Qad nomi Parak, "Boburnoma"da Chir, keyingi kichraytirilgan nomi Ch. Toshkent viloyatidagi daryo. Sirdaryoning yirik oʻng irmogʻi



Yüklə 45,94 Kb.
səhifə1/3
tarix27.09.2023
ölçüsü45,94 Kb.
#123915
  1   2   3
Chirchiq


Chirchiq (qad. nomi Parak, "Boburnoma"da Chir, keyingi kichraytirilgan nomi Ch.) — Toshkent viloyatidagi daryo. Sirdaryoning yirik oʻng irmogʻi. Daryo havzasi janubiy va sharqda Qurama tizmasi va Chatqol togʻ tizmalari, shimolida Talas Olatovi va uning gʻarbiy tarmoklari bilan chegaralangan. Gʻarbiy Tyanshan togʻlaridagi qor va muzliklardan Chatqol, Koʻksuv va Piskom daryolari boshlanadi. 1971-yil gacha Ch. Chorvoq soyligida Chatqol va Piskom daryolari qoʻshilishidan hosil boʻlar edi. Endilikda daryo Chorvoq suv omboridan boshlanadi va Chinoz qishlogʻi yonida Sirdaryoga quyiladi. Uz. 154 km, havzasining maydoni 14240 km². Ch. tez oqadigan tipik togʻ daryosi, togʻli qismida chuqur, tor va nishab oʻzanda tez oqadi. Ugom daryosi qoʻshilgandan soʻng Ch. vodiysi kengayadi. Ch. ga bir necha irmoqlar kelib quyiladi. Eng yiriklari Ugom daryosi va Oqsoqotasoy. Qolgan mayda irmoqlari (Qizilsuv, Shoʻrobsoy, Ozodboshsoy, Oqtoshsoy, Tovoqsoy, Qorangkoʻlsoy, Oltinbeksoy va boshqalar)ning baʼzilari yoz va kuz oylarida qurib qoladi. Vodiyning tekislik qismida daryoga birorta ham irmoq qoʻshilmaydi. Ch. qor va muzlik suvlaridan toʻyinadi. Suv sarfi Xoʻjakent qishlogʻi yaqinida 221 m³/sek., Chinoz qishlogʻi yonida 62 m³/sek. Eng koʻp suv sarfi 2160 m³/sek. (1959-yil 8-aprel) va 1452 m³/sek. ga (1914-yil 14-may) yetgan. Bunday katta suv sarfi Ch. daryosi uchun xos emas. Eng kam suv sarfi 22m³/sek. boʻlgan (1956-yil fevral). Ch. Sirdaryoga yiliga 164 m³/sek. suv quyadi. Suv oqimining 52,4% mart—iyun oylarida, 32,1% iyul—sentabr va qolgan 15,5% oktabr— fevral oylarida oqadi. Yanvar—fevral oylarida suvi kamayib, 52 m³/sek. dan oshmaydi. Ch.da loyqa oqiziqlar kam. Togʻlardan chiqib tekislik boʻylab oqqanda suvi koʻplab irrigatsion tarmoqlar orqali sugʻorishga olinadi. Zaxariq, Boʻzsuv, Qorasuv, Shimoliy Toshkent kabi kanallar Ch. daryosidan suv oladi. Daryodan gidroenergetikada ham keng foydalaniladi. Qodiriya, Tovoqsoy, Oqqovoq, Oqtepa, Salor va uchta Quyi Boʻzsuv, Chorvoq (quvvati 600 ming kVtsoat, Gʻazalkent) GESlar kaskadi shular jumlasidandir. Ch. suvi, asosan, Toshkent viloyati hududidagi ekin maydonlarini sugʻorishga sarflanadi (Ch. — Boʻzsuv sistemasi Oʻzbekiston hududida 100 ming gektardan ziyod yerni sugʻoradi), shuningdek, Toshkent, Chirchiq, Yangiyoʻl, Gʻazalkent shaharlarini va koʻp qishloqlarni suv bilan taʼminlaydi. Ch. oʻrta oqimida uning oʻng sohilidagi terrasalarda Toshkent shahri joylashgan.

Joriy yil 8-fevral kuni davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyev boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili, Suv xo‘jaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Davlat geologiya qo‘mitasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi mutaxassislaridan iborat Respublika ishchi guruhi o‘tgan ikki oy davomida hududlarda yer osti chuchuk suvlardan foydalanish, daryolar o‘zanlarida qum-shag‘al qazish ishlarining yer osti chuchuk suvlarga salbiy ta’sirini tanqidiy o‘rganib chiqib quyidagilarni aniqladi.


1. Toshkent viloyatidan oqib o‘tgan Chirchiq daryosi Chirchiq yer osti chuchuk suvlar konini doimiy to‘yintirib turadi. Ushbu konda 5 ta yer osti guruhli ichimlik suvi olish inshootlaridan 3 tasi (Qibray, VU-1, Niyozbosh) daryo o‘zanida joylashgan. Suvli qatlam to‘rtlamchi davr yotqiziqlariga tegishli bo‘lib, qatlamning qalinligi 20-70 metr, Yangiyo‘l va Chinoz shaharlari atrofida 120-350 metrni tashkil qiladi. Ichimlik suvi ta’minoti uchun foydalanilayotgan mazkur inshootlardagi quduqlarning chuqurligi Toshkent shahrigacha bo‘lgan hududda 20-70 m, Yangiyo‘l va Chinoz shaharlari oralig‘idagi hududda 70-350 metrni tashkil etadi. O‘rganish davomida kuzatuv quduqlaridagi yer osti suv sathi 2-5 m tashkil qilib, yil davomida tebranishi 1-3 metrni tashkil qilgan.
Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida joylashgan “VU-1” suv olish inshootida, 180-sonli kuzatish qudug‘ida suv sathi pasayishi kuzatilgan.
Ma’lumot uchun: o‘rtacha yillik yer osti suv sathi 2014-yilda 2,15 m bo‘lgan bo‘lsa, hozirda 5,38 m bo‘lib, 3,23 m sath pasayganligi aniqlangan. Inshoot yaqinida qum shag‘al karyerlari mavjudligi ham sizot suvlarining 1-2 m pasayishiga ta’sir etgan.
2. Zarafshon daryosining mamlakatimizga kirib kelish nuqtasi –“Ravatxo‘ja” to‘g‘onidan Kattaqo‘rg‘on shahrigacha bo‘lgan oralig‘ida “Zarafshon daryosining hozirgi havzasi” yer osti suv koni joylashgan. Ushbu konga jami 16 ta guruhli yer osti suv olish inshootlari bog‘langan bo‘lib, shundan 4 tasi (Cho‘ponota, Dagbid, Murtak, Damxo‘ja) Zarafshon daryosi o‘zaniga juda yaqin joylashgan.
O‘rganish ishlari davomida ushbu inshootlarning kuzatuv quduqlarida yer osti suv sathi 4,6-10,8 m chuqurlikda bo‘lib, yil davomida mavsumiy tebranishi 1,0-2,5 metrni tashkil qilganligi aniqlangan.
“Dagbit” suv olish inshooti 3-uchastkasining quduqlaridan 5-6 metr masofada, daryo o‘zanida 5-7 metr chuqurlikgacha qazish ishlari bajarilgan. Bu bilan, suv olish inshooti 1-sanitar muhofaza mintaqasi (qat’iy rejim zonasi) talablarining buzilishiga yo‘l qo‘yilgan.
Eslatma: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi 981-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 63 va 64-bandiga asosan xo‘jalik-ichimlik suvi ta’minoti yer usti va yer osti manbalari sanitariya-muhofaza zonasi birinchi mintaqasi hududida xo‘jalik-ichimlik suvi ta’minoti tizimi asosiy inshootlaridan tashqari qurilishning barcha turlari taqiqlanadi, ikkinchi mintaqasi hududida esa o‘zan tubini chuqurlash ishlari olib borish taqiqlanadi.
I- sanitar muhofaza mintaqasining radiusi burg‘i qudug‘idan 50 metr etib belgilangan, II- sanitar muhofaza mintaqasi - suv oqimining suv inshootiga bakterial ifloslanish vaqtini (400 kun) inobatga olib, Chirchiq daryosi bo‘yicha 320-820 m, Zarafshon daryosi bo‘yicha 700-2000 m oraliqda belgilangan.
Shu bilan birga, daryo o‘zanida yer osti suvli qatlamlarining ko‘proq ochilishi, 100-500 m radiusdagi hududda, birinchi suvli qatlam – grunt suvlari sathining 1-2 m pasayishiga olib kelgan. Aholining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatayotgan qo‘lbola quduqlar (kachalka, yer osti quduqlar)dagi suv sathiga ta’sir etmoqda.
Buni keyingi yillarda kuzatilayotgan iqlim o‘zgarishining Chirchiq va Zarafshon daryolari suv sarfining pasayishining salbiy ta’siri bilan izohlanmoqda.
Ma’lumot uchun: “O‘zgidromet” xizmatining 2012-2021 yillar oralig‘ida kuzatuvlar tahliliga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi tufayli yog‘ingarchilikning kam bo‘lishi, ayrim yillarda vegetatsiya davrida qurg‘oqchilik ro‘y bergan, Chorvoq suv omboriga (Chirchiq daryosiga) va Zarafshon daryosiga 2013-2014, 2018, 2020 va 2021 yillarda me’yordan 10-15% kam suv kelishi kuzatilgan.
Suv tanqisligi, o‘z navbatida, ichimlik suvi tanqisligiga olib kelmoqda. So‘nggi 15 yil ichida aholi jon boshiga yillik suv hajmi 3048 m3 dan 1589 m3 gacha kamaygan. Ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya xizmati ko‘rsatishga bo‘lgan talab kundan-kunga ortib bormoqda.
Jahon bankining tahliliy ko‘rsatkichlariga ko‘ra, 2050-yilga borib O‘zbekistonda suvga bo‘lgan talab 59 kub km.dan 62-63 kub km gacha oshadi va mavjud suv resurslari 57 kub km dan 52-53 kub km gacha kamayadi, bu esa joriy suv tanqisligini (2 kub kmdan 11-12 kub kmgacha) besh barobarga oshiradi.
Ichimlik suvi ta’minotidan foydalanishda asosiy xavflar chuchuk suvning o‘tkir taqchilligi, foydalanish uchun raqobat, uning ifloslanishi, qurg‘oqchilik va boshqalardan iborat ekanligidir.
Gidrogeologik jihatdan o‘rganish natijasida quyidagicha xulosa qilindi:
1. Qazish ishlari davomida katta maydonlarda yer osti suvli qatlamlarini ochish, tevarak-atrofda, ya’ni 100-500 m radiusdagi yer osti grunt suvlari sathining 1-2 metrga pasayishiga olib keladi. Qazish ishlarida texnologik reglament talablariga qat’iy rioya qilish lozim.
2. Zarafshon daryosi bo‘yidagi “Dagbit suv olish inshooti”
3-uchastkasining I-sanitar-muhofaza mintaqasida joylashgan hududda qazish ishlarini to‘xtatish va rekultivatsiya qilish lozim.
3. Yer osti suv olish inshoatlarining II-sanitar-muhofaza mintaqasida joylashgan karyerlardagi qazib olish ishlari yer osti suvlarining (mikrobli) ifloslanishiga olib kelishi mumkinligini inobatga olib, ushbu hududlarda qazish ishlarini cheklash tavsiya etiladi.
Mazkur gidrogeologik xulosa ishchi guruhga va mutasaddi vazirlik va idoralarga taqdim etildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat geologiya qo‘mitasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi bilan birgalikda “O‘zbekgidrogeologiya” DUK tomonidan taqdim etilgan xulosaga asosan Zarafshon va Chirchiq daryolarining ichimlik suv ta’minotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan uchastkalarda noruda materiallarini qazish ishlarini olib borayotgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish natijasiga ko‘ra, Zarafshon daryosi o‘zanida joylashgan “Dagbit” ichimlik suv olish inshootining 3-uchastkasida noruda materiallarini qazish bilan shug‘ullanuvchi “Qorako`l Story Engineering” MCHJning Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan berilgan 1 ta litsenziyasini bekor qilish orqali faoliyati to‘xtatildi, “Samarqand Keramik” MCHJlarga qarashli 1 ta litsenziyali karyer faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha sudga davo arizasi kiritildi.
Shuningdek, Zarafshon daryosi o‘zanini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish huquqini beruvchi “Oqdaryo tosh koni”, “Zarafshon kompleksi”, “Zarafshon propriety servis”, “Sam ideal stroy”, “Sam shohrux savdo”, “Qambarov Orzumurod Qambar o`gli”, “Techno star building”, “Moxli oqila”, “Bulung`ur maxsus” hamda “Enter Engineering Pte Ltd” MCHJlar bilan tuzilgan 11 ta, FVV “Maxsus muhandislik qurilish boshqarmasi” bilan tuzilgan 2 ta hamda Tayloq TYFUK bilan tuzilgan 2 ta jami 15 ta “Xavfsiz daryo” DUKning shartnomalari amal qilish muddatlari tugaganligi sababli bekor qilindi.
Chirchiq daryosi o‘zanini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish huquqini beruvchi Maxsus-muhandislik qurilish boshqarmasi bilan “Xavfsiz daryo” DUK o‘rtasida tuzilgan 2 ta shartnomalarning amal qilish muddati tugaganligi sababli qazish ishlari to‘xtatildi.
Chirchiq daryosidagi VU-1 va “Niyozbosh” suv olish inshootining sanitariya-muhofaza zonasi II-mintaqasi hududida joylashgan Davlat geologiya qo‘mitasining litsenziyalariga ega “INERT MATERIALLARI”, “NOVATEK INVEST” “QUYICHIRCIQ BALIQCHI”, “SHAGALQUM”, “BINOKOR”, “EVEREST OPTIMAL PLUS” MCHJlar (6 ta) hamda “Xavfsiz daryo” DUKning shartnomalariga asosan “Qibray” va “Niyozbosh” suv olish inshootining sanitariya-muhofaza zonasi II-mintaqasi hududida o‘zan tozalash ishlari olib borayotgan “UNIVERSAL CRASHER”, “EURO STORY STONE”, “BULDOZER MINING”, “PROM STONE” MCHJlar (4 ta);
Zarafshon daryosidagi “Damxo‘ja-3” suv olish inshootining sanitariya-muhofaza zonasi II-mintaqasi hududida “ZARAFSHON UNIVERSAL GRAND” MCHJ va Ishtixon tumani YFUK (3 ta) qazib olish ishlarini cheklash va bosqichma-bosqich tugatish bo‘yicha chora tadbirlar belgilandi.

Kirish. Maʼlumki, Oʻzbekiston daryolarining xalq xoʻjaligidagi oʻrni va ahamiyati


beqiyosdir. Respublikamiz daryolari berk havzaga kiradi va ular hududlar boʻylab notekis
taqsimlangan. Daryolarning muhim ahamiyati: aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash,
maishiy- kommunal xoʻjalik, sanoat va sugʻorishda keng miqyosda foydalanilishida
namoyon boʻladi. Ayniqsa bugungi kunda, iqlimi quruq, sugʻorib dehqonchilikka
asoslangan Oʻzbekiston uchun daryolarning xalq xoʻjaligidagi ahamyati juda katta. Hozirgi
vaqtda daryo suvlari bilan 4,2 mln gektar yer sugʻorilmoqda. Shu bilan birga daryo
suvlaridan sanoat va maishiy xoʻjaliklarning suvga boʻlgan ehtiyojini qondirishda ham
muhim ahamyatga ega. Chunki hech bir sanoat tarmogʻi yoʻqki, unda suv ishlatilmasa?
Oʻzbekiston amalda yiliga o’rtacha 57,781 km.kub suvdan xalq xujaligining
ehtiyojlarida foydaniladi. Xalq xoʻjaligida va sug’orishda ahamiyati yuqori boʻlgan daryolar:
Amudaryo, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Chirchiq, Qoradaryo, Sheroboddaryo va
boshqa daryolarni keltirib o’tishimiz mumkin. Respublikamiz hududidagi daryolarning
potensial energiya resurslari 8,8 mln mln kVt ga teng boʻlib, Oʻrta Osiyo daryolari energiya
resurslarining 13% ni tashkil etadi. Daryo suvlari oqimini tartibga solish maqsadida,
INDIA INTERNATIONAL SCIENTIFIC ONLINE CONFERENCE
THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY
25
daryolarga GESlar va to’g’onlar qurilgan. Soʻnggi yillarda sugʻoriladigan yerlar meliorativ
holatini yaxshilanishi sababli zovur suvlarining koʻpayishi, sanoatdan, maishiy-kommunal
xoʻjalik, transport korxonalari, chorvachilik va fermalarda chiqqan iflos (tarkibida zaharli
kimyoviy moddalar mavjud moddalar, bakteriyalar, neft mahsulotlari boʻlgan) suvning bir
qismi daryolarga tashlanib, butun bir ekotizimga ta’sir etmoqda. Natijada, daryo
suvlarining ifloslanishi va uning organik dunyosining nobut boʻlishiga sabab boʻlgan.
Mamalaktimiz suv boyliklarini toza saqlash uchun undan oqilona foydalanish tamoyillarini
to’liq darajada ishlab chiqish va ularga tashlanadigan suvlarining iloji boricha tozalash
lozim. Ma’lumki, sugʻoriladigan hududlardan oqib chiquvchi va tarkibida kimyoviy
moddalar boʻlgan zovur suvlarining daryolarga oqizilishiga yoʻl qoʻymaslik shart. Shu bilan
birga daryo yoqalarida sanitar zonalar, kanalizatsiya va tozalash inshootlari faoliyatini
samarali tashkil etish orqali daryo havzalarini kuchli ifloslanishdan saqlashimiz mumkin
bo’lib, kichik ammo foydali koeffisenti ko’p bo’lgan atrof muhitga landshaftiga hos
daryolarni yoqasida daraxtzorlarni ―ixota‖ shaklda tashkil etish zarur.
Oʻzbekiston daryolarining xalq xoʻjaligidagi ahamiyatini baholash, monitoring qilish
va daryo suvlarini ifloslanishdan asrash, Qishloq xoʻjaligini suv bilan taʼminlashda
daryolarning oʻrni va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish, daryolarning suv rejimini
tartibga solish, suv omborlar, dambalar, gidrotexnik inshootlar barpo etish, daryolarning
potensial energiya resurslaridan samarali foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Asosiy qism. Ma'lumki daryolar qadim zamonlardan insonlarni suv bilan
taʼminlovchi asosiy manbadir. Daryolar kishilarni chuchuk suv bilan taʼminlash bilan birga
ularning xoʻjalikdagi barcha ehtiyojlarini qondirib kelmoqda. Ayniqsa ichki kontinental
berk havzada joylashgan Oʻzbekiston uchun ham daryolarning xalq xoʻjaligidagi ahamiyati
juda yuqori. Oʻzbekiston hududida 18 mingga yaqin daryo, daryocha va soylar mavjud
boʻlib, ular hudud boʻylab juda notekis taqsimlangan. Birgina Amudaryo havzasida 10
mingga yaqin daryo, Sirdaryo havzasida 5 mingdan ortiq daryolar, qolganlari esa shu
oraliqda vujudga kelgan kichik daryo va daryochalardan iborat. Oʻzbekiston hududida
daryo tarmoqlarining zichligi bir xil emas, lekin, qishloq xo’jaligi uchun sug’orma
dehqonchilikda eng ko’p suv sarflanadi. Sugʻorish punktlarining koʻpligi, suvga to’la bog’liq
bo’lgan qishloq xo’jaligi va daryo suvlarini har tomonga tarqalib sugʻorishga sarflab
yuborilishi hozirgi kundagi kuzatilayotgan jarayonlardir. Oʻzbekiston hududining 21%
ishgʻol qilgan togʻ va tog’oldi qismida 1m² ga 140-150 m daryo tarmoqlari toʻgʻri keladi.
Ammo barcha tog’li mintaqalarda bu zichlik bir xil emas. Chunki ba’zi bir tog’lar yalang
hamda suvsiz hisoblanadi.
Oʻzbekiston hududida yiliga 9.701 km³ daryo oqimi shakllanib, uning Amudaryo 48%,
Sirdaryo 52% daryolariga toʻgʻri keladi. Oʻzbekiston suv boyliklari quyidagicha
taqsimlanadi: yiliga 95.642 km³ daryo oqib kiradi. Shuning 52.291 km³ Amudaryo hissasiga,
qolgan 43.351 km³ Sirdaryo hissasiga toʻgʻri keladi. Oʻzbekiston amalda yiliga oʻrtacha
57.781 ming km³ atrofida suvdan foydalanadi. Bundan - 41.421 ming km³ Amudaryo, 16.309
ming km³ Sirdaryo hissasiga toʻgʻri keladi. Oʻzbekiston daryolari gidroenergiya
INDIA INTERNATIONAL SCIENTIFIC ONLINE CONFERENCE
THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY
26
resurslarining xalq xoʻjaligidagi ahamiyati beqiyosdir. Iqlimi quruq, kontinental sugʻorib
dehqonchilikka asoslanganligi bois daryolarning sugʻorishdagi ahamiyati juda katta.
Hozirda mamlakatimizda 4.35 mln gektar yerni - sugʻorish va shoʻrini yuvish uchun
daryolardan yiliga 53-55 km³ suv olinmoqda. Qishloq xoʻjaligi uchun olinayotgan suvning
80% yerlarni sugʻorishga sarflansa, qolgan 20% tuproq shoʻrini yuvishga sarf boʻladi.
Mamlakatimizda sugʻorishga olingan suvning 25-30% zovur-drenaj orqali, baʼzi
hududlarda Fargʻona, Surxondaryo vodiy adirlarda, Samarqand botigʻi orqali chiqariob
tashlanmoqda. Respublikamiz daryolari suvlaridan oqilona foydalanish maqsadida 156
ming km uzunlikda kanallar qurilgan boʻlib, uning 22 km uzunlikdagi qismi xoʻjaliklararo,
qolgan 134 ming km uzunlikdagi qismi xoʻjalik ichidagi kanallarga toʻgʻri keladi. Afsuski
ushbu kanallarning ma’lum bir qismigina beton qoplamali hisoblanadi. Qolgan qismi esa
tuproqqa shimilib, yer osti suvlari satxi ko’tarilishi, tuproq sho’rlanishi va boshqa
ekotizimni buzilishiga olib keladigan jarayonlar kechmoqda. Oʻzbekiston daryolarining
sanoat tarmoqlarini, maishiy-kommunal xoʻjalikni suv bilan taʼminlashdagi oʻrni juda
katta. Sanoat tarmoqlari, kommunal xoʻjalik va boshqa tarmoqlarning suvga boʻlgan
ehtiyojini qondirish uchun daryolardan yiliga 7.5-8.0 km³ suv olinmoqda. Bu suvning 15%
sugʻorishga sarflansa, qolgan 85% ifloslangan yoki qisman tozalangan holda daryo
havzalariga qaytib qoʻshilmoqda. Shu o’rinda ta’kidlash kerakki mazkur holatda daryolar
tashib ketuvchi biroq, o’zi jabr ko’ruvchi bo’lib qolmoqda. Evaziga atrof – muhit, xalq
xo’jaligi, qishloq xo’jaligi, tabiiy landshaftlar zarar ko’rmoqda. To’g’ri birgina muammo shu
bo’lib qolmasdan, boshqa o’z hissasini qo’shadigan muammolar ham mavjud. Misol qilib suv
omborlaridagi cho’kindi jinsning to’planishi, qishloq xo’jaligida ―ozuqasiz suv‖ning yetib
borishiga zamin yaratadi. Ikkinchi tomondan turib qolgan jinslar suv omborni tez
to’ldiradi.
Hozirgi kunda, mamlakatimizda zovur - drenajlarning umumiy uzunligi 60 ming km
boʻlib, ulardan yiliga 13-14 km³ ifloslangan qaytarma suvlar vujudga kelmoqda. Qolgan
qismi esa suv havzalariga qoʻshilib ularning kuchli darajada ifloslanishiga sabab boʻlmoqda.
Daryo suvlarining ifloslanishida chiqayotgan 300-350 mln m³ iflos oqovalar ham sabab
boʻlmoqda. Respublikamiz va viloyatlar ixtiyoridagi shaharning 29 tasidagina kanalizatsiya
va tozalash inshootlari mavjud boʻlsa, qolgan 13 ta shaharda ishlatilgan iflos oqovalar
toʻgʻridan toʻgʻri suv havzalariga tashlanmoqda. Shuningdek, respublikamizning goʻzal
manzarali joylar, dam olish uylari, lagerlar va boshqa korxonalardan chiqayotgan iflos
suvlar markazlashgan kanalizatsiyaga ulanmaganligi, tozalovchi inshootlar yoʻqligi sababli
daryo havzalariga qoʻshilib ketmoqda. Mamlakatimiz hududidagi zovur drenajlarni eskirib,
muddati o’tgan joylarda qayta rekonstruksiya qilish, zarurat tug’ilgan hududlarda
tashkillashtirish ishlarini keng miqyosda olib borish zarur.
Quyida mamalaktimiz xalq xoʻjaligida muhim ahamiyatga ega boʻlgan daryolarning
hududlar kesimida atrof muhitga ta’sirini ko’rib chiqamiz: Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon,
Qashqadaryo, Surxondaryo, Chirchiq, Ohangaron, Sheroboddaryoning oʻrni beqiyosdir.
INDIA INTERNATIONAL SCIENTIFIC ONLINE CONFERENCE
THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY
27
Amudaryoning xalq xoʻjaligidagi oʻrni va ahamyati benihoya katta. Daryo suvidan
qishloq xoʻjaligida ekinlarini sugʻorish va aholining maishiy - kommunal ehtiyojlarida keng
foydalaniladi. Amudaryoning quyi oqimida daryo suvini tartibga solish maqsadida bir
qancha suv omborlari, kanallarning qurilishi daryoning oxirgi irmog’i Sheroboddaryodan
boshlab toki salkam 1500 km masofada Quyi Amudaryo tabiiy geografik okrugiga qadar
yuqoridagi ekologik holatlar uchraydi va daryoning tabiiy muhiti, juda o’zgargan.
Sirdaryo daryosining suv resurslaridan xalq xoʻjaligining barcha sohalari suv bilan
taʼminlashda keng koʻlamda foydalanib kelinmoqda. Sugʻoriladigan yerlar maydonnining
kengayishi bilan daryoda koʻplab suv xoʻjalik, qurilish ishlari amalga oshirildi. Andijonsoy,
Shahrixonsoy, Qorasuv, Boʻzsuv, Katta Fargʻona, Shimoliy Fargʻona, Janubiy Fargʻona,
Katta Andijon, Ohunboboyev nomli kanal, oʻnlab yirik va yuzlab kichikroq kanallar
qazilgan. Kanallardan aholini kundalik ehtiyojlarini suv bilan taʼminlashda foydalaniladi.
Daryo suv oqimini barqaror saqlash uchun Chordara va Qayroqqum suv ombori tashkil
etilgan. Chordara suv ombori Mirzachoʻl choʻldagi yangi yerlarni sugʻorish va
Qozogʻistondagi sugʻoriladigan yerlarni suv bilan yanada yaxshiroq taʼminlashga xizmat
qiladi.
Zarafshon - Zarafshon daryosi, shu nomli tabiiy geografik okruglarni suv bilan
taʼminlashda muhim ahamiyatga ega.
Chirchiq daryosi - Toshkent viloyatini suv taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Daryo suvidan xoʻjalik ehtiyojlari uchun keng foydalanilmoqda. Chirchiq daryosidan
Zaxariq, Boʻzsuv, Qorasuv, Shimoliy Toshkent kanallari suv oladi. Daryodan
gidroenergetikada ham keng foydalaniladi. Chorbogʻ suv ombori suvidan Toshkent viloyati
hududidagi ekin maydonlarini sugʻorishga sarflanadi (Chirchiq — Boʻzsuv sistemasi
Oʻzbekiston hududida 100 ming gektardan ziyod yerni sugʻorishda), shuningdek,
Toshkent, Chirchiq, Yangiyoʻl, Gʻazalkent shaharlarini va koʻp qishloqlarni suv bilan
taʼminlashdagi ahamiyati yuqoridir.
Ohangaron - Toshkent shahri va Toshkent viloyatini kommunal xoʻjalik ehtiyojlari
qondirish va aholini ichimlik suvi bilan taʼminlashga xizmat qiladi. Daryoda 1962-yilda
Ohangaron daryosining quyi oqimida ―Toshkent dengiziʼʼ Toshkent suv ombori qurilgan.
Aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida Tanachi - buqa va Yordon magistral
kanallari qazib chiqarilgan. Toshkent dengizi suvi bilan Ohangaron, Oʻrta Chirchiq,
Piskent va Boʻka tumanlaridagi yerlarni sugʻorishda foydalaniladi. Ohangaron daryosi
suvidan xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlarida foydalanib kelinmoqda.
Qashqadaryo - Qashqadaryo viloyati va Qarshi shahrini toʻliq suv bilan taʼminlaydi.
Qarshi choʻlida oʻzlashtirilgan qoʻriq yerlarini suv bilan taʼminlaydi. Sugʻorish mavsumida
suv omborida toʻplangan suv Qarshi magistral kanaliga suv oʻtkazish imkoniyati 360
m³/sek boʻlgan suv chiqargichlar orqali beriladi. Shuningdek daryoda koʻplab Hisorak,
Chimqoʻrgʻon, Pachkamar suv omborlari tashkil etilgan.
INDIA INTERNATIONAL SCIENTIFIC ONLINE CONFERENCE
THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY
28
Surxondaryo - Surxondaryo viloyatining asosiy arteriyasi hisoblandi. Xalq
xoʻjaligining barcha tarmoqlarida va aholining kundalik ehtiyojlarini suv bilan taʼminlash,
sugʻorishda keng foydalaniladi. Daryo suv rejimini tartibga solish va samarali foydalanish
maqsadida Janubiy Surxon suv ombori qurilgan. Janubiy Surxon suv ombori - Sherobod
choʻlidagi 71 ming gektar yerlarni oʻzlashtirish hamda sugʻoriladigan 52 ming gektar
yerning suv taʼminotini yaxshilashda oʻrni benihoya katta. Yoz chillasida ekinlar juda koʻp
sugʻorishni talab etadi va sugʻorishda yuzaga keladigan suv tanqisligi muammolarini
bartaraf etish maqsadida daryo suvidan samarali foydalanish yoʻlga qoʻyilgan.
Sheroboddaryo — hozirda daryo suvidan xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlarida
samarali foydalanilmoqda. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish va aholining kommunal
ehtiyojlarini suvga boʻlgan ehtiyojini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega. Daryodan
Sherobod shahri, Darband, Dara, Sisanga, Xoʻjaboʻlgan, Munchoq, Sherobod qishloqlarini
suv bilan taʼminlaydi. Daryo suv rejimini tartibga solish va sel toshqinlarini oldini olish
maqsadida Sherobod GESi va tarkibida gidrouzel qurilgan. Bugungi kunda, Sheroboddaryo
suvidan aholining kommunal ehtiyojlari bilan birga sugʻorish va boshqa maqsadlarda
samarali foydalanib kelinmoqda.
Oʻzbekistonning asosiy suv arteriyalari Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashqadaryo,
Surxondaryo, Chirchiq va Ohangaron daryolari boʻlib, bu daryolardan oqadigan umumiy
suv hajmining juda oz qismi Respublikamiz hududida vujudga keladi. Bu miqdor
respublikamizda sarflanadigan yillik suv hajmining atigi 15% ni tashkil qiladi.
Oʻzbekiston hududidagi daryolarning potensial energiya resurslaridan samarali
foydalanishning istiqbolli imkoniyatlari juda katta. Daryo havzalarini ifloslanishdan
saqlashimiz va suv resurslaridan oqilona foydalanishimiz lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. F.X.Hikmatov, Gʻ.X.Yunusov, F.Y.Artikova, N.B.Erlapasov, N.L.Dovulov, ,,Daryolar
gidrologiyasiʼʼ Toshkent-2017
2. Oʻzbekiston daryolari va uning xalq xoʻjaligidagi ahamiyati ʼʼ Oʻquv-qoʻllanma-
2017
3. Qashqadaryo viloyati landshaftining shakllanishida tabiiy komponentlar - tog’
jinslari va relyefning o’rni. "экономика и социум" No3(94) 2022.
4. D.Rejepova ―Oʻzbekiston ichki suvlari va ularning ekologik holatini oʻqitish
metodikasiʼʼ Toshkent-2013
5. Z.A.Artukmetov, V.Sh.Sheraliyev ,,Ekinlarni sugʻorish asoslari" Toshkent-2007
6. X.Z.Valiyev, Sh.O.Muradov, B. M. Xolbayev ,,Suv resurslaridan mukammal
foydalanish va muhofaza qilishʼʼ Toshkent-2010
7. N.Arslonova, ,,Oʻzbekistonning ichki suvlari va suv boyliklariʼʼ taqdimot ishi
Toshkent-2014
INDIA INTERNATIONAL SCIENTIFIC ONLINE CONFERENCE
THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY
29
8. A.S.Badalov, V.A.Zenkova, B.R.Uralov, F.Sh.Shaazizov ,,Gidroeletrostansiyalarʼʼ
oʻquv qoʻllanma Toshkent-2009
9. Возникновение теории о высотных областях и ее своеобразное развитие.
"экономика и социум" No11(90) 2021

Bugungi kunda qum-shag‘al materiallarining ruxsatsiz qazib chiqarilishi aksariyat hollarda yer usti va yer osti suvlari kamayib ketishi, suvni muhofaza qilish zonalari botqoqlashishi va ifloslanishi, ularning qirg‘oqlari, sug‘orish tizimlari, transport va gidrotexnika infratuzilma ob’ektlarining buzilishiga, shuningdek, favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha tadbirlar samaradorligining pasayishiga olib kelmoqda.


Toshkent tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi mutaxassislari hamkorlikda Qibray tumanidan oqib o‘tuvchi “Chirchiq” daryosining qirg‘oq bo‘yi muhofaza zonasi o‘rganilganida, bir qator qonunbuzilishi aniqlandi.
Xususan, “B.A.” MCHJning rahbari S.A.ning topshirig‘iga ko‘ra, daryoning o‘ng qirg‘og‘idan jamiyat ishchilari tomonidan 7 683,18 m3 qum-shag‘al aralashmasi noqonuniy qazib olinib, davlat va jamiyat manfaatlariga 225,6 mln. so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Chirchiq daryosining relyefi buzilishi natijasida daryo o‘zani sathi Toshkent viloyati hududida 2-3 metrgacha, Toshkent shahri Rohat ko‘li yaqinida avvalgiga nisbatan 10 metrgacha pasayib ketgan.
Bunda ko‘p yillik qirg‘oqlar orasidagi masofa 300-350 metrgacha kengayib, daryo o‘zani bir necha bor o‘zgartirilgan. Qum-shag‘al materiallarini tartibsiz va ruxsatsiz qazish natijasida yer usti va yer osti suvlari kamayib ketishi kuzatilmoqda.
“Daryoning muhofaza zonasidagi 530 gektar maydonni egallagan Toshkent davlat o‘rmon xo‘jaligining Saksonota va Yangiyo‘l o‘rmon xo‘jaligi bo‘limlariga qarashli o‘rmon va to‘qayzorlar butkul nobud qilinib, daryo vodiysida yashillik olami yo‘qotilgan. Bu o‘z o‘rnida ixtiofaunaga boy bo‘lgan Chirchiq daryosida baliq zaxiralarining qirilib ketishiga olib keldi
Toshkent shahri hududi bo‘yicha kanal va daryolarning katta qismi oqib o‘tadi, ularning ko‘pchilik qismining kelib chiqishi sun’iy. Bizning poytaxtimizni ko‘pchilik kanallarini suv bilan ta’minlovchi kanal Bo‘zsuv kanali hisoblanadi. Uning boshi Chirchiq daryosidan boshlanadi. Toshkentdan oqib o‘tuvchi Bo‘zsuv kanalining asosiy tarmoqlari Qorasuv, Salar, Kalkauz va Anxor, yirik ariqlar Oqqo‘rg‘on va Darvozakent hisoblanadi.
2 iyun kuni quyidagi suv ob’ektlarida yer usti suvlaridan namunalar olindi:
- Bo‘zsuv kanali – Toshkent shahrining ko‘pgina boshqa kanallarini suv bilan ta’minlovchi yirik kanal. Suv sifati II sinfga mos keladi. (Suv ifloslanishi indeksi (SII)-0,65).
- Qorasuv kanali – Bo‘zsuv kanalining chap tomoni, u Toshkent viloyatining Qibray tumani Oqqavasoy GESidan boshlanadi va Toshkentning janubiy-sharqiy va janubiy (Sergeli va Bektemirni hisobga olmaganda) qismi bo‘yicha oqib o‘tadi. Suv sifati III sinfiga mos keladi (SII-1,23).
Salar kanali – Bo‘zsuv kanalining chap tomoni, u Toshkent viloyati Qibray tumani TashGRES posyolkasidan boshlanadi. Toshkentning shimoliy-sharqiy qismidan janubiy-g‘arbiy qismiga, shahar markazi bo‘ylab oqadi. Suv sifati III sinfiga mos keladi (SII-1,34).
- Anxor kanali – Bo‘zsuv kanalining chap tomoni, u Kichik xalqa yo‘lidan boshlanadi. Suv sifati II sinfga mos keladi (SII-0,63).
Shahar kanallarining ifloslanishiga ko‘pinchalik axlatxonalar, insonning xo‘jalik faoliyati va maishiy oqava suvlarning quyilishi ta’sir etadi.
Suv havzalarining kimyoviy ifloslantiruvchi moddalar bilan ifloslanishiga oid, Toshkent kanallari suvlari cho‘milish uchun yaroqli, ko‘pchilik kanallar suv sifati I sinf toza suvlardan III sinf o‘rtacha ifloslangan suvlargacha o‘zgaradi.
Ma’lumot uchun: Suv ifloslanishi indeksidan (SII)- yer usti suvlari sifatini kompleks baholash uchun foydalaniladi. U nafaqat suv sifatini turli suv ob’ektlarida solishtirishga, balki suv sifatini vaqtinchalik va fazoviy dinamikasini baholash imkonini beradi.

Yüklə 45,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə