10-variant 10 ichida qo‘shish va ayirishni o‘rganish metodikasi. O‘quvchilarni 10 ichida qo‘shish va ayirish amallari bilan tanishtirishda ko‘rgazmalilik. „O‘nlik“ mavzusi bo‘yicha dars parchasini tuzing 10 ichida qo‘shish va ayirishni o‘rganish


Qo‟shishning o‟rin almashtirish xossasini o‟qitishda innovatsion ta'lim



Yüklə 331,62 Kb.
səhifə4/7
tarix09.05.2023
ölçüsü331,62 Kb.
#109340
1   2   3   4   5   6   7
194835 answer BT 207-GURUH TALABASI ERKINOVA MADINANING MATEMATIKA OQITISH METODIKASI FANIDAN ORALIQ NAZORAT ISHI (4)

3.Qo‟shishning o‟rin almashtirish xossasini o‟qitishda innovatsion ta'lim 
texnologiyasidan foydalanish. 
Qo‘shiluvchilaming o‘rnini almashtirish usullari bolalar tushunib olishlari uchun dastlab 
ularga qo‘shishining o‘rin almashtirish xossasi mohiyati ochib berish maqsadga muvofiqdir. 
Qo‘shishning o‘rin almashtirish xossasi bilan bolalami quyidagicha tanishtirish 
mumkin. O‘quvchilarga masalan, 4 ta yashil va 3 ta qizil uchburchak olish buyuriladi. 
O‘qituvchi 3 ta uchburchakni 4 ta uchburchakka qo‘shib qo‘ying. Uchburchaklar nechta 
bo‘ladiq Buni qanday bildingiz? 
O‘quvchi: 4 ga 3 qo‘shilsa 7 hosil bo‘ladi (yozadi:4+3=7) 
O‘qituvchi endi uchburchakning rangiga qarab ajrating va 4 ta uchburchakni 3 ta 
uchburchakka qo‘shib qo‘ying. Uchburchaklar nechta bo‘ladiq 
O‘quvchi: bu gal ham 7 ta (yozadi 4+3=7). 
O‘qituvchi: bu misollami sonlarni qo‘shishdagi parametr nomlari bilan aytib bering. 
O‘quvchi: birinchi qo‘shiluvchi 4, ikkinchi qo‘shiluvchi 3, yig‘indi 7. Birinchi 
qo‘shiluvchi 3, ikkinchi qo‘shiluvchi 4 yig‘indi 7. 
O‘qituvchi: bu misollar nimasi bilan o‘xshash? 
O‘quvchi: qo‘shiluvchilar bir xil, yig‘indi bir xil. 
O‘qituvchi: bu misollar nimasi bilan farq qiladiq 
O‘quvchi: qo‘shiluvchilarni o‘mi almashdi. 
So‘ngra qo‘shiluvchilaming o‘rin almashtirish usulining mohiyatni ochib beradi, ya‘ni 
hisoblashlarda qachon o‘rin almashtirish xossasidan foydalanish ko‘rsatiladi. Ana shu 
maqsadda amaliy xarakterdagi masalalar yechiladi. Masalan, har xil joyda turgan 2 qop va 7 
qop unni bir joyga joylashtirish kerak. Uni qanday bajargan ma‘qul. 2 qopni 7 qop oldiga 
keltirib qo‘yishi yoki aksinchami? Bolalar turmushda ko‘rganlaridan foydalanib masalani 
yechadilar. So‘ngra 1+3, 3+1, 2+4, 4+2 ko‘rinishdagi misollardan bir juftini tushuntiradi. 
Qolganlarini o‘quvchilar mustaqil yechadilar, hisoblash usullarini 
taqqoslaydilar. 
Sonlami qanday qilib tezda hisoblash mumkinligini aniqlaydilar. Bunday mashqlar 
asosida o‘quvchilar quyidagi xulosaga keladilar: katta songa kichik sonni qo‘shish, kichik 
songa katta sonni qo‘shishga qaraganda oson, qo‘shish paytida esa qo‘shiluvchilaming 
o‘rinlarini doimo almashtirish mumkin, bunday yig‘indi o‘zgarmaydi. 

Yüklə 331,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə