A. V. Mavlonov


Ikkinchi nashrga so’z boshi



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə2/94
tarix19.12.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#151131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
NEFT VA GAZ KONLARI GEOLOGIYASI darslik

Ikkinchi nashrga so’z boshi

Darslik 1992 yilda talabalar qo’liga borib etganidan buyon neft va gaz konlarining geologiyasi, qazib chiqarish muammolari, neft va gaz qazib chiqarish texnikasi va texnologiyasi fanlari uchun qo’llanma sifatida xizmat qildi. Darslikning yozilganiga 10 yildan ortiq vaqt o’tdi. Bu davr ichida respublikamiz neft va gaz sanoati beqiyos natijalarga erishdi, respublikamiz neft va gaz mahsulotlarini tashqaridan keltirishni to’xtatishga erishdi, aksincha, hozirgi kunga kelib o’zimizning mahsulotlarni chetga eksport qilmoqda.


Hozirgi kunda davlat tilidagi darsliklarni kamyobligi tufayli, hamda neft va gaz sohasi talabalarining ehtiyojini qondirish va shu soha bo’yicha o’qiydigan o’lkalardagi talabalarning istaklarini inobatga olib darslikni yangi sharoit taqozosiga rioya qilgan holda qayta nashrga tayyorlash ehtiyoji paydo bo’ldi va biz bu vazifani ado etishga harakat qildik.

Annotatsiya


V uchebnike "Neftepromыslovaya geologiya i geologicheskie osnovы razrabotki" privodyatsya vse meropriyatiya nachinaya ot opredeleniya tochki bureniya razvedochnoy skvajinы uyumi i proburivaniya vsey uyumi, pusk v razrabotku produktivnogo gorizonta, issledovaniya v tselyax optimalnoy razrabotki, mnogoletnyaya ekspluatatsiya, vsyakie remontnыe rabotы v skvajinax, vozdeystvie na prizaboynuyu zonu i nakonets pri obvodnenii do 98-99% produktsii skvajinы likvidatsiya ee. Eщe v uchebnike otrajenы dannыe o estestvennыx rejimax, zakachka vodы v plast, noveyshie metodы vozdeystviya, na plast, oxrana okrujayuщey sredы, nablyudenie za protsessom razrabotki, planirovanie.
Uchebnik rasschitan na studentov neftegazovogo napravleniya a takje mojet bыt polezen rabotnikam proizvodstva i nauchno-issledovatelskix institutov.
V nem soderjitsya 19 chertejey i 10 tablits.


Annotatsiya

"Neft-gaz koni geologiyasi va ularni qazib chiqarishning geologik asoslari" nomli darslikda razvedka qudug’ini burg’ulash uchun joylashtirish nuqtasini aniqlashdan boshlab, uning burg’ulanishi, quduqda mahsuldor qatlamni ishlatishga tushirish, optimal debitni belgilash uchun quduqni tadqiq qilish, quduqni ko’p yillik ishlatish jarayoni, quduqda bajarilishi lozim bo’lgan bari ta’mir ishlari, quduq tubiga ta’sir qiluvchi turli muolajalar va nihoyat, quduqning 98-99% suvlanishi natijasida uning tugatilishi kabi barcha muolajalar ifoda qilingan. Undan tashqari darslikda qatlamlarning tabiiy rejimlari xususida ma’lumotlar, qatlamga suv xaydash, qatlamga ta’sir qiluvchi eng yangi usullar haqida, atrof muhitni muhofazasi, qazib chiqarish jarayonini nazorat qilish, uni rejalash masalalari ko’riladi.


Darslik neft-gaz yo’nalishi talabalariga mo’ljallangan hamda ishlab chiqarish xodimlari va ilmiy tekshirish institutlari mutaxassislariga ham foydali bo’lishi mumkin.

Darslikda 19 rasm va 10 jadval mavjud.




Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə