2-mavzu: Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Reja


partiyaning qariyb 15 million a’zosidan birontasi bu qarorga qarshi norozilik



Yüklə 292,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix08.04.2023
ölçüsü292,24 Kb.
#104774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-mavzu


partiyaning qariyb 15 million a’zosidan birontasi bu qarorga qarshi norozilik 
bildirish uchun ko‘chaga chiqmadi. Bu mazkur partiya 1991-yil yozidagi 
qiyofasida umri tugaganidan dalolat beruvchi ramziy holat edi. 
Qaltis vaziyatda 1991-yil 19-avgustda O‘zbekiston Prezidenti I.A. Karimov 
Hindistonga qilgan rasmiy tashrifidan qaytib keldi va Toshkent shahri faollari bilan 
uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Prezident O‘zbekistonning nuqtayi nazarini 
bildirib, respublikamizda favqulodda holat joriy etishga xojat yo‘qligi, 
O‘zbekistonda vaziyat barqarorligi, qonunga xilof ko‘rsatmalar bajarilmasligini 
qat’iy ta’kidladi. 
1991-yil 20-avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi 
rayosati va O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 
Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar rahbarlari ishtirokidagi qo‘shma 
majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis mamlakatda vujudga kelgan vaziyatni muhokama qilib 
Bayonot qabul qildi. Mazkur hujjatda O‘zbekiston Respublikasi tinch vaqtda kuch, 
avvalo, harbiy kuch ishlatishga qarshi ekanligi ta’kidlandi. Unda tinchlik, 
osoyishtalikni saqlash va mustahkamlash, har qanday ig‘vogarona harakatlarning 
oldini olish, hamma joyda qattiq intizom va tartibni saqlash, mish-mishlar va 
ehtiroslarga berilmaslik vazifalari ilgari surildi. Bayonotda O‘zbekiston davlat 
mustaqilligi to‘g‘risidagi Deklaratsiya qoidalarini og‘ishmay va izchil amalga 
oshirish yo‘lidan boraveradi, deb ko‘rsatildi. 
O‘zbekiston Prezidenti I.A. Karimov 1991-yil 20-avgust kuni respublika 
aholisiga o‘zining murojaatini e’lon qildi: «Hozircha mamlakatning hokimiyat 
doiralari qanday yo‘l bilan, nimalar orqali, qanday siyosat orqali bu maqsadlarga 
erishish mumkinligi haqida to‘liq, hozircha batafsil ma’lumot berganicha yo‘q. Bu 
ma’lumotlar bilan chuqur tanishganimizdan keyingina bo‘layotgan o‘zgarishlarga 
o‘zimizning munosabatimizni albatta bildiramiz». Prezident xalqqa: «Biz 
birovning gapiga kirib ish tutmaymiz, biz o‘zimiz tanlagan yo‘limizdan va belgilab 
olgan maqsadimizdan qaytganimiz yo‘q. Ishonamanki, bu og‘ir sinovlardan ham 
eson-omon o‘tamiz», — deb murojaat qildi. Xalqni og‘ir sinovlardan o‘tayotgan 
bir paytda sabr-toqatli, bardoshli va vazmin bo‘lishga, tinchlikni saqlash 
maqsadida jipslashishga chaqirdi. 
1991-yil 21-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z farmoni bilan 
O‘zbekiston hududida hokimiyat va boshqaruv idoralari, korxonalar, tashkilotlar 
hamda muassasalarning qabul qilgan barcha qarorlari va ularning ijrosi SSSR va 
O‘zbekiston 
SSR 
Konstitutsiyalariga 
hamda 
qonunlariga, 
O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Farmonlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga 
so‘zsiz mos kelishi kerak, deb belgilab qo‘ydi. Farmonda SSSRda favqulodda 
holat davlat qo‘mitasining SSSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga, O‘zbekiston 
SSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan farmonlari va qarorlari 
haqiqiy emas, deb belgilab qo‘yildi. 
Fitnachilarning qonunga xilof ravishda urinishlari natijasida 1991-yil 19 – 
21-avgust kunlari Moskvada fojiali hodisalar ro‘y berdi. Rossiya Federatsiyasi 
rahbariyati tashabbusi bilan demokratik kayfiyatdagi Moskva aholisi tomonidan 


12 
fitna bostirildi. Fitnani uyushtiruvchilar qamoqqa olindi. M.S. Gorbachyov 
Prezidentlik lavozimiga qaytib keldi. Biroq mamlakatdagi siyosiy vaziyat tang 
ahvolga tushib qoldi. Markaziy hokimiyat falaj bo‘lib qoldi. Sovet Ittifoqi 
Kommunistik partiyasi ham halokatga uchradi. 
I.A. Karimov favqulodda holat davlat qo‘mitasi faoliyatiga o‘z munosabatini 
bildirmagan, qo‘rqoq va prinsipsiz mavqeda turgan KPSS Markaziy Qo‘mitasi 
Siyosiy Byurosi va Kotibiyati yuz minglab kommunistlarning sha’ni va qadr-
qimmatini zarba ostiga qo‘yganini qoraladi. Buning ustiga respublika 
kommunistlarini chalg‘itishga va davlat to‘ntarishini qo‘llab-quvvatlashga majbur 
qilishga urinish bo‘lganini oshkora aytdi. I.A. Karimov bundan keyin KPSS 
Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy Byurosining tarkibida qola olmasligi to‘g‘risida 
bayonot berdi. Mazkur Bayonotni O‘zbekiston Kompartiyasi MQ byurosi va 
Markaziy nazorat komissiyasi rayosati ma’qulladi. 
1991-yil 25-avgustda O‘zbekiston Prezidentining maxsus farmoni e’lon 
qilindi. Farmonga binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik 
qo‘mitasi O‘zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi. Respublika hududida 
joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari bevosita O‘zbekiston 
Prezidentiga bo‘ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizligi 
qo‘mitasi, prokuraturasi va adliya organlari, shuningdek, respublika hududida 
joylashgan ichki qo‘shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo‘shilmalari 
Yüklə 292,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə