11 bob. Rieltorlik faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishI


Rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli organ va uning funktsiyalari



Yüklə 102,49 Kb.
səhifə2/6
tarix25.12.2023
ölçüsü102,49 Kb.
#161262
1   2   3   4   5   6
ВЫАВ

Rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli organ va uning funktsiyalari.
Rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi O‘zbeksiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Rieltorlik sohasidagi vakolatli davlat organi:

  • rieltorlik tashkilotlariga va rieltorlarga litsenziya beradi, qayta rasmiylashtiradi;

  • rieltorlik tashkilotlari va rieltorlarning litsenzion talablar va shartlarga amal qilishlari ustidan nazoratni amalga oshiradi;

  • o‘n ish kunidan oshmagan muddatga litsenziyaning amal qilishini to‘xtatadi, o‘n ish kunidan ortiq muddatga to‘xtatish yoki litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki bekor qilish to‘g‘risida sudga murojaat qiladi;

  • ommaviy axborot vositalarida litsenziyani berish, to‘xtatish, yangilash, amal qilishini tugatish va bekor qilish haqida ma’lumotlarni chop etadi;

  • rieltorlik tashkilotlari ishchilariga, jumladan rahbariga va malakali sertifikat olishga da’vogarlarga malakali talablarni belgilaydi;

  • malakali sertifikatni beradi, amal qilishini tugatadi va bekor qiladi;

  • rieltorlik tashkilotlari va rieltorlarning reestrini olib boradi.

Rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organiqonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


11.2. Rieltorlik xizmatlarining ko‘rinishlaridan biri sifatida ko‘chmas mulk ob’ektlari bilan bitimlarni tuzishda vositachilik operatsiyalarining umumiy xususiyatlari
Vositachi–bu savdo yoki moliyaviy operatsiyada oraliq bo‘g‘in rolini bajaruvchi jismoniy yoki yuridik shaxsdir. Ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va haridorlar o‘rtasida bitimlarni tuzishda va shartnomalarni belgilashga yordam beradi. Vositachilar sifatida agentlar, dilerlar, maklerlar, brokerlar, rieltorlar ishtirok etadilar.
Tijoriy vositachilik–ma’lum mukofot, qoida bo‘yicha bitim natijalaridan olingan foydadan ma’lum foiz ko‘rinishidagi haq evaziga xaridor va sotuvchi o‘rtasida savdo shartnomasini amalga oshirishda yordam ko‘rsatish.
Ko‘chmas mulk ob’ektlari va ular uchun huquqlar bilan bitimlarni tuzishdagi vositachilik rieltorlik tashkiloti tomonidan buyurtmachi bilan rieltorlik xizmatlarini ko‘rsatish uchun qonunchilik bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Shu bilan birga rieltorlik tashkiloti ko‘rsatilgan bitimlarning bevosita tomoni bo‘la olmaydi.



Yüklə 102,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə