2-mavzu: Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Reja


«Biz Ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va



Yüklə 292,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix08.04.2023
ölçüsü292,24 Kb.
#104774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-mavzu

«Biz Ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va 
o‘zaro 
majburiyatlarini 
aniq-ravshan 
belgilab 
qo‘yish, 
respublikalar 
mustaqilligini har jihatdan mustahkamlash tarafdorimiz». 
Biroq markaziy hokimiyat respublikalarga erkinlik berish haqidagi talab-
takliflarni e’tiborga olishni istamas, to‘g‘rirog‘i ularga erkinlik berishni xohlamas 
edi. Markazning qaysarligi hamda respublikalar jamoatchiligining ta’siri ostida 
markazdan ajralish harakati kuchayib bordi. 
Shunday bir tarixiy sharoitda sobiq SSSRdagi siyosiy vaziyat yanada 
keskinlashdi. XX asrning 90-yillari boshlarida Ittifoq tarkibidagi ko‘pchilik 
respublikalar mavjud vaziyatni o‘zgartirishni talab qila boshladi. 1990-yil bahorida 
Sovet Sotsialistik Respublikalari hisoblangan Boltiqbo‘yidagi Litva (11-mart), 
Latviya (4-mayda), Estoniya (8-may), keyinroq Gruziya (oktabr) va Ozarbayjon 
(1991-yil fevral) Ittifoq tarkibidan chiqqanligini e’lon qildi Bu holat SSSRning 
davlat butunligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Moskva 1990-yil kuzida Markaz bilan 
respublikalar o‘rtasidagi munosabatlarni yangilash yuzasidan muzokaralar 
jarayonini boshlab yubordi. Shu asosda markaziy hokimiyat jamoatchilikning 
talablari ostida Ittifoq shartnomasini yangilash zaruratini e’tirof etishga majbur 
bo‘ldi. 
Ittifoq bo‘yicha o‘z milliy davlat tuzilmalaridan tashqarida yashayotgan 60 
milliondan ortiq aholi milliy-etnik muammolar, mojarolarga duchor bo‘ldi. 
Rossiya, Ukraina, Belarus parlamentlari davlat suvereniteti to‘g‘risida Deklaratsiya 



qabul qildilar. Ittifoqdosh respublikalar ketidan RSFSRga kiruvchi muxtor 
respublikalar ham suverenitet haqida deklaratsiyalar qabul qilishdi. Markazda va 
joylarda SSSR Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi yoki respublika 
Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi, degan masalada baxs va munozaralar 
kuchaydi. Markazdagilar «Kuchli markaz – kuchli respublikalar» desa, 
joylardagilar «Kuchli respublikalar – kuchli markaz» deb chiqdilar. 
Markaziy hokimiyat jamoatchilikning talabi ostida Ittifoq shartnomasini 
yangilash zarurligini e’tirof etishga majbur bo‘ldi. SSSR Oliy Soveti mazkur 
masala bilan shug‘ullanuvchi maxsus delegatsiya tuzdi va uning tarkibini 
tasdiqladi. 1990-yil iyulda Moskvada markaz vakillari bilan respublikalar 
delegatsiyalari yangi shartnoma matnini tayyorlashga kirishdilar. 1990-yil avgust 
oyida Ittifoqni yangilash dasturi ishlab chiqildi. 
Dasturda respublikalar o‘z hududlaridagi butun milliy boyliklarga egalik 
qilish, foydalanish, tasarruf etish huquqiga ega ekanligi ta’kidlangan edi. Ammo 
shartnomaga bunday yondashuv markazdagilarga yoqmadi. SSSR Oliy Soveti 
mazkur dasturni qabul qilmadi. SSSR Oliy Soveti respublikalarning istak va 
manfaatlarini batamom inkor etgan yangicha shartnoma loyihasini tuzib 
respublikalarga tarqatdi. Respublikalar, shu jumladan O‘zbekiston, markaz 
loyihasini qabul qilmadi. Shu tariqa, shartnoma loyihasini tuzish harakatining 
birinchi bosqichi natijasiz tugadi. 
1991-yil fevral-mart oylarida Ittifoq shartnomasi loyihasi ustida ishlashning 
ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Boltiqbo‘yi respublikalari, Gruziya, 
Armaniston, Moldova vakillari qatnashmadi, Ozarbayjon kuzatuvchi bo‘lib 
qatnashdi. Bu bosqichda Ittifoq bilan respublikalar vakolatlarini farqlab qo‘yishga 
harakat qilindi. Nihoyat, Ittifoq va respublikalar vakolatlari belgilab qo‘yilgan 
yangi shartnoma loyihasi matbuotda e’lon qilindi. Respublikalarda mazkur loyiha 
muhokama qilindi. Respublikalar, jumladan O‘zbekiston, markaziy idoralar hali 
o‘zining eskicha hukmron mavqeyini saqlash ruhi singdirilgan bu hujjatdan 
qanoatlanmaganliklarini bildirdilar. 
SSSR Oliy Soveti Ittifoq shartnomasini o‘zgartirish, SSSRni teng huquqli 
suveren respublikalar Federatsiyasi sifatida yangilash xususida xalqning fikrini
bilish maqsadida 1991-yil 17-mart kuni Butunittifoq referendumini o‘tkazishga 
qaror qildi. 1991-yil 20-fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashning Rayosati 
referendum o‘tkazishni ma’qulladi va SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan 
byulleten bilan birga yana bitta qo‘shimcha byulletenni ovozga qo‘yishga qaror 
qildi.
Qo‘shimcha byulletenga 

Yüklə 292,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə