10-variant 10 ichida qo‘shish va ayirishni o‘rganish metodikasi. O‘quvchilarni 10 ichida qo‘shish va ayirish amallari bilan tanishtirishda ko‘rgazmalilik. „O‘nlik“ mavzusi bo‘yicha dars parchasini tuzing 10 ichida qo‘shish va ayirishni o‘rganish



Yüklə 331,62 Kb.
səhifə5/7
tarix09.05.2023
ölçüsü331,62 Kb.
#109340
1   2   3   4   5   6   7
194835 answer BT 207-GURUH TALABASI ERKINOVA MADINANING MATEMATIKA OQITISH METODIKASI FANIDAN ORALIQ NAZORAT ISHI (4)

To‟rtinchi darsda ―5, 6, 7, 8, 9 ni ayirish‖ hollari uchun natijani topishda qo‘shish va 
ayirishning bog‘lanishiga asoslangan ayirish usullari o‘rganiladi. Masalan, 10- 8 misolini 
yechish uchun 10 sonini 8 va 2 sonlarining yig‘indisi bilan almashtirish va undan 
qo‘shiluvchilardan biri bo‘lgan 8 ni ayirish kerak, ikkinchi qo‘shiluvchi 2 ni hosil qilamiz. Bu 
usuldan foydalanish uchun sonlaming qo‘shiluvchilardan iborat tarkibini, shuningdek yig‘indi 
va qo‘shiluvchilar o‘zaro qanday bog‘langanligini bilish kerak.
Qo‟shish komponentiari va amal natijasi orasidagi bog‘lanishni egallashda 
tayyorgarlik bosqichi qo‘shish va ayirish ustida ishning boshidan boshlanadi. Shu maqsadda 
maxsus mashqlar ko‘zda tutiladi, berilgan rasm (lta katta va 2 ta kichik koptok) bo‘yicha 
qo‘shish va ayirishga doir misollar tuzish yoki bir rasmning o‘zi bo‘yicha qo‘shishga doir 
masala va ayirishga doir masala tuzish; 4+3 va 7-3 ko‘rinishdagi misollar juftini yechish va 
taqqoslash. Qo‘shish amali komponentiari va amal natijalari orasidagi bog‘lanish bilan 
tanishishga maxsus dars ajratiladi. Yangi material ustida ishni 
quyidagicha olib boorish mumkin. 
O‘qituvchi partaga 5 ta qizil va 4 ta ko‘k, doiracha qo‘ying, hammasi bo‘lib nechta 
doiracha qo‘ydingiz? 
O‘quvchi: 5 ga 4 ni qo‘shish kerak, 9 hosil bo‘ladi (yozadi). 
O‘qituvchi: sonlami bunday qo‘shishdagi nomlarini aytib, misolni o‘qing. 
O‘quvchi: birinchi qo‘shiluvchi 5, ikkinchi qo‘shiluvchi 4, yig‘indi 9. 

78 


O‘qituvchi: 4 ta ko‘k doirachani chetga surib qo‘ying. Nechta doiracha qoldiq Buni 
qanday bildingiz? 
O‘quvchi: 9 dan 4 ni ayiramiz, 5 hosil bo‘ladi (yozadi). 
O‘qituvchi: shu misolni sonlar birinchi misolda qanday atalgan bo‘lsa shunday o‘qing. 
O‘quvchi: yig‘indi 9 dan qo‘shiluvchi 4 ni ayirdik, birinchi qo‘shiluvchi 5 ni hosil 
qildik. 
9-5=4 hoi ham shunga o‘xshash qarab chiqiladi. 
Shunday misollardan yetarlicha yechdirish kerak, natijada bolalar o‘z kuzatishlari 
asosida quyidagi xulosani chiqaradilar: agar yig‘indidan birinchi qo‘shiluvchini ayirsak 
ikkinchi qo‘shiluvchi hosil bo‘ladi; agar yig‘indidan ikkinchi qo‘shiluvchi ayrilsa, birinchi 
qo‘shiluvchi hosil bo‘ladi. 
Yig‘indi va qo‘shiluvchilarga doir bilimlami mustahkamlash uchun o‘quvchilar 
quyidagi mashqlami bajaradilar; qo‘shishga doir berilgan misol bo‘yicha, ayirishga doir 2 ta 
misol tuziladi va ular yechiladi (2+4=6, 6-4= 6-2= ) berilgan 3 ta son yordamida 4 ta misol 
(4+5, 5+4, 9-5) tuziladi va yechiladi. 
X+2=5, 4+x= 10 ko‘rinishdagi tenglamalarni yechib noma‘lum sonni topadi. 
Shunga o‘xshash x-4=3, 8-x+5 kabi ayirishdagi noma‘lum komponentiari topishga doir 
ham yetarli misollami yechdirish mumkin. Ko‘paytirishning o'rin almashtirish, gruppalash va 
ko‘paytirishning qo‘shishga nisbatan tarqatish (qavslami ochish) xossalarini tushuntirish
2)ko‘paytirish jadvalini o‘rgatish (yodlatish); 
3)jadvaldan tashqari ko‘paytirish va bo‘lishni o‘rgatish (0 ga ko‘paytirish, 1 ga 
ko‘paytirish va bo‘lish, qoldiqli bo‘lish); 
100 ichida ko‘paytirish va bo‘lishni bir necha bosqichga bo‘lib o‘rgatamiz. 

Yüklə 331,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə