10-mavzu. Po’lat va boshqa qotishmalarga termik ishlov berish texnologiyasi. Reja: Po‘latni yumshatish, normallash. To’la yumshatish


Yuza toblanadigan detalni yuqori chastotali tok bilan qizdirish



Yüklə 17,85 Kb.
səhifə7/7
tarix23.12.2023
ölçüsü17,85 Kb.
#154591
1   2   3   4   5   6   7
10-mavzu. Po’lat va boshqa qotishmalarga termik ishlov berish te-hozir.org

Yuza toblanadigan detalni yuqori chastotali tok bilan qizdirish. Fizika kursidan ma’lumki tok o‘tganda qarshilikka uchrab, detal qiziydi:
Q = 0,239I2RT kol.
I - tok kuchi (amper),R - qarshilik (om),T - vaqt (sek).
Qattiq va tez qiziydi: sekundiga 30-1000oS; yuqoridagi pechlardan 1000 marta ortiq. Afzalliklari: 1) detalni istalgan chuqurlikkaga kotlami toblanadi; 2) detalning qattiqligi, oquvchanlik chegarisi, zarbiy qovushqoqligi yuqori; 3) ish unumi yuqori; 4) detal sirtida kuyundi (nagar) bo‘lmaydi; 5) tob tashlanmaydi; 6) avtomatlashtirish oson; 7) istalgan formadagi detal sirti toblanadi.
Po‘latlarni toblanuvchanligi va toblash chuqurligi. Toblanishlik va toblash chuqurligi po‘latlarning muhim xarakteriktikasidir. Toblanishlik detal qattiqligi bilan o‘lchanadi va asosan po‘lat tarkibidagi uglerod miqdoriga bog‘liq. Toblash davrida detal yuzasi Vkr dan yuqori tezlikda sovitiladi. Demak, detal yuzasida martensit strukturasi hosil bo‘ladi, ya’ni yuqori qattiqlikka ega.
Amalda xoxlagan muhitda, xoxlagan detalni sovitilganda detal sirti bilan o‘zagi bir xil sovimaydi. Agar sovitish tezligi Vkr dan past bo‘lsa (o‘zagida), u yer toblanmaydi – martensit hosil bo‘lmaydi.
Po‘latni ma’lum chuqurlikkacha toblanishlik qobiliyati uning toblanishlik chuqurligi deyiladi.
Shartli kelishilgan, toblanish chuqurligini baholashda toblangan deb hisoblanadi agar, qachonki, shu qatlamni 50% qismi amrtensitdan iborat bo‘lsa. (yarim martensit zona deyiladi). Shu narsa aniqlanganki, po‘latni xohlagan element bilan legirlash po‘latni toblanish chuqurligini oshiradi. (kobalt elementidan tashqari).
Toblanishlik chuqurligini o‘lchash usulini eng ko‘p tarqalganida diametri D=0,025m va uzunligi L=0,1m. bo‘lgan valni ko‘ndalang kesimi toblash haroratigacha qizdirilib, tizillagan suv oqimi bilan sovitiladi. Namuna sovitilib bo‘lgach valni tsilindrini yasovchisi bo‘ylab namuna uzunligi bo‘ylab qattiqlik chiziladi.
Nazorat savollari.
1.Yumshatish deb qanday termik ishlovga aytiladi va uning qanday turlari mavjud?
2.Asbobsozlik po`latlari uchun yumshatishning qaysi turi qo`llaniladi?
3. Normallash nima maqsadda qo`llaniladi?
4.Toblash temperaturasi qanday aniqlanadi?

http://hozir.org
Yüklə 17,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə