2-mavzu: Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Reja



Yüklə 292,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix08.04.2023
ölçüsü292,24 Kb.
#104774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-mavzu

«Mustaqil Davlatlar Ittifoqi 
to‘g‘risidagi shartnoma»
ni imzolash 1991-yil 20-avgust kuniga qoldirildi. SSSR 
Prezidenti M.S. Gorbachev Foros (Qrim)ga dam olish uchun jo‘nab ketdi. 


10 
Biroq ittifoqning kompartiya va markaziy davlat apparatidagi bir necha 
nufuzli rahbarlar markazning yakka hokimligini cheklaydigan va kamida olti 
respublikani Ittifoqdan chetda qoldiradigan bu shartnomaga qo‘shila olmadi. Bu 
rahbarlar oliy hokimiyat mahkamalaridagi asosiy lavozimlarni egallab turar edi. 
Prezident M.S. Gorbachev dam olishga ketganidan foydalanib, ular 1991-yil 18- 
avgust kuni tayyorlangan va 19-avgustda matbuotda e’lon qilingan «Sovet 
rahbariyatining Bayonoti»da M.S. Gorbachevning salomatligi yomonlashdi, shu 
sababli uning SSSR Prezidenti vazifalarini ijro etish imkoniyati yo‘q, degan soxta 
axborot bilan chiqdilar. Bayonotda Prezident vakolatlari vitse – prezident G.I. 
Yanayevga o‘tkazilganligi e’lon qilindi. Aslida esa Prezident M.S. Gorbachyov 
sog‘-salomat edi, ammo o‘zini himoya qila olmadi. Fitnachilar noqonuniy ravishda 
uni o‘z vazifasidan chetlashtirdi va mamlakatdan, xalqdan, dunyodan ajratib, 
barcha aloqa vositalarini uzib, 72 soat qamal qilib qo‘ygan edi. Fitnachilar 
tomonidan mamlakatni idora qilish uchun SSSRda Favqulodda holat davlat 
qo‘mitasi (Государственный комитет по чрезвычайному положению - ГКЧП) 
tuzildi: 
O.D. Baklanov — SSSR Mudofaa Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari, 
V.A. Kryuchkov — SSSR Davlat xavfsizligi qo‘mitasining raisi, V.S. Pavlov — 
SSSR Bosh vaziri, B.K. Pugo — ichki ishlar vaziri, V.A. Starodubsev — SSSR 
dehqonlar uyushmasi raisi. I. Tizyakov — SSSR sanoat, qurilish, transport va 
aloqa davlat korxonalari hamda inshootlari uyushmasining Prezidenti, D.T. Yazov 
— SSSR mudofaa vaziri, G.I. Yanayev — SSSR Prezidenti vazifasini bajaruvchi. 
Shu tariqa fitnachilar M.S. Gorbachyovni noqonuniy yo‘l bilan hokimiyatdan 
chetlashtirib, o‘zlari hokimiyatni egallab oldilar. 
Mazkur 
qo‘mita 
sovet 
rahbariyatining 
Bayonoti, 
sovet 
xalqiga 
murojaatnoma, davlatlar va hukumatlarning boshliqlariga hamda BMT Bosh 
kotibiga murojaat va boshqa qarorlarni e’lon qildi. Butunittifoq doirasida 
mo‘rtlashib qolgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat yanada taranglashdi. Mamlakatdagi 
siyosiy kuchlar vaziyatga turlicha munosabat bildirdilar. 
1991-yil 18-avgustda mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi. 
Favqulodda holat davlat qo‘mitasi faoliyatiga qarshi B.N. Yelsin boshchilik qildi. 
Uning farmoni bilan 1991-yil 22-avgustda KPSS faoliyati to‘xtatiladi, keyinchalik 
taqiqlab qo‘yiladi. Ammo KPSS Markaziy Qo‘mitasi joylardagi partiya 
qo‘mitalaridan to‘ntarishni qo‘llab-quvvatlashni talab qildi. Moskva va boshqa bir 
necha yirik shahar ko‘chalariga qo‘shinlar, shu jumladan tanklar kiritildi, deyarli 
barcha markaziy gazetalar taqiqlab qo‘yildi, markaziy televideniyening birinchi 
kanalidan boshqa barcha kanallari, deyarli barcha radiostansiyalar ishi to‘xtatildi. 
Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakat aholisining ko‘pchiligi Favqulodda holat 
davlat qo‘mitasidan yuz o‘girdi, armiya payt poylash pozitsiyasida turdi. 20- 
avgustdayoq qarshilik markaziga aylangan RSFSR Oliy Kengashi binosi atrofida 
barrikadalar paydo bo‘ldi, ularda o‘n minglab kishilar himoyada turdi. Harbiy 
bo‘linmalarning bir qismi mudofaachilar tarafiga o‘tdi. 21-avgustda fitnachilar 
mag‘lubiyatga uchradi, 22-avgustda esa Favqulodda holat davlat qo‘mitasi 
(GKChP) a’zolari qamoqqa olindi. Shundan so‘ng to‘ntarishni qo‘llab-quvvatlagan 
KPSS rahbariyati bu partiyaning obro‘sini uzil-kesil yerga urdi. Favqulodda holat 


11 
davlat qo‘mitasining mag‘lubiyatidan so‘ng mamlakatda kommunizmga qarshi 
ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi. KPSSning faoliyati to‘xtatib qo‘yilgach, 
Yüklə 292,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə