O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRINING
BUYRUG‘I
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2023-yil 2-avgustdagi 17-1505-sonli va 2023-yil 24-iyuldagi 17-1439-sonli topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
Quyidagilar:
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari 1-ilovaga muvofiq;
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari bilan barcha ta’lim oluvchilar, ularning ota-onalari
yoki boshqa qonuniy vakillari, pedagog va texnik xodimlarni tanishtirish varaqasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (A.Kamalov)ga:
barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan odob-axloq qoidalari (keyingi o‘rinlarda - Qoidalar)ga izchil amal qilinishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish;
o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi bilan bog‘liq qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar,
shuningdek, zamon talablari asosida Qoidalarni takomillashtirib, zarur holatlarda unga o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar kiritib borish vazifalari yuklatilsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari boshliqlari:
bir hafta muddatda Qoidalarni tizimdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim
muassasalariga yetkazsin;
Qoidalarda ko‘rsatilgan vazifalardan kelib chiqib, har bir umumiy o‘rta ta’lim maktabi “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat va Kuzatuv kengashlari a’zolari bilan muassasaning odob-axloq qoidalarini ishlab chiqilishi hamda tasdiqlanishini
nazoratga olsin;
Qoidalarning maqsad va vazifalarini umumiy o‘rta ta’lim muassasaning barcha ta’lim oluvchilari, ularning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari, pedagog va texnik xodimlarni maktab rahbariyati
tomonidan tanishtirilishini