Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti



Yüklə 11,41 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü11,41 Kb.
#159541
Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti


Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti


Neft va gaz fakulteti “Neft va gaz ishi” kafedrasi 70721802-“Neft va gaz konlari mashina va jihozlaridan foydalanish ” mutaxassisligi I-kurs magistratura talabasi Botirov Saidnabi Komil o’g’li ilmiy pedagogik ishi darsiga qatnashuvchilarning tahlil


BAYONNOMASI


___.__.2022 yil Qarshi shahri
Qatnashdilar: QarMII “Neft va gaz ishi” kafedrasi NGI 122-20 guruh talabalari va kafedra katta o’qituvchisi M.X .Ashurov

Ilmiy pedagogik ishida amaliy darsi 2022-yil 14- aprel soat 1130 da dars jadvali asosida 2-226-auditoriyada “Neft va gaz ishi” kafedrasining NGI-122-20 guruh talabalari uchun “Neft va gaz konlari mashina jihozlari” fanidan “Turli sharoitlarda NKQ larni tanlash va foydalanishga doir hisoblashlar” mavzusida o‘tkazildi.



Dars belgilangan vaqtda boshlandi. Dars mashg‘uloti talabalarga ta’lim, tarbiyaning bir-biriga bog‘liqligi kiyinish odobi ustoz allomalarning hikmatli so‘zlarini ta’kidlash bilan boshlandi. Dars mashg‘uloti boshlanishida o‘tilgan mavzular bo‘yicha o‘zlashtirilganlik darajasi aniqlandi, o‘tilgan mavzuga tegishli tushuncha va iboralar hamda uyga berilgan vazifaning natijalari talabalarning ishtirokida munozara qilish orqali tekshirildi. Auditoriyaga tezkor savollar bilan murojaat qilinib, aniq javoblar olindi.


Amaliy mashg‘ulotining kirish qismida o‘tilgan mavzu eslatib o‘tildi va talabalarga yangi mavzuning dolzarbligi hamda uni o‘rganishning ilmiy-amaliy ahamiyati qisqacha bayon qilindi.
Amaliy mashg‘ulotning asosiy qismida turli sharoitlarda NKQlarni tanlash va ulardan foydalanish haqida umumiy, nazariy tushunchalar bayon etildi.
Darsda yangi pedagogik texnologiyalardan “Aqliy xujum”, “Blits so‘rov”, “Klaster” usullaridan foydalanildi. Dars mobaynida slaydlardan foydalanilib, batafsil ma’lumot berildi. Talabalarga keyingi darsga bog‘liq bo‘lgan uyga vazifalar berildi. Amaliy mashg‘ulot yakunida talabalar bilimini baholash amalga oshirildi. Amaliy mashg‘ulot to‘liq ko’rgazmali jihozlardan foydalanilgan holda o‘tildi.
Amaliy mashg‘ulotni mavzusiga oid tayyorlagan ko‘rgazmali taqdimot slaydlarini ekranlashtirishda kompyuter, ekran va proyektordan foydalanilgan holda o‘tdi. Amaliy mashg‘ulot dars davomida talabalar bilan samimiy va ochiq muomalada bo‘ldim.
Mavzuni yoritishda va talabalar bilimini nazorat qilishda “Aqliy xujum”, “Blits so‘rov”, “Klaster” usullardan foydalanib, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llaganligini bildirdilar.
Amaliy mashg‘uloti materiallarini tayyorlash va dars jarayonida quyidagi kamchiliklar kuzatildi: taqdimot materiallarining ba’zi slaydlarida asosiy mavzudan ba’zi bir chetlashishlar bo‘ldi, talabalarni baholashda ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yildi.
Ammo bu kamchiliklar darsning sifati va mazmuniga, amaliy mashg‘ulotining o‘tilish metodikasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Umumiy xulosalanganda amaliy mashg‘uloti mazmuni to‘liqligicha yoritib berildi.


Qaror qilindi:
1. 70721802-“ Neft va gaz konlari mashina va jihozlaridan foydalanish” mutaxassisligi I kurs magistratura talabasi Botirov Saidnabi Komil o’g’lining “Turli sharoitlarda NKQ larni tanlash va foydalanishga doir hisoblashlar” mavzusida ilmiy pedagogik ishi darsi qoniqarli deb hisoblansin.

Neft va gaz ishi” kafedra mudiri: PhD.L.X.Sattorov




Kotib: D.D.Ataqulova
Yüklə 11,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə