10-variant 10 ichida qo‘shish va ayirishni o‘rganish metodikasi. O‘quvchilarni 10 ichida qo‘shish va ayirish amallari bilan tanishtirishda ko‘rgazmalilik. „O‘nlik“ mavzusi bo‘yicha dars parchasini tuzing 10 ichida qo‘shish va ayirishni o‘rganish



Yüklə 331,62 Kb.
səhifə3/7
tarix09.05.2023
ölçüsü331,62 Kb.
#109340
1   2   3   4   5   6   7
194835 answer BT 207-GURUH TALABASI ERKINOVA MADINANING MATEMATIKA OQITISH METODIKASI FANIDAN ORALIQ NAZORAT ISHI (4)

Qo‟shish va ayirishni o‘rganishga doir tayyorgarlik ishi nomerlanishni o‘rganishda 
birinchi darslaridanoq boshlanadi. Bunda yuqorida aytib o‘tilganidek, natural ketma-ketlikdagi 
sonlarning hosil bo‘lish hollari (a+1) bilan bir qatorda qo‘shish va ayirishning boshqa hollari 
ham qaraladi. Bu amallaming natijalarini topishda to‘plamlar ustida ko‘p marta amallar bajarib, 
shuningdek masalalar yechishda o‘quvchilar to‘plamlarni birlashtirish amallari qo‘shish 
amaliga, ulaming qismini ajratish esa ayirish amaliga mos kelishini aniqlaydilar. Bundan 
tashqari o‘quvchilaming e‘tiborini qo‘shganda 
oldingidan ko‘payishiga ayirganda esa kamayishiga e‘tiborni qaratmog‘i zarur. 
O‟quvchilar nomerlashni o‘rganishning oxiriga borib birinchi o‘nlikdagi istalgan 
songa bimi qo‘shishi yoki ayirish bilan hosil qilish usulini mustahkam o‘rganib borishlari va bu 
usuldan foydalanib (birin-ketin) sanash bilan emas, bimi qo‘shish va ayirish bilan bemalol 
bajarishlari lozim. Bolalar sekin-asta o‘z kuzatishlarini umumlashtiradilar va quyidagicha 
xulosaga keladilar: 
Songa 1 ni qo‘shish-bu undan keyingi keluvchi sonni aytish demakdir. Sondan 1 ni 
ayirish undan oldingi keluvchi sonni aytish demakdir. Alohida ajratilgan darsga o ‘rganilgan 
barcha a+1 hollar sistemalashtiriladi. O‘qituvchi rahbarligida bolalar "1 = qo‘shish‖ va "1 ni 
ayirish‖ jadvallarini tuzadilar va ulami yod oladilar. Bir tomondan, hisoblash usullarining 
o‘xshashligini, ikkinchi tomondan qo‘shish va ayirish amallarining qarama-qarshi xarakterini 
ta‘kidlash uchun ―2 ni qo‘shish‖ va ―2 ni ayirish‖ xuddi shuningdek keyinroq ―3 ni qo‘shish‖ 
va ―3 ni qo‘shish‖ va ―3 ni ayirish‖ hamda ―4 ni qo‘shish‖ va ―4 ni ayirish‖ hollari bir-biri bilan 
taqqoslanib bir vaqtda o‘rganiladi. 
Hisoblash malakalari ustida ish quyidagi reja bo‘yicha olib boriladi: 
1) qo‘shish va ayirish usullari bilan tanishish
2) bu usullami qo‘llashga va hisoblash malakalarini egallashga doir mashqlar. 
3) jadvallar tuzish va ulami yod olish, hisoblash malakalarini egallash ―2 ni 
qo‘shish va ayirish‖ni o‘rganish. Bularni o‘tish usuli bilan tanishtirish metodikasini 
qarab 
chiqaylik. 
Tayyorgarlik davrida ( mavzuni o‘rganishga 1-2 dars qolganda) bolalaming 6+1+1, 9- 
1-1 ko‘rinishidagi ikki amalli misollami yechishga o‘rgatish tavsiya etiladi, bunda bolalarda 1 
ni qo‘shish va ayirish malakalari mustahkamlanadi va quyidagicha kuzatishlar paydo bo‘ladi: 
Agar 1 ni va 1 ni qo‘shsak (ayirsak), u holda bor yo‘g‘I 2 ni qo‘shgan (ayirgan) 
bo‘lamiz. Dastlab bunday masalalami yechishni predmetlar ustida amallar bajarish orqali 
namoyon qilinadi. Masalan, ―4 ta ko‘k kvadrat qo‘ying, 1 ta sariq kvadratni va 1 ta qizil 
kvadratni surib qo‘ying. Nechta kvadrat hosil bo‘ladiq 4+1+1, bunday misolni qanday 
yechishimizni tushuntiring (4 ga 1 ni qo‘shamiz, 5 hosil bo‘ladi, 5 ga 1 ni qo‘shamiz 6 hosil 
bo‘ladi‖) 7-1-1 misol ham xuddi shunday yechiladi. Hisoblashlaming yangi usullarini 
o‘rganishga bag‘ishlanadigan darsda ham dastlab bir nechta tayyorgarlik mashqlari bajariladi, 
bolalar misollami (8+1+1, 9-1-1 va h.k.) ulaming har birini tushuntirib yechadilar. O‘qituvchi 
savol beradi. ―agar 1 ni yana 1 ni qo‘shgan bo‘lsak, hammasi bo‘lib qancha qo‘shdik (agar) 1 ni 
va yana 1 ni ayirgan bo‘lsak, hammasi bo‘lib nechani ayirdik?)‖N avbatdagi uchinchi davrda 
―5,6,7,8,9 ni qo‘shish‖ hollari uchu qo‘shish usullari o‘rganiladi. Bu misollarda 10 ichida 
qo‘shishda ikkinchi qo‘shiluvchi birinchi qo‘shiluvchidan katta (1+9, 2+7, 3+5, 4+6...). Agar 

77 


hisoblashlarda qo‘shiluvchilarning o‘rni almashtirilsa, u hollarda barchasi ilgari o‘rganilgan 
a+1, a+2, a+3, a+4 ko‘rinishdagi hollarga keladi. 

Yüklə 331,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə