11 bob. Rieltorlik faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishI



Yüklə 102,49 Kb.
səhifə5/6
tarix25.12.2023
ölçüsü102,49 Kb.
#161262
1   2   3   4   5   6
ВЫАВ

Uy-joy ijarasi. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasiga binoan bir taraf-uy-joyning mulkdori yoki u vakolat bergan shaxs (ijaraga beruvchi)-boshqa taraf (ijaraga oluvchi)ga uy-joyda yashash uchun uni haq evaziga egalik qilish va foydalanishga topshirish majburiyatini oladi.
Uy-joy yuridik shaxslarga ijara shartnomasi yoki boshqa shartnoma asosida egalik qilish va (yoki) foydalanish uchun topshirilishi mumkin. Yuridik shaxs uy-joydan faqat fuqarolarning yashashi uchun foydalanishi mumkin.(O‘zbekiston Respublikasi FK 600 -modda).
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi yozma shaklda tuziladi.
Fuqarolar o‘rtasida tuzilgan uy-joyni ijaraga berish shartnomasi notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak. (O‘zbekiston Respublikasi FK 603- modda).
Ijara shartnomasi bo‘yicha egallab turilgan uy-joyga bo‘lgan mulk huquqining boshqa shaxsga o‘tishi shartnomaning o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishiga olib bormaydi. Bunda yangi mulkdor ilgari tuzilgan ijara shartnomasi shartlari asosida ijaraga beruvchiga aylanadi. (O‘zbekiston Respublikasi FK 604- modda).
Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga doimiy yashash uchun yaroqli bo‘sh uy-joyni berishi lozim.
Ijaraga beruvchi ijaraga berilgan turar joy joylashgan uydan tegishli darajada foydalanishni amalga oshirishi, ijaraga oluvchiga haq evaziga zarur kommunal xizmat ko‘rsatishi yoki xizmat ko‘rsatilishini ta’minlashi, ko‘p kvartirali uyning umumiy foydalaniladigan mol-mulki va turar joy binosida joylashgan kommunal xizmat ko‘rsatish qurilmalari ta’mirlanishini ta’minlashi, shuningdek uyjoydan faqat ijara shartnomasida ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanishni ta’minlash choralarini ko‘rishi lozim. (O‘zbekiston Respublikasi FK 605- modda).
Uy-joyni ijaraga olish shartnomasiga binoan faqatgina fuqaro ijaraga oluvchi bo‘lishi mumkin. Shartnomada uy-joyda ijaraga oluvchi bilan birga doimiy yashaydigan fuqarolar ko‘rsatilishi lozim. Ijaraga oluvchi bilan birga doimiy yashaydigan fuqarolar uy-joydan foydalanish bo‘yicha u bilan teng huquqlarga egadirlar. Ijaraga oluvchi bilan bunday fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar qonunda belgilanadi.
Ijaraga oluvchi o‘zi bilan birga doimiy yashab, uy-joyni ijaraga berish shartnomasining shartlarini buzayotgan fuqarolarning xatti-harakatlari uchun ijaraga beruvchi oldida javobgar bo‘ladi. (O‘zbekiston RespublikasiFK 606 -modda).
Ijaraga oluvchi uy-joydan faqat uning vazifasi bo‘yicha foydalanishi, uy-joyning saqlanishini ta’minlashi va uni yaxshi holda tutishi shart. Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining roziligisiz uy-joyni qayta qurishga va tuzilishini o‘zgartirishga haqli emas.
Ijaraga oluvchi uy-joy haqini o‘z vaqtida to‘lab turishi shart. Agar shartnomada boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, ijaraga oluvchi kommunal xizmatlar haqini mustaqil to‘lashi shart. (O‘zbekiston RespublikasiFK 607 -modda).
Ijaraga berilgan uy-joyni joriy va kapital ta’mirlash, agar uy-joyni ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, ijaraga oluvchining zimmasidadir.
Ijaraga berilgan uy-joy joylashgan uyni qayta jihozlashga, agar bunday qayta jihozlash uy-joydan foydalanish shart-sharoitlarini jiddiy ravishda o‘zgartirsa, ijaraga oluvchining roziligisiz yo‘l qo‘yilmaydi. (O‘zbekiston RespublikasiFK 610 -modda).
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tuziladi. Agar shartnomada muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, u besh yilga tuzilgan hisoblanadi.Ijaraga oluvchi yangi muddatga shartnoma tuzishda imtiyozli huquqqa ega.
Agar ijaraga beruvchi uy-joyni bir yildan kam bo‘lmagan muddatda ijaraga bermaslikka qaror qilgan bo‘lsa, u yangi muddatga shartnoma tuzishni rad qilishga haqli. (O‘zbekiston RespublikasiFK612 -modda).
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor qilinadi.
Uy-joyni ijaraga oluvchi o‘zi bilan birga doimiy yashaydigan boshqa fuqarolarning roziligi bilan ijaraga beruvchini uch oy avval yozma ravishda ogohlantirib, istalgan vaqtda ijara shartnomasini bekor qilishga haqli.
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi:

  • agar shartnomada uzoqroq muddat belgilangan bo‘lmasa, ijaraga oluvchi tomonidan uy-joy uchun olti oy mobaynida, qisqa muddatli ijarada esa shartnomada belgilangan haq to‘lash muddati o‘tganidan keyin ikki martadan ko‘proq haq to‘lanmagan bo‘lsa;

  • ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javobgar bo‘lgan boshqa fuqarolar tomonidan uy-joy vayron qilinsa yoki unga putur yetkazilsa;

  • uy-joydan g‘ayrihuquqiy qilmishlarni sodir etish uchun foydalanilgan bo‘lsa, ijaraga beruvchining talabiga binoan sud tartibida bekor qilinishi mumkin.

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi:

  • agar uy-joy doimiy yashash uchun yaroqli bo‘lmay qolsa, shuningdek avariya holatiga kelib qolsa;

  • uy-joy to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda shartnomadagi istalgan tarafning talabiga binoan sud tartibida bekor qilinishi mumkin.

Agar uy-joyni ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javobgar bo‘lgan boshqa fuqarolar uy-joydan uning vazifasiga binoan foydalanmasalar yoxud muntazam ravishda qo‘shnilarning huquqlari va manfaatlarini buzsalar, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini qoidabuzarliklarga barham berish zarurligi to‘g‘risida ogohlantirishi mumkin.
Agar ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javobgar bo‘lgan boshqa fuqarolar ogohlantirish olganlardan keyin ham uy-joydan uning vazifasiga binoan foydalanmaslikni yoki qo‘shnilarning huquq va manfaatlarini buzishni davom ettirsalar, ijaraga beruvchi uy-joyni ijaraga berish shartnomasini sud tartibida bekor qilishga haqli.
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish uchun asos bo‘lgan qoidabuzarliklarga barham berish tartibi va muddatlari qonun bilan belgilab qo‘yiladi. (O‘zbekiston RespublikasiFK615- modda).
Garov. Bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga bo‘lgan huquqni, majburiyatlarni ta’minlash uchun, berishi garov hisoblanadi.
Garovga ko‘ra qarzdor garov bilan ta’minlangan majburiyatni bajarmagan taqdirda kreditor (garovga oluvchi) bu majburiyat bo‘yicha o‘z talabi garovga qo‘yilgan mol-mulkning qiymatidan ushbu mol-mulk egasi bo‘lgan shaxs (garovga qo‘yuvchi)ning boshqa kreditorlariga qaraganda imtiyozli suratda qanoatlantirilishiga, qonunda belgilab qo‘yilgan chegirishlardan keyin, haqli bo‘ladi. (O‘zbekiston RespublikasiFK264 -modda).
Ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish ipoteka hisoblanadi. (O‘zbekiston RespublikasiFK265 -modda).
Ko‘chmas mulk, shu jumladan binolar, inshootlar, ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar, korxonalar, boshqa mulkiy majmualar, yuridik va jismoniy shaxslar mulki bo‘lgan savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi ob’ektlari, shuningdek turar joylar ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga, qonunda ko‘chmas mulk jumlasiga kiritilgan va ularga bo‘lgan huquqlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan boshqa mol-mulk ipoteka narsasi bo‘lishi mumkin.
Ipoteka to‘g‘risidagi qoidalar:

  • qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq yer uchastkasida barpo etilayotgan qurilishi tugallanmagan mol-mulk garoviga;

  • yakka tartibdagi uy-joy qurish yoki dehqon xo‘jaligini yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqlari garoviga;

  • agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ijaraga oluvchining ko‘chmas mulk ijarasi to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha huquqlari (ijara huquqi) garoviga;

  • agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, yer uchastkasi ijarasiga doir huquqlar garoviga nisbatan ham qo‘llaniladi.

Muomaladan chiqarilgan va tasarrufdan chiqarilishi mumkin bo‘lmagan ko‘chmas mulk ipoteka narsasi bo‘lishi mumkin emas.
Qonun hujjatlarida majburiy xususiylashtirilishi nazarda tutilgan yoki xususiylashtirilishi taqiqlangan yoxud cheklangan korxonalar va mol-mulk turlari hamda guruhlari ipoteka narsasi bo‘lishi mumkin emas. (O‘zbekiston Respublikasi Ipoteka to‘g‘risidagi Qonun (IQ) 6-modda).
Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma (shu jumladan, navbatdagilari ham) notarial tartibda tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran tuzilgan deb hisoblanadi va kuchga kiradi.
Ipoteka to‘g‘risidagi shartnomani notarial tartibda tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalariga rioya etmaslik uning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday shartnoma o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaydi. (O‘zbekiston Respublikasi IQ. 12-modda).

Yüklə 102,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə