A. V. Mavlonov


Neft-gaz koni geologiyasi fanining boshqa soxalar



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə8/94
tarix19.12.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#151131
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   94
NEFT VA GAZ KONLARI GEOLOGIYASI darslik

1.3. Neft-gaz koni geologiyasi fanining boshqa soxalar
bilan bog’liqligi

Neft-gaz koni faoliyat jarayoni boshqa tabiiy fanlar qatori juda kg’p umumiy va maxsus fanlar bilan chambarchas bog’lanib ketadi.


Neft-gaz konlarining mavjudligini aniqlash jarayonida birinchi galda ular joylashgan tuzilmalar axtariladi. Bu vazifani geofizika fanini struktura geofizikasi deb atalgan tarmog’i aniqlab beradi. Uning esa g’ziga yarasha usullari kg’pdir. Ikkinchi navbatda qatlam, uyum mavjudligini aniqlash uchun struktura burg’ulanadi, demak er bag’rini burg’ulash bevosita ushbu fanga yordam beradi.
Konni burg’ulash jarayonida undagi mavjud holatlarni aniqlash uchun yana geofizika faniga murojaat qilamiz, bunda quduq geofizikasi yordamida uyumning chuqurligi, uning litologik va kollektorlik sifatlari, unda mavjud suyuqlik va gazlar haqida ma’lumotlar olinadi.
Bunda biz gidrogeologiya, qatlam fizikasi, litologiya va boshqa sohalarga murojaat etishga majbur bg’lamiz.
Konning mavjudligi aniqlangach uyumni qazib olish jarayoni bilan tg’qnashamiz. Dastavval uning zahiralarini aniqlaymiz, bunda hajmiy usul, bosim pasayish usuli, statistik usul, dinamik usul va boshqa usullar bizga yordam beradi. Demak fanlarning otasi - matematika bilan qatlamdagi suyuqlik va gazlar xossasi g’rganiladi, bundan tashqari fizik, kimyo fanlarisiz biz hech narsaga ega bg’lolmaymiz.
Uyumni qazib olish muammosini bajarish uchun biz qatlamning gidrogeologik, gidrodinamik holatlarini g’rganishimiz va ularning kg’rsatmalaridan foydalanishimiz lozim. Albatta konni qazib olish muddati, olinadigan mahsulot miqdori, uning tannarxi va shu kabi masalalar, gidrodinamik va iqtisodiy hisoblar bilan bajariladi. Demak, biz er osti gidravlikasi, neft-gaz iqtisodiyoti, ularni qayta ishlash fani bilan munosabatda bg’lamiz.
Neft va gaz sohasi sanoat, qishloq xg’jaligi, neft-gaz mahsulotlarini uzatish (transport), umuman xalq xg’jaligidagi transport, maishiy xizmat sohasi va boshqa xg’jaliklar bilan chambarchas bog’liqdir.
Demak, neft-gaz sohasida mutaxassis bg’ladigan inson matematika, fizika, kimyo, er osti gidravlikasi, geofizika, gidrogeologiya, litologiya, paleontalogiya, materiallar qarshiligi, nazariy mexanika, ijtimoiy fanlar, ekologiya, kompyuter bilan ishlash sohalari bilan tanish bg’lishi kerak. Undan tashqari mutaxassis iloji boricha bir necha tillarni bilishi kerak.

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə