11 bob. Rieltorlik faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishI


Bitimlar tushunchasi, turlari va shakllari



Yüklə 102,49 Kb.
səhifə4/6
tarix25.12.2023
ölçüsü102,49 Kb.
#161262
1   2   3   4   5   6
ВЫАВ

Bitimlar tushunchasi, turlari va shakllari:

  • oldi-sotdi;

  • ayirboshlash;

  • xadya;

  • renta;

  • umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy(kvartira)ni boshqa shaxsga berish;

  • ijara;

  • vasiylik;

  • garov;

  • ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish.

Yuqorida ko‘rsatilgan bitimlar rieltorlik tashkiloti tomonidan buyurtmachi bilan rieltorlik xizmatlarini ko‘rsatish uchun qonunchilik bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Shu bilan birga rieltorlik tashkiloti ko‘rsatilgan bitimlarning bevosita tomoni bo‘la olmaydi.
Ko‘chmas mulkning oldi-sotdisi.Ko‘chmas mulkning oldi-sotdisi — bu shunday bitimki, unda sotuvchi mulkni xaridor egaligiga topshirish, xaridor esa bu tovarni qabul qilish va u uchun ma’lum narx to‘lash majburiyatini oladi. Ko‘chmas mulk bevosita yer bilan bog‘liqligini hisobga olganda, xaridorga mulk uchun huquq bilan birgalikda bu ko‘chmas mulk egallab turgan va uning foydalanilishi uchun zarur bo‘lgan yer maydoni uchun huquqlar ham topshiriladi.
Ko‘chmas mulkning oldi-sotdi shartnomasiga (ko‘chmas mulkni sotish shartnomasiga) binoan sotuvchi yer uchastkasi, bino, inshoot, kvartira yoki boshqa ko‘chmas mulkni sotib oluvchiga mulk qilib topshirishni o‘z zimmasiga oladi. (O‘zbekiston RespublikasiFK 479-modda).
Ko‘chmas mulkni sotish shartnomasi taraflar imzolagan yozma shakldagi bitta hujjat tarzida tuziladi.
Ko‘chmas mulkni sotish shartnomasining shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga sabab bo‘ladi. (O‘zbekiston RespublikasiFK 480- modda).
Ko‘chmas mulkni sotish shartnomasiga binoan ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqining sotib oluvchiga o‘tganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. (O‘zbekiston RespublikasiFK 481- modda).
Bino, inshoot yoki boshqa ko‘chmas mulkni sotish shartnomasiga binoan sotib oluvchiga bunday ko‘chmas mulkka egalik huquqini topshirish bilan bir vaqtda ushbu ko‘chmas mulk joylashgan va undan foydalanish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkasining muayyan qismiga bo‘lgan huquqlar ham topshiriladi.
Sotuvchi sotilayotgan ko‘chmas mulk joylashgan yer uchastkasining mulkdori bo‘lgan taqdirda sotib oluvchiga yer uchastkasining tegishli qismiga mulk huquqi yoki ijara huquqi yoxud ko‘chmas mulkni sotish shartnomasida nazarda tutilgan boshqa huquq beriladi.
Agar shartnomada ko‘chmas mulkni sotib oluvchiga topshiriladigan tegishli yer uchastkasiga bo‘lgan huquq belgilangan bo‘lmasa, sotib oluvchiga yer uchastkasining ko‘chmas mulk joylashgan va bu ko‘chmas mulkdan foydalanish uchun zarur bo‘lgan muayyan qismiga mulk huquqi o‘tadi.
Sotuvchiga mulk huquqi asosida qarashli bo‘lmagan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulkni, agar bunday uchastkadan foydalanishning qonun yoki shartnomada belgilangan shartlariga zid bo‘lmasa, ana shu yer uchastkasi mulkdorining roziligisiz sotishga yo‘l qo‘yiladi. Bunday ko‘chmas mulk sotilganida sotib oluvchi ko‘chmas mulkni sotayotgan shaxs yer uchastkasining tegishli qismidan qanday shartlarda foydalangan bo‘lsa, o‘sha shartlarda foydalanish huquqini qo‘lga kiritadi. (O‘zbekiston RespublikasiFK 482 -modda).
Ko‘chmas mulkni sotish shartnomasida shartnoma bo‘yicha sotib oluvchiga topshirilishi lozim bo‘lgan ko‘chmas mulkni aniq belgilash imkonini beradigan ma’lumotlar, shu jumladan ko‘chmas mulk tegishli yer uchastkasida yoki boshqa ko‘chmas mulkning tarkibida qanday joylashganligini belgilash imkonini beradigan ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
Shartnomada bunday ma’lumotlar bo‘lmasa, boshqa shaxsga topshirilishi lozim bo‘lgan ko‘chmas mulk to‘g‘risidagi shartni taraflar o‘zaro kelishib olmagan, tegishli shartnoma esa tuzilmagan hisoblanadi. (O‘zbekiston RespublikasiFK 484 -modda).
Ko‘chmas mulkni sotish shartnomasida ana shu mulkning bahosi nazarda tutilgan bo‘lishi lozim.
Shartnomada taraflar yozma ravishda kelishgan ko‘chmas mulkning bahosi to‘g‘risidagi shart bo‘lmasa, uni sotish to‘g‘risidagi shartnoma tuzilmagan hisoblanadi.
Agar qonunda yoki ko‘chmas mulkni sotish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, yer uchastkasida joylashgan bino, inshoot yoki boshqa ko‘chmas mulkning shartnomada belgilangan bahosi ana shu ko‘chmas mulk bilan birga topshirilayotgan yer uchastkasi tegishli qismining bahosini yoki unga bo‘lgan huquqni o‘z ichiga oladi. (O‘zbekiston RespublikasiFK 485 -modda).
Ko‘chmas mulkning sotuvchi tomonidan topshirilishi va sotib oluvchi tomonidan qabul qilinishi taraflar imzolaydigan topshirish dalolatnomasi yoki topshirish to‘g‘risidagi boshqa hujjatga binoan amalga oshiriladi. Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, sotuvchining ko‘chmas mulkni sotib oluvchiga topshirish majburiyati bu mulk sotib oluvchiga topshirilganidan va topshirish to‘g‘risidagi tegishli hujjatni taraflar imzolaganidan keyin bajarilgan hisoblanadi.
Taraflardan birining ko‘chmas mulkni shartnomada nazarda tutilgan shartlarda topshirish to‘g‘risidagi hujjatni imzolashdan bo‘yin tovlashi, tegishli ravishda sotuvchining mulkni topshirish majburiyatini bajarishdan, sotib oluvchining esa mulkni qabul qilib olish majburiyatini bajarishdan bosh tortishi deb hisoblanadi.
Sotib oluvchining ko‘chmas mulkni sotish shartnomasining shartlariga mos bo‘lmagan ko‘chmas mulkni qabul qilib olishi, shu jumladan, bunday mos kelmaslik xususida ko‘chmas mulkni topshirish to‘g‘risidagi hujjatda aytib o‘tilgan hollarda ham, sotuvchini shartnomani tegishli darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod qilish uchun asos bo‘lolmaydi. (O‘zbekiston Respublikasi FK 486 -modda).
Agar sotuvchi sotib oluvchiga ko‘chmas mulkni sotish shartnomasining ko‘chmas mulk sifati to‘g‘risidagi shartlariga mos bo‘lmagan ko‘chmas mulkni topshirsa, Fuqarolik Kodeksi 434-moddasining qoidalari qo‘llaniladi, sotib oluvchining tegishli darajada sifatli bo‘lmagan tovarni tegishli darajada sifatli bo‘lgan boshqa tovarga almashtirib berishni talab qilish huquqi to‘g‘risidagi qoidalar bundan mustasno.

Yüklə 102,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə