11 bob. Rieltorlik faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishI


Ko‘chmas mulk bilan bitimlar tushunchasi, turlari va shakli



Yüklə 102,49 Kb.
səhifə3/6
tarix25.12.2023
ölçüsü102,49 Kb.
#161262
1   2   3   4   5   6
ВЫАВ

11.3. Ko‘chmas mulk bilan bitimlar tushunchasi, turlari va shakli.
Bitim.Bitimlar deb, fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini o‘rnatishga, o‘zgartirishga yoki tugatishga yo‘naltirilgan harakatlari tan olinadi. (O‘zbekiston RespublikasiFK. 101-modda).
Bitimlar bir tomonlama, ikki tomonlama yoki ko‘p tomonlama (shartnomalar) bo‘lishi mumkin.
Bitim tuzish uchun qonun hujjatlariga yoki taraflarning kelishuviga muvofiq bir tarafning xohishi zarur va yetarli bo‘lsa, bunday bitim bir taraflama bitim hisoblanadi.
Shartnoma tuzish uchun ikki taraf (ikki taraflama bitim) yoki uch yoxud undan ko‘p taraf (ko‘p taraflama bitim) kelishib xohish bildirgan bo‘lishi kerak. (O‘zbekiston RespublikasiFK. 102-modda).
Yer uchastkalari va boshqa ko‘chmas mol-mulk bilan bog‘liq bitimlar (boshqa shaxsga berish, ipoteka, uzoq muddatli ijara, merosni qabul qilib olish va boshqalar) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. (O‘zbekiston RespublikasiFK. 111-modda).
Bitimning notarial shakliga yoki uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talabiga rioya qilmaslik bitimning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday bitim o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaydi. (O‘zbekiston RespublikasiFK. 112-modda).
Bitim Fuqarolik Kodeksida belgilab qo‘yilgan asoslarga ko‘ra, sud haqiqiy emas deb topganligi sababli (nizoli bitim) yoki bunday deb topilishidan qat’i nazar haqiqiy emas deb hisoblanadi (o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitim).
Nizoli bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi talabni Fuqarolik Kodeksida ko‘rsatilgan shaxslar qo‘yishlari mumkin.
O‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitim haqiqiy emasligining oqibatlarini qo‘llanish to‘g‘risidagi talabni har qanday manfaatdor shaxs qo‘yishi mumkin. Sud bunday oqibatlarni o‘z tashabbusi bilan qo‘llashga haqli. (O‘zbekiston RespublikasiFK. 113-modda).
Ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan tuzilgan bitim o‘z-o‘zidan haqiqiy emas. (O‘zbekiston RespublikasiFK. 119-modda).
Spirtli ichimliklarni yoki giyohvand vositalarni suiiste’mol qilish oqibatida muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan homiysining roziligisiz tuzilgan bitimni sud haqiqiy emas deb topishi mumkin. (O‘zbekiston RespublikasiFK. 120 -modda).
Garchi muomalaga layoqatli bo‘lsa-da, biroq bitim tuzish vaqtida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan holatda bo‘lgan fuqaro tomonidan tuzilgan bitim shu fuqaroning yoki huquqlari yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari bunday bitimni tuzish natijasida buzilgan boshqa shaxslarning da’vosi bo‘yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Keyinchalik muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan tuzilgan bitimni, agar bitimni tuzish paytida fuqaro o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaganligi yoki ularni boshqara olmaganligi isbotlangan bo‘lsa, uning vasiysi qilgan da’voga muvofiq sud haqiqiy emas deb topishi mumkin. (O‘zbekiston RespublikasiFK. 121- modda).
Jiddiy ahamiyatga ega bo‘lgan yanglishish ta’sirida tuzilgan bitim yanglishish ta’sirida harakat qilgan tarafning da’vosi bo‘yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Bitimning tabiati, uning narsasining o‘z vazifasi bo‘yicha foydalanish imkoniyatini ancha pasaytiradigan o‘xshashligi yoki sifati haqida yanglishish jiddiy ahamiyatga egadir. Bitimning sabablari xususida yanglishish jiddiy ahamiyatga ega emas.
Bundan tashqari, o‘z da’vosiga ko‘ra bitim haqiqiy emas deb topilgan taraf yanglishish ikkinchi tarafning aybi bilan yuz berganligini isbotlay olsa, ikkinchi tarafdan o‘ziga yetkazilgan haqiqiy zararni to‘lashni talab qilishga haqli. Agar bu hol isbotlanmasa, o‘z da’vosiga ko‘ra bitim haqiqiy emas deb topilgan taraf ikkinchi tarafning talabi bilan, basharti hatto yanglishish yanglishgan tarafga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra yuz bergan bo‘lsa ham, yetkazilgan haqiqiy zararni unga to‘lashi shart. (O‘zbekiston RespublikasiFK. 122- modda).
Yuridik oqibatlar tug‘dirish niyati bo‘lmagan holda, nomigagina tuzilgan bitim (qalbaki bitim) o‘z-o‘zidan haqiqiy emasdir.
Agar bitim boshqa bitimni niqoblash maqsadida tuzilgan bo‘lsa (ko‘zbo‘yamachilik bitimi), taraflar haqiqatda nazarda tutgan bitimga doir qoidalar qo‘llaniladi. (O‘zbekiston RespublikasiFK. 124 -modda).
Yuridik shaxs tomonidan uning ustav maqsadlariga zid holda tuzilgan yoki tegishli faoliyat bilan shug‘ullanishga litsenziyasi bo‘lmagan yuridik shaxs tomonidan tuzilgan bitim uning muassisi (ishtirokchisi) yoki vakolatli davlat organining da’vosi bo‘yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. (O‘zbekiston RespublikasiFK. 125- modda).
Bitimning bir qismi haqiqiy sanalmasligi bitimga haqiqiy sanalmagan qism qo‘shilmasa ham u tuzilgan bo‘lar edi, deb taxmin qilish mumkin bo‘lsa, uning boshqa qismlarining haqiqiy sanalmasligiga sabab bo‘lmaydi.(O‘zbekiston RespublikasiFK. 128- modda).

Yüklə 102,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə