Temuriylar davrida Mavrounnahr va Xuroson



Yüklə 0,83 Mb.
tarix19.12.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#152162
Taqdimot (3) (4)

Temuriylar davrida Mavrounnahr va Xuroson

Tuzuvchi:abdullayev khabibullo.


Sohibqiron Amir Temur vafotidan oldin o‘z taxtining vorisini tayinlab, avlodlariyu ayonlarini unga sodiq hizmat qilishga chaqirgan edi. Bu haqda Sohibqiron tilidan manbada quyidagicha malumot beriladi: “... shu kundan e’tiboran farzandimiz Pir Muhammad (ibn) Jahongirni o‘zimizga valiahd va toju taxt vorisi etib tayinladikkim, Samarqand taxti uning amri farmonida bo‘lg‘ay, tamkinlik va istiqlol bilan mulku millat, lashkar va raiyyatning muhim yumushlari bilan mashg‘ul bo‘lsin, sizlar esa unga tobelik va bo‘ysunish marosimini o‘rniga qo‘yinglar, birgalikda uni qo‘llab-quvvatlanglar, toki olam buzilmasin...”Ammo, amalda ahvol boshqacha edi. Amir Temur barpo etgan buyuk saltanat (jami o‘z ichiga 27ta davlat va viloyatlarni jam etgan) garchi u hayotlik paytida uning mahorati va kuch-qudrati bilan mustahkam turgan bo‘lsa-da, Temur vafot etishi bilanoq ichki jihatdan siyosiy zaif va umumiqtisodiy asoslarga ega emasligi sezilib qoldi.
1405 yilning 18 martida o‘zining ming chog‘li askari bilan shoshilinch tarzda Samarqand taxtini egallaydi. Xalil Sulton boshqa bir temuriy shahzoda Muhammad Jahongir Mirzo (Temurning ikkinchi o‘g‘li bo‘lmish Jahongir Mirzoning o‘g‘li Muhammad Sulton Mirzoning o‘g‘li)ni xon deb ko‘taradi va uning nomidan xutba o‘qitib, tanga zarb ettiradi. Xalil Sulton vaqtincha Temurdan qolgan xazinalar evaziga Sohibqironning nufuzli ayon va kiborlari, ayrim amirlarini ma’lum qmsmini o‘z tomoniga og‘dirib, Movarounnahr taxtini egallab olgan bo‘lishiga qaramay, ko‘p o‘tmasdan kuchli norozilik va isyonlarga duch keladi. Avvalo, Temurning kenja o‘g‘li Shohruh Mirzo Hirotda o‘z nomiga xutba o‘qitib, tanga zarb etishni joriy qildi. Shundan so‘ng Turkiston hokimi Shayx Nuriddin va Farg‘ona hokimi Amir Xudoydod Xalil Sultonga qarshi isyon ko‘taradilar.
1409 yilning boshlarida Movarounnahrda ham siyosiy vaziyat yanada keskinlashdi. Bu vaqtda Amir Xudoydod Xalil Sultonni Samarqand yaqinidagi SHeroz qishlog‘ida mag‘lubiyatga uchratib, uning o‘zini asirlikka oladi. Xuroson hokimi Shohruh esa Mozandaron, Mashhad, Seyiston va Kirmondagi g‘alayonlarni bostirib, bu viloyatlarda osoyishtalik o‘rnatadi. So‘ngra butun e’tiborini Movarounnahrga qaratadi va 1409 yil 25 aprelda Amudaryodan o‘tib, Samarqandga qo‘shin tortadi. Bu jangda Xalil Sultonni asir olgan Amir Sulton qo‘shinlari tor-mor etilib, Xalil Sulton asirlikdan ozod qilinadi hamda Ray viloyatining (Eronda) hokimligiga tayinlanib 1411 yilda vafot etadi. 1409 yilning oxiriga qadar Movarounnahrda tinchlik va isoyishtalik o‘rnatib, Xalil Sulton va boshqa temuriy shahzodalar tarafdorlariga keskin choralar ko‘radi, izdan chiqqan xo‘jalik hayotini, savdo-sotiqni tiklaydi, Shohruh Mirzo temuriylar davlatining oliy hukmdori sifatida e’tirof etilib, uning deyarli 40 yillik (1409-1447yy.) 
Movarounnahr hokimi Xalil Sultonning o‘z holicha ish tutishi, temuriy zodagonlar va amirlarning kamsitilishi, musulmon ulamolari, jumladan naqshbandiya tariqatining taniqli shayxi Muhammad Porsoning tahqirlanishi natijasida Xalil Sultonga nisbatan noroziliklar kuchayib bordi. Undan tashqari, o‘zaro urush va fitnalar shahzodalarning halokati bilan yakun topa boshladi. Xususan, taxt vorisi Pirmuhammad 1407 yil 22 fevralda o‘zining vaziri Pir Ali Toz tomonidan suiqasd natijasida o‘ldiriladi (Pir Ali Toz keyinroq Hirotda Shohruh tomonidan qatl etiladi).1408 yil 22 aprelda Qoraquyunli turkmanlarning qabila boshlig‘i Qorayusuf bilan bo‘lgan jangda Mironshoh o‘ldiriladi. Natijada Ozarbayjon va Iroq temuriylar tasarrufidan chiqadi.
Shohruh Mirzo hokimiyat tepasiga kelgach deyarli barcha viloyatlar hokimlariga, nufuzli amirlarga ishonchsizlik bilan qarab, ularni lavozimidan chetlashtiradi. Ularning o‘rniga deyarli hamma viloyatlarda o‘z o‘g‘illari va nabiralarini hamda o‘ziga yaqin tutgan qarindoshlarini noiblikka tayinlaydi. Jumladan, Balx va Badaxshon Ibroxim Sultonga, SHeroz Suyurg‘atmishga. Qobul va Qandahor Qaydu Mirzoga, Xurosonning bir qismi Boysunqur Mirzoga, G‘arbiy Eron hamda Iroqi Ajamning bir qismi Sulton Muhammadga, Fors viloyati Abdullo Mirzolarga bo‘lib beriladi. Shohruh Mirzo shu yo‘l bilan davlatni boshqarish oson va yengil bo‘ladi deb o‘ylagan edi. 
  • Azamat Ziyo O‘zbek davlatchiligi tarixi: (Eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar). T., 2000.
  • Axmadjonov Rossiya imperiyasi Markaziy Osiyoda. T., 2003
  • Ismoilova J. Farg‘ona vodiysida milliy ozodlik kurashlari. T., 2003.
  • Istoriya Uzbekistana. – T.: Fan, 2012.
  • Sagdullayev A.S. Qadimgi O‘rta Osiyo tarixi. T., 2004.

Temuriylar davridagi inshootlar:


E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə