11 bob. Rieltorlik faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishI



Yüklə 102,49 Kb.
səhifə1/6
tarix25.12.2023
ölçüsü102,49 Kb.
#161262
  1   2   3   4   5   6
ВЫАВ


11 BOB. RIELTORLIK FAOLIYaTINING DAVLAT
TOMONIDAN TARTIBGA SOLINIShI


11.1. Rieltorlik faoliyatining davlat
tomonidan tartibga solinishining mohiyati va zarurati
Davlat nazorati ko‘chmas mulk bozori ishtirokchilari uchun me’yorlar va qoidalarni o‘rnatishda, hamda umuman bozorga maqsadli ta’sir ko‘rsatishda namoyon bo‘ladi. Umumiy ko‘rinishda davlat tomonidan tartibga solish rivojlanish, prognozlashtirish, rejalashtirish va loyihalashtirish, qurilish va rekonstruktsiya qilish, ro‘yxatga olish, hisob va baholash, ekspluatatsiya qilish va soliqqa tortish, nazorat va boshqaruv uchun maqsadlarni belgilashva strategiyani tanlashdan iboratdir.
Tartibga solishning asosiy maqsadlari:

  • qo‘chmas mulkka bo‘lgan fuqarolarning konstitutsion huquqlarini amalga oshirish;

  • ko‘chmas mulk bozorida ishtirokchilarning manfaatlarini qondiradigan me’yorlar va ish sharoitlarini belgilash;

  • erkin narh shakllanishini ta’minlash;

  • ko‘chmas mulkka investitsiyalash uchun sharoitlarni yaratish;

  • bozor ishtirokchilarini firibgarlikdan va jinoiy harakatlaridan himoya qilish;

  • turar joy muammosini hal qilish;

  • soliqqa tortish.

Davlat tomonidan bajariladigan asosiy funktsiyalar:

  • ko‘chmas mulk bozorini rivojlantirish kontseptsiyasini va uning qonuniy ijrosini ishlab chiqish;

  • bozor infratuzilmasi, turar joy binolarining qurilishi va ijtimoiy-madaniy sohaga investitsiyalar jalb qilish;

  • davlat ko‘chmas mulk ob’ektlarining savdosida bozorning professional ishtirokchisi;

  • huquqlarni va ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni ro‘yxatga olish orqali bozorning barqarorligi va xavfsizligi garovi.

Tashkiliy jihatdan davlat tomonidan tartibga solish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Davlat hokimiyati kuchidan foydalanuvchi va o‘z ichiga taqiq, majburlash yoki ruxsatni oluvchi ma’muriy usullar. Bularning barchasi quyidagi vositalar orqali bajariladi:

  • me’yoriy bazani yaratish: qonunlar, qarorlar, nizomlar va h.k.;

  • litsenziya berish, ro‘yxatga olish, ko‘chmas mulk bozorining professional ishtirokchilariga huquqlarni taqdim etish;

  • bozor ishtirokchilari tomonidan belgilangan me’yorlar va qoidalar bajarilishini nazorat qilish;

  • bitimlarni tuzishda me’yorlar va qoidalarga rioya qilmaslik uchun ta’qiqlar va sanktsiyalarni kiritish;

  • ko‘chmas mulk bozorida tartib-intizomni saqlab turish.

Iqtisodiy usullar quyidagilar vositasida amalga oshiriladi:

  • soliqqa tortish va imtiyozlar uchun stavkalarni belgilash;

  • alohida toifadagi fuqarolarga uy-joy qurish uchun pulsiz yoki imtiyozli subsidiyalar ajratish;

  • amortizatsion siyosat;

  • davlat maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • O‘zbekiston Respublikasining kichik va o‘rta shaharlarini rivojlantirish, davlat va munitsipal mulkni xususiylashtirish, uy-joyni xususiylashtirish va h.k.

Ko‘chmas mulk ob’ektlarining boshqaruvi davlat hokimiyatining turli yo‘nalishlari (qonunchilik, ijro etuvchi va sud) o‘rtasida taqsimlangan.
Rieltorlik faoliyatining qonunchilik tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasining 14.12.2000 yildan №160-11 raqamli “Me’yoriy-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni orqali belgilanadi. Ushbu Qonunga muvofiq O‘zbeksiton Respublikasi qonunchiligi me’yoriy-huquqiy hujjatlarining yig‘indisidan tashkil topgan bo‘lib, ular qonunchilik aktlari bo‘lib hisoblanadi. Bu Qonunda me’yoriy-huquqiy hujjatlar bo‘lib quyidagilar hisoblanishi belgilangan:
a) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
b) O‘zbekiston RespublikasiQonunlari;
v)O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qarorlari;
g)O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari;
d)O‘zbekiston RespublikasiVazirlar Mahkamasining Farmoyishlari;
s) Vazirliklar, Davlat Qo‘mitalari va idoralarning aktlari;
j) joylardagi davlat hukumati organlarining Qarorlari.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston RespublikasiOliy Majlisining Qarorlari qonunchilik hujjatlari bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston RespublikasiPrezidentining Farmonlari, O‘zbekiston RespublikasiVazirlar Mahkamasining Farmoyishlari, Vazirliklar, Davlat Qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy-huquqiy aktlari, joylardagi davlat hukumati organlarining Qarorlariqonunosti hujjatlar bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ko‘chmas mulk bozoriga o‘z Davlat mulk Qo‘mitasi va uning hududiy qo‘mitalari orqali ta’sir ko‘rsatadi. Ular davlat tashkilotlari va muassasalari hamda boshqa turar joy uchun mo‘ljallanmagan mulkka egalik huquqini amalga oshiradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan ko‘chmas mulkni boshqarishning assoiy masalalari bo‘yicha kuchlar davlat, tuman va munitsipal darajalar o‘rtasida taqsimlangan.
Hokimiyatning barcha darajalari kadastrlarni (frants. Cadastre - varaq, reestr) ishlab chiqadilar.Kadastr resurs manbalari va ob’ektlarining joylashuvi, ularning kattaligi, qiymat bahosi va ob’ektlar daromadligini o‘z ichiga oluvchi sifat xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Misol uchun, yer kadastri mavjud. Kadastrlar ma’lumotlari soliqlarni, tabiiy resurslardan foydalanish uchun to‘lovlarni belgilashda, ob’ektlarni, ularni ijaraga, garovga topshirishda, sotishda baholashda qo‘llaniladigan ma’lumotlar.
Eng asosiysi bo‘lib yer kadastri hisoblanadi. U quyidagi bo‘limlardan tashkil topgan:
1) yerdan foydalanish va yerga egalik qilishning davlat ro‘yxatiga olinishi;
2) yerdan foydalanish va yerga egalik qilish bo‘yicha yerlarning (er maydonlarining) miqdoriy hisobi;

  1. tabiiy hosildorlikni xarakterlaydigan omillar bo‘yicha yerning sifati tavsifi;

  2. tuproqning bonitirovkasi (agronomik xususiyatlar bo‘yicha taqqoslaydigan bahosi);

  3. yerning iqtisodiy bahosi.

Davlat mulkini ro‘yxatga olish tizimi orqali ko‘chmas mulk bozorining barqarorligini va fuqarolarning hamda tashkilotlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish darajasini ta’minlashda davlat muhim rol o‘ynaydi. Aynan ro‘yxatga olish jismoniy va yuridik shaxslarga egalik maqomini – ko‘chmas mulk uchun qonuniy huquqni beradi.
O‘zbekiston Respublikasida rieltorlik faoliyati kasb sifatida ham, faoliyat turi sifatida ham shakllanish davrini boshdan kechirmoqda va uning paydo bo‘lishi 2010 yil 22 dekabrda № O‘RQ-269 raqam ostidagi “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi bilan bog‘liq. Biroq bozorda professional tashkilotlar doirasidan tashqari ishlaydigan, hech qanday standartlarga rioya qilmaydigan va juda past sifatdagi xizmatlarni taqdim etadigan ko‘plab rieltorlar paydo bo‘ldi. Shu munosabat bilan, ma’lum bo‘ldiki, O‘zbekiston Respublikasida rieltorlik faoliyatining shakllanish bosqichida sifatli xizmatlar ko‘rsatilishini qo‘llab quvvatlash uchun rieltorlik faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishini kiritish zarurati tug‘ildi va bu tartibga solishning davlat shaklini tanlashga olib keldi. Bu vazifani O‘zbekiston Respublikasining 25.05.2000 y. № 71-F “Alohida turdagi faoliyatlarni litsenziyalash to‘g‘risida”gi Qonuni hal qildi. U rieltorlik faoliyatini litsenziyalashni O‘zbekiston Respublikasida baholash faoliyati sohasida tartibga solish va nazorat mexanizmi sifatida kiritdi.

Yüklə 102,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə