10-mavzu. Po’lat va boshqa qotishmalarga termik ishlov berish texnologiyasi. Reja: Po‘latni yumshatish, normallash. To’la yumshatish



Yüklə 17,85 Kb.
səhifə2/7
tarix23.12.2023
ölçüsü17,85 Kb.
#154591
1   2   3   4   5   6   7
10-mavzu. Po’lat va boshqa qotishmalarga termik ishlov berish te-hozir.org

Chala yumshatish: PSK dan yuqorida qizdiriladi. Perlit qayta kristallanadi, evtektoigacha bo‘lgan po‘latlarda Ferrit, evtektoiddan keyingi po‘latlarda tsementit o‘zgarmay qoladi. Chala yumshatish asosan evtektoiddan keyingi po‘latlarda ishlatiladi. Evtektoidgacha bo‘lgan po‘latlardan prokatlangan va bolg‘alangan buyumlargina chala yumshatiladi: perlit qayta kristallanadi, ichki kuchlanish yo‘qoladi.
Sferoidlovchi yumshatish (donador tsementit hosil qilish): 740-760o gacha qizdiriladi, ma’lum vaqt tutib turib, sekin sovitiladi. Plastinkasimon tsementit sferoidal tsementitga aylanadi: Ac1 dan yuqorida perlit Austenitga aylanadi, ortiqcha tsementit o‘zgarmay qoladi, ya’ni geterogen struktura hosil bo‘ladi. Buni kesib ishlash juda oson. Bu usul evtektoiddan keyingi po‘latlarga va legirlangan po‘latlarga ishlatiladi. Bu chala yumshatishni bir turi.
Diffuzion yumshatish (gomogenlash).Quyma po‘lat tarkibi bir xil bo‘lmaydi: dendrit va zonal likvatsiyalar bo‘ladi. Bunday po‘latni bir jinsli (gomogen) qilish uchun u AS3 dan 180-300oS yuqori qizdirib, ma’lum vaqt (12-15 soat) ushlab turib sekin sovitiladi. Po‘latni bu tur termik ishlashni diffuzion yumshatish yoki gomogenlash deyiladi. Po‘lat yuqori temperaturagacha (1000-1100oS) qizdirib, shu temperaturada uzoq vaqt ushlab turilganda uning donalari ancha yiriklashadi. Sh/u diffuzion yumshatilgan po‘lat quyma strukturasi yirik donali bo‘ladi.
Izotermik yumshatish. Evtektoidgacha bo‘lgan po‘lat AS3 dan, evtektoiddan keyingi po‘lat AS1 dan 20-30oS yuqori temperaturagacha qizdirilib, so‘ngra Ar1 dan 50-100oC past temperaturagacha tez sovitiladi va austenit ferrit bilan tsementitga (AF+Ts) batamom parchalanguncha shu temperaturada tutib turiladi. Izotermik yumshatishning odatdagi yumshatishdan afzalligi shundaki, po‘latni izotermik yumshatishda vaqt kam ketadi va gomogen darajasi ancha yuqori struktura hosil bo‘ladi.



Yüklə 17,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə