2-mavzu: Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Reja



Yüklə 292,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix08.04.2023
ölçüsü292,24 Kb.
#104774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-mavzu

«Qayta 
qurish»
– XX asrning 80 – yillari o‘rtalarida keng iste’molga kirgan tushuncha. 
Qayta qurish - Moskvada KPSS Markaziy Komitetining 1985-yil 23 aprelda bo‘lib 
o‘tgan plenumi va unda KPSS MK Bosh kotibi Mixail Sergeevich Gorbachev 
«KPSSning navbatdagi XXVII s’ezdini chaqirish, unga tayyorgarlik ko‘rish va 
o‘tkazish bilan bog‘liq vazifalar to‘g‘risida» ma’ruza bilan bevosita bog‘liqdir. Bu 
siyosat SSSRda totalitar tizimni islohot yo‘li bilan o‘zgartirishga qaratilgan 
harakatni anglatgan. Qayta qurish siyosatining maqsadi va vazifasi mamlakatda 
to‘planib qolgan ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy, madaniy va mafkuraviy sohalardagi 
muammolarni 
«qayta qurish» 
yo‘li bilan hal etishdan iborat bo‘lgan.
Qayta qurish
1985 – 1990-yillarni o‘z ichiga olib,
ikki bosqichga bo‘linadi. 
Birinchi bosqich (1985 – 1987) ma’muriy – tashkiliy tadbirlarning an’anaviy 
usullarda olib borilishi bilan izohlandi. Ushbu bosqichda asosiy vazifalar ilmiy – 
texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga jalb etish asosida jamiyatda tub 
iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish va uning asnosida inson omilini 
faollashtirishga qaratilgan edi.
1987 – 1990-yillar esa qayta qurishning ikkinchi bosqichi bo‘lib, unda 
jamiyatning barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishni kun tartibiga qo‘ydi. 
Jumladan, bu davrda sovet jamiyatini demokratlashtirish masalasi asosiy vazifa 
deb ta’kidlandi. Demokratlashtirish jarayoni jamiyatni ma’lum darajada uyg‘otdi, 
ijtimoiy faollik ortdi. Saylovlarning muqobil nomzodlar ishtirokida, alternativ 
asosda olib borilishi ijobiy holat edi, bundan tashqari SSSRda saylov tizimini 



o‘zgartirish to‘g‘risidagi Qonun (1988-yil dekabri) ning qabul qilinishi ham 
jamiyat a’zolari ijtimoiy faolligini oshirishda ma’lum ahamiyat kasb etdi. Biroq 
Ittifoqda tub demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish, boshlangan islohotlarni 
oxiriga etkazish mumkin bo‘lmadi. Bu ikki sabab bilan izohlanadi. Birinchidan, 
qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan dasturi yo‘q edi. 
Ikkinchidan, partiya rahbarlari bundan manfaatdor emasdilar. 
Qayta qurishni amalga oshirishdagi qarama – qarshilik va noizchilliklar 
natijasida 80-yillarning oxiri – 90-yillarning boshidan mamlakat hayotining barcha 
sohalarida bo‘hronlar kuchayib ketdi. Qayta qurish sobiq SSSRda to‘planib qolgan 
muammolarni to‘la hal etishga xizmat qilmadi.
XX asrning 80 – 90-yillarda sovet hokimiyati tomonidan mavjud turg‘unlik 
holatidan chiqish, shuningdek, sobiq ittifoqdosh respublikalarning mustaqillik 
yo‘lidagi harakatlarini bartaraf etish, sobiq SSSRda yuzaga kelgan inqirozli 
harakatlar sabablarini ittifoqdosh respublikalardan qidirish, ularni ayblash uchun 
turli nayranglar, «siyosiy o‘yinlar» o‘ylab chiqdilar.
1983-yilning oxirida O‘zbekistonda juda og‘ir vaziyat vujudga kelgan edi.
Respublikada jinoyatchilikka qarshi kurashish niqobi ostida SSSR Bosh prokurori 
xuzurida alohida muhim ishlar bo‘yicha maxsus 12 kishilik tergovchilar guruhi 
tuzilib, O‘zSSRga yuboriladi. Ular O‘zSSRda paxta tayyorlash va uni qayta ishlash 
bilan bog‘liq jarayonlardagi «qo‘shib yozish», «o‘g‘irlik», «ko‘zbo‘yamachilik», 
«poraxo‘rlik»ni (aslida bunday moliyaviy jinoyatlar va qing‘irliklar butun SSSR 
hududidagi iqtisodiyotda chuqur ildiz otib kelgan edi) tergov qilish bilan 
shug‘ullandilar. Buning natijasida 

Yüklə 292,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə