20-mavzu. O`qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etish. R e j a



Yüklə 195,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix29.09.2023
ölçüsü195,01 Kb.
#124950
  1   2   3   4   5   6   7
20-mavzu. O`qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etish.



20-mavzu.
 
O`qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etish. 
R E J A

1.
O‘qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish haqida tushuncha, mohiyati. 
2.
Vaqtdan unumli foydalanish, o‘qituvchiniig bo‘sh vaqti. 
3.
O‘qituvchining kun tartibi va ish joyi. 
4.
Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishning tomonlari va olish
yo‘llari. 
Adabiyotlar 
1.
I. I. Radcheiko. Not uchitelya. M.: Prosveshenie, 1989
2.
R. 
Rasulov. 
Nauchiaya 
organshatsiya 
uchitelskogo 
truda. 
M.: 
Prosveshenie, 1984. 34-36 
O‘qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish 
 
Kimki shogirdligidan chin dildan shod,
Bir kun o‘zi ham bulg‘usi ustod.
Ilm ila etish mumkin birodar,
Zarradan mopmu6 to quyoshga qadar.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Nosir Xisrav 

Respublikamiz hukumati xalq ta’limi sohasida o‘rtaga qo‘yayotgan vazifalarni 
bajarish ko‘p jihatdan o‘qituvchiga bog‘liq. Hozirgi sharoitda ta’lim tarbiyadan 
ko‘zda tutilayottan maqsadlarga etishish, o‘quvchilarning xilma-xil faoliyatlarini 
uyushtirish, ularni bilimli, e’tiqodli, mehnatsevar, barkamol inson qilib o‘stirish 
o‘quvchi zimmasiga yuklatilgan xalqimizning kelajagi, mustaqil o‘zbekistonning 
istiqdoli ko‘p jihatdan o‘qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligi, fidoyiligiga, 
yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash ishiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq. Hozirda 
uzluksiz pedagogik ta’lim g‘oyasi amalga oshirilmoqda. SHu munosabat bilan 
o‘qituvchilar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ishi davlat va 
jamoatchilik diqqat markaziga qo‘yildi.


 Maktab hayoti amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma- xildir. Pedagogik 
nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa o‘qituvchidan keng 
bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlik, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni 
talab etadi. SHuning uchun ham mustaqil o‘zbekiston davlatining umumiy ta’lim 
maktabida ishlaydigan o‘qituvchi
pedagogik faoliyatga qobiliyatli ijodkor, ishbilarmon; 
milliy madaniyat va umuminsoniy, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan 
diniy ilmlardan ham xabardor, ma’naviy barkamol;
o‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida taraqqiy etishiga ishonadigan 
vatanparvarlik burchini to‘g‘ri anglagan e’tiqodli fuqaro;
ixtisosga doir bilimlarni, psixologik pedagogik bilim va mahoratli shuningdek, 
nazariy ishlarni mukammal egallagan bo‘lishi kerak.
Biror kasbning haqiqiy ustasi bo‘lish uchun kishida tabiiy qobiliyat, ma’lum 
jismoniy va ruhiy hislatlar jo bo‘lishi kerak. Pedagogik o‘qituvchilik faoliyatini 
yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash ishini samarali bajarish, ota-onalar va bolalarni izzat- 
hypmatiga sazovor bo‘lishi uchun ham kishida qobiliyag, mahorat, qiziqish bo‘lmog‘i 
lozim.
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi pedagogik mahoratga ega 
bo‘lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib katta natijaga erishadi. 
Ijodkorlik uning hamisha hamkori bo‘ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste’dodli 
kishidagina pedagogik mahorat bo‘lishi mumkin.
YUksak mahoratli o‘qituvchi bo‘lish uchun eng avvalo qobiliyatli, malakali va 
uddaburon bo‘lishi kerak. qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo‘ladi va 
uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq, o‘qish natijasi 
hisoblansa, qobiliyatning rivojlanishi uchun esa iste’dod layoqat va zehn, ya’ni inson 
nerv tizimida anatomo fiziologik xususiyat ham bo‘lishi zarur.
Mahoratli o‘qituvchi o‘quvchilarni fanlarni savodli o‘zlashtirishlari uchun 
zamin tayyorlab, ularni dam olishdan ishga o‘tishlari, bo‘shashish, lanjlik, 
layoqatlariga barham berish uchun vaqt ajratish zarurligini hicobga oladi. U tegishli 
vaziyat yuzaga kelgunga qadar ish boshlamaydi. Masalan darsning haddan tashqari 


zuriqish bilan va kuchli boshlanishi o‘quvchilarga munozara qiluvchi tormozlanish 
deb atalmish holatta sabab bo‘ladi. Miya faoliyati tumanlashadi va o‘qituvchining 
so‘zlari etarli darajada idrok qilinmaydi.
Tarbiya jarayonida pedagogik ta’sir ko‘rsatish mahorati o‘quvchiga u yoki bu 
yuksak axloqiy fazilatlarning mohiyatini anglatish jarayonida qo‘llaniladigan 
o‘qituvchining ish usullaridan biridir. Pedagogik ta’sir ko‘rsatishning eng samarali 
usullaridan ertaklar, dostonlar, she’rlar, maqollar aytishdir. Masalan: "Ota o‘zining 
10 yashar o‘g‘li bilan daladan qaytayotib, yo‘l ustida tushib yotgan bir taqani ko‘radi 
va unga deydi: - Taqani ol - eski taqa uchun egilib o‘tiramanmi - deb gap qaytaradi 
o‘g‘li. Otasi indamasdan o‘zi egilib taqani oladida, yo‘lida davom etadi. Kun issiq 
edi. Bola chanqay boshladi. Bir oz yo‘l yurgandan keyin olcha sotib o‘tirgan baqqol 
ko‘rinadi. Otasi boyagi taqani olchaga almashtirib belbog‘iga tugib oladi. o‘qliga 
ko‘z-ko‘z qilib bir dona olchani og‘ziga tashladi-da, bir donasini erga tashladi. o‘g‘li 
darrov egilib olchani oladi va chanqoqini bostirmoqchi bo‘lib og‘ziga soladi. Otasi 
olchani ketma-ket tashlaydi. o‘g‘li 10-15 marta egilib olchalarni terib olib egandan 
so‘ng nihoyat otasi to‘xtaydi va belbog‘ida qolgan olchalarni o‘g‘liga o‘zata turib 
deydi: "Ko‘rdingmi o‘g‘lim, sen taqani ko‘tarib olish uchun bir marta egilishga 
eringan eding, olchalarni terib olish uchun 10-15 marta egilding, agar engil mehnat 
og‘ir deb hisoblasang, undan battar og‘iriga duch kelasan!”
Bu ertakning pedagogik ta’sirini salbiy va ijobiy ko‘rinishlarini bolalarga 
izohlashda o‘qituvchi quyidagi savollar orqali tarbiyaviy mahoratini oshiradi:

Otaning talabi to‘g‘rimi yoki yo‘qmi? Sababini ochib bering.

Otaning bolaga mehnatdan bosh tortmasligi uchun tutgan ishi to‘g‘rimi?

Bolaga dastlab o‘z harakati bilan o‘rnak bo‘lib, so‘ng xatosini tushuntiradi. 
Bu borada sizning fikr- mulohazalaringiz qanday?
Tarbiya jarayonida tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning quyidagi usullaridan 
foydalaniladi: bolaga qo‘yilgan talab, pedagogik ta’sir ko‘rsatish, o‘quv tarbiya 
jarayonida o‘qituvchi o‘z maqsadiga erishish uchun doimo o‘quvchilarga o‘z talablari 
bilan yondoshadi. Ularni rag‘batlantiradi, ogohlantiadi, tanbeh beradi.


O‘qituvchining pedagogik asosda qo‘yilgan talablarni tushuntirish nojuya 
harakatlardan bolalarni saqlash, ayniqsa kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarini 
maktab va jamoada moslashguncha ketma-ket talablar qo‘yiladi. YUqoridagi 
talablarning qanchalik ta’sir etishi tarbiyachining pedagogik mahorati va obruyiga 
bog‘liqdir. Talablarning qo‘yilish shakllari:

Tarbiyachi tomonidan talabni to‘ppa-to‘g‘ri qo‘yilishi. Bunday talab bolalar 
jamoasi bilan ishlashning dastlabki bosqichidir. Ulug‘ pedagog A.S.Makarenko 
"samimiy, oshkora, ishonarli, qizg‘in va qat’iy talab bo‘lmasa jamoani tarbiyalashni 
boshlab bo‘lmaydi" degan edi. Bunday talablar jamoani bir maqsad yo‘liga boshlash 
uchun;

talabni ijobiy va bolani hatti-harakatlariga to‘sqinlik qilmasligi;

talab aniq va tushunarli bo‘lishi; 

qo‘yilgan talab va vazifalarni natijasini bilish;

talab ochiq chehra, samimiy, bir ohangda berilishi, iltimos maslaxat yaxshi 
niyatga chorlash;

talab bolalarning yoshi, bilim saviyaiga mos bo‘lishi;

talablarda kesatish, luqma, minnat qilish bo‘lmasligi va boshqalar.
Kishilik jamoasi paydo bo‘lgan davrdan boshlab inson hech qachon og‘iz 
yashay olmagan. Jamoani tashkil qilishi va uning tarbiyaviy ta’sirini nazariy va 
amaliy asoslari, mutafakkir va olimlar tomonidan o‘rganib, almiy tadqiqot ishlari olib 
borilgan. Tarbiyachining navbatdagi vazifasi bolalar jamoasini tashkil qilish, 
tarbiyalash va jipslashtirish borasidagi nazariy bilimlarni o‘zlashtirib, ilg‘or 
tajribalarga suyanib o‘quvchilarni tarbiyaviy jarayonda o‘rtoqlik, do‘stlik, o‘zaro 
hamkorlik, hamjihatlik, o‘z-o‘zini tarbiyalash mahoratini o‘zlashtirishdan iborat. 
Ular:
sinf boshlang‘ich jamosini tarbiyalash va ularda o‘zaro munosabat aloqalarini 
yaratish;
o‘quvchilar kundalik faoliyatlarini hamma qirralari jamoada jipslashtirish;
shaxsiy manfaatdan jamoa manfaatini yuqori qo‘yishga o‘rgatish; 


jamoada bir-biriga mehr oqibatli, muruvvat va saxiylik, do‘stona hamkorlik 
mavjud bo‘lsa, u katta tarbiyaviy kuchga aylandi. 
Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilar jamoalari tashkil qilishda o‘qituvchidan 
turli tuman vositalardan mahorat bilan foydalanish talab qilinadi. 
o‘qituvchi jamoa a’zolarini yangi sharoitga moslashuv darsida ularga ishonch, 
hurmat, xushmuomalalik talablarini to‘g‘ri qo‘ya bilish bilan birga o‘qituvchini 
tushunish va eshita bilish mahoratiga ega bo‘lish kerak. 
o‘quvchilar jamoasida etakchi tayanch o‘zagini tanlash. 
Jamoa a’zalarining har birining kuchiga, qobiliyatiga qarab topshiriqlar berish. 
Jamoada yangi an’ana, qonun qoidalarni dastlabki kurtagini yaratish va unga 
amal qilish. 
Jamoa istiqbolini davr talabi bilan moslashgan holda belgilash talab qilinadi. 
Kishikim bo‘lsa donishmand oqil 
Bular ilm va hunarla ko‘ngli moyil. 

Yüklə 195,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə