2-mavzu: Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Reja



Yüklə 292,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix08.04.2023
ölçüsü292,24 Kb.
#104774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-mavzu

«paxta ishi»
paydo bo‘ldi. Tergovlar jarayonida 
Moskvadan yuborilgan T.X. Gdlyan va N.V. Ivanov guruhining faoliyati natijasida 
respublikadagi jamoa xo‘jaliklari raislari va sovxoz direktorlarining 60%, qishloq 
xo‘jaligi etakchi mutaxassislarining 45%, paxtachilik brigada boshliqlarining 35%, 
shuningdek, ko‘plab rahbarlar, viloyatlar va tumanlar partiya komiteti kotiblari, 
respublika miqyosidagi partiya, sovet va xo‘jalik rahbarlari o‘z vazifalaridan olib 
tashlandi va ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
O‘zSSRning ijtimoiy – siyosiy hayotida 1984-yil 23 iyunda bo‘lgan 
O‘zbekiston Kompartiyasi MK XVI – plenumi mash’um rol o‘ynagan. Moskva 
tashabbusi va ko‘rsatmasi bilan tashkil qilingan bu plenumda qabul qilingan 
hujjatlar O‘zSSRda o‘zbek xalqini asossiz badnom etish kompaniyasini boshlab 
berdi. Markazning tazyiqi ostida 1984 yildan O‘zbekistondagi rahbarlik 
lavozimlariga sobiq ittifoqning har xil joylaridan «kadrlar desanti» kela boshladi. 
1984 – 1987-yillarda Moskva, Leningrad va Rossiyaning boshqa shaharlaridan 400 
dan ortiq kishi O‘zbekistonning partiya, sovet, ma’muriy – xo‘jalik organlariga 
ishga yuborilgan. Xususan, 1984 – 1989-yillarda O‘zSSR IIVga sobiq sovetlar 
mamlakatidan hammasi bo‘lib 150 ta xodim kelgan. Yillar bo‘yicha qaraydigan 
bo‘lsak, 1984-yilda 5 ta, 1985-yilda 33 ta, 1986-yilda 86 ta, 1987-yilda 27 ta, 
1988-yilda 2 ta, 1989-yilda 3 ta. 
Respublikada kadrlarni almashtirish siyosati ayanchli tus oldi. Markaziy 
matbuotda e’lon qilingan maqolalarda o‘zbek xalqi badnom etilib, 
«paxta ishi»
ga 
ataylab siyosiy tus berildi va u keyinroq atay «o‘zbek ishi»ga aylantirilib, 
xalqimizning nafsoniyatini toptash yo‘liga o‘tildi. 1983 – 1990-yillarda O‘zSSRda 



«paxta ishi» degan uydirma bo‘yicha jami 40 ming kishi tergov qilindi, ularning 
aksariyati tergov izolyatorlarida prokuror sanksiyasisiz o‘tirdi, 5 ming kishi esa 
soxta ayblar bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.
«Paxta ishi» oqibatda butun mamlakatimizda parokandalik, loqaydlik
umidsizlik va ishonchsizlik kayfiyati chuqurlashdi. O‘zbekiston fuqarolari o‘z
haq – huquqlarini himoya qilishlarini so‘rab tuman, viloyat va respublika partiya 
va sovet organlariga murojaat qildilar. 1986 – 1987-yillarda faqat O‘zbekiston 
Kompartiyasi MQga fuqarolardan 50 mingdan ortiq xat va shikoyatlar tushdi. 20 
mingdan ortiq kishi Markazqo‘m kotiblari va bo‘lim boshliqlari qabulida bo‘lib, 
o‘zlarining talablarini bildirdilar.
Norozilik ayniqsa xotin – qizlar orasida ko‘paydi. 1986 – 1987-yillarda 
respublikada 270 ayol o‘zini – o‘zi yondirib yubordi. Bu holat ularning sha’ni, 
qadr – qiymatning toptalashi, haq – huquqlarining buzilishiga nisbatan ko‘rsatilgan
norozilik edi. Haqiqat, adolat keyinroq Islom Karimov O‘zbekiston rahbari 
bo‘lgach ro‘yobga chiqdi. Islom Karimov tashabbusi bilan «Paxta ishi»ni ko‘rib 
chiqish uchun maxsus komissiya tuzildi. 3,5 mingdan ko‘proq kishi oqlandi. 
Qolganlarning jazo muddatlari kamaytirilib, bir qismi avf etildi. 
1989-yil may – iyun oylarida Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida va Andijon 
shahrida millatlararo mojarolar ro‘y berdiki, u respublikada va butun mamlakatda 
g‘oyat darajada katta shov – shuvga sabab bo‘ldi hamda respublikada siyosiy 
vaziyatning keskin tus olishiga olib keldi. Ammo 1989-yil 24 mayda Quvasoy 
shahrida yoshlar o‘rtasida (O‘zbekiston kompartiyasining birinchi kotibi Rafiq 
Nishonovning ta’rificha, «bir banka qulpinoy» uchun) bo‘lgan bezorilik 
millatlararo (mahalliy yoshlar bilan mesxeti turklar o‘rtasida) to‘qnashuvni keltirib 
chiqardi va bu mojaro Farg‘ona vodiysida ommaviy tus oldi. Respublikaning 
siyosiy rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab vaziyatni to‘g‘ri baholay olmadi. 
Natijada, oddiy mojaro Farg‘ona, Marg‘ilon, Toshloq, Qo‘qon, Andijon, 
Namangan, Toshkentda aholining, ayniqsa, yoshlarning ommaviy chiqishlariga, 
millatlararo to‘qnashuvlarga sabab bo‘ldi. 
Farg‘ona fojialari haqida respublika matbuotida va boshqa ommaviy axborot 
vositalarida to‘g‘ri ma’lumot berilmaganligi, bu mojarolarning kelib chiqishida 
asosan «mahalliy aholi aybdor» deb bir tomonlama va noxolis baholanishi 
vaziyatni yanada keskinlashtirdi. 11 iyunda Toshkent shahrida ishlayotgan va 
o‘qiyotgan farg‘onalik yoshlardan 100 ga yaqini «qizil maydonda» namoyish 
uyushtirib, Farg‘ona voqealari haqida «noto‘g‘ri» ma’lumot berishlarga qarshi fikr 
bildirdilar va boshqa bir qator talablar qo‘ydilar. Bunday ommaviy chiqishlarga, 
kommunistik mafkura tartibiga qarshi borishlarga «ko‘nikmagan» mustabid tuzum 
siyosiy rahbariyati namoyishchilarga qarshi harbiy qism tashladi. 1989-yil 8 
iyunda Qo‘qonda tinch namoyishchilar ana shu harbiy qism askarlari tomonidan 
o‘qqa tutildi, natijada 50 dan ziyod namoyishda qatnashgan aholi halok bo‘ldi 
(ularning ko‘pchiligi yoshlar edi), 200 dan ortig‘i esa yarador qilindi. Umuman 3 – 
12 iyun kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘lgan millatlararo to‘qnashuvlar va ularni 
harbiylar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida 103 kishi halok bo‘lgan, 1009 kishi 
jarohatlangan va 650 xonadonga o‘t qo‘yilib, vayron qilingan. 



Farg‘onada uyushtirilgan siyosiy ig‘vogarlik Tbilisi, Tog‘li Qorabog‘, 
Bokuda tashkil etilgan ig‘vogarliklardan biri edi. Keyinchalik 1990-yil fevral – 
mart oylarida Bo‘ka va Parkent, 1990-yil iyunda O‘sh va O‘zganda ham shunday 
urinishlar bo‘ldi. O‘zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan ko‘rilgan chora – 
tadbirlar natijasida keskinlik bartaraf qilindi.
XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq ittifoqdagi o‘zgarishlar hamda 
yuzaga kelgan vaziyat o‘zbek xalqining mustaqillik uchun bo‘lgan kurashini 
tezlashtirib yubordi. Bu o‘rinda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining 
1989-yil 23-iyundagi plenumi va unda Islom Karimovning birinchi kotib etib 
saylanishi juda katta ahamiyat kasb etdi. O‘zbekistonning yangi birinchi rahbari 
I.A. Karimov o‘z nutqida respublikaning sobiq Ittifoqda tutgan o‘rni va rolini aniq-
ravshan belgilab berdi, madaniy merosni va tarix haqiqatini tiklash, milliy urf- 
odatlar va an’analarni rivojlantirish ob’yektiv zarurat ekanligini isbotlab berdi. 
O‘zbekistonning yangi hukumati Markaz bilan bo‘ladigan munosabatlarni 
o‘zgartirmay turib, ijobiy siljishlarga erishib bo‘lmasligini va buning uchun 
respublikaning to‘liq mustaqilligini ta’minlash zarurligini tushunib yetdi. I.A. 
Karimovning tashabbusi bilan O‘zbekiston hukumati tomonidan 1989-yil 15-
avgustda «Kolxozchilar, sovxoz ishchilari, fuqarolar, shaxsiy tomorqa xo‘jaliklari 
va individual uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish to‘g‘risida» maxsus qaror 
qabul qilindi. Garchi bu g‘oya ittifoq rahbarlariga yoqmagan bo‘lsa ham, I.A. 
Karimov o‘z fikridan qaytmay, uni jasorat bilan amalga oshira bordi. Natijada 
o‘sha yilning 4 oyida aholi qo‘shimcha 90,7 ming gektar yer oldi. «G‘oyat og‘ir 
ayni o‘sha sharoitda aholiga qo‘shimcha tomorqa yerlari ajratish haqidagi Farmon 
va qarorlar qabul qilingani shu asosda, O‘zbekiston bo‘yicha 2,5 million oilaga 
hammasi bo‘lib 700 ming gektar sug‘oriladigan yer tomorqa sifatida xususiy mulk 
qilib berilgani qishloqlarimizda ijtimoiy muammolarni yechish, aytish mumkinki, 
jar yoqasida turgan yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlab qolishda ulkan 
tarixiy qadam bo‘lgan...». Ana shunday o‘zgarishlar tufayli odamlar dunyoda 
adolat va haqiqat borligiga, mustaqillik har qaysi oila, butun xalqimiz uchun hech 
narsa bilan o‘lchab, qiyoslab bo‘lmaydigan bebaho ne’mat ekaniga chin dildan 
ishonch hosil qildilar. 
1989-yil 
21-oktabrda 
O‘zbekiston 
Oliy 
Sovetining 
XI 
sessiyasi 

Yüklə 292,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə