgiyasini takomillashtirish borasida birinchi qadamlarni qg’yganlar.
1888 yilda A.M.Konshin degan geolog birinchi marta neftza hiralarini hisoblashda hajm usulini qg’lladi. Quduqlardagi mahsulotning vaqt g’tishi bilan kamayishining uning asil miqdoriga bog’liqligini belgilash ("Egri chiziq usuli") maqsadi uni shunday hisoblarga olib kelgan bg’lsa ajab emas. Bunday usul Koliforniya neft konlarida 1908 yilda R.Arnold va R.Anderson tomonidan taklif qilingandir.
1905 yilda I.N.Strijev Grozniy rayonidagi neft konlari zahirasini hajm usuli bilan hisobladi. 1910-1912 yillarda yirik neft – olimi I.M. Gubkin birinchi marta g’ziga xos bg’lgan "engsimon" konlarning mavjudligini ochgan edi. I.M.Gubkin neft geologiyasi fani rivojiga juda katta hissa qg’shgan olim bg’lib, Rossiyalik neft geologiyasi fanining asoschisi hisoblanadi.
1910-1917 yillarda S.I.CHernoitskiy "'egri chiziq usulini" takomillashtirdi, bunda u shu usul natijalarini quduqlar zichligining oqilona bg’lishida foydalandi. U quduqlarning dastlabki mahsuldorligini ularning zichligi darajasiga bog’liqligini hisoblashni taklif ztdi.
SHu davrlarda quduqlarni g’rganishda geofiznk usullardan foydalanish ham qg’llana boshlanadi, 1906-1916 yillarda mashhur geolog D.V. Golubyatnikov Ozarbayjon va Dog’istonning 300 dan ortiq konlarida ulardagi quduqlar haroratini muntazam g’lchab bordi. Neft koni geologiyasining ba’zi masalalarini hal qilishda geotermik gradientning qg’l kelishini birinchi marta shu kishi tavsiya etgan.
G’sha davrlardagi neft zahiralarini aniqlash, uni qazib olish va geologik ma’lumotlarni mukammallashtirish borasida qilingan ishlar nomuntazam va uzviy emas edi.

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə