10-mavzu. Po’lat va boshqa qotishmalarga termik ishlov berish texnologiyasi. Reja: Po‘latni yumshatish, normallash. To’la yumshatish



Yüklə 17,85 Kb.
səhifə1/7
tarix23.12.2023
ölçüsü17,85 Kb.
#154591
  1   2   3   4   5   6   7
10-mavzu. Po’lat va boshqa qotishmalarga termik ishlov berish te-hozir.org


10-mavzu. Po’lat va boshqa qotishmalarga termik ishlov berish texnologiyasi. Reja: Po‘latni yumshatish, normallash. To’la yumshatish

10-mavzu. Po’lat va boshqa qotishmalarga termik ishlov berish texnologiyasi.
Reja:
1.Po‘latni yumshatish, normallash. To’la yumshatish.
2. Chala yumshatish, sferoidlash. Yumshatishdan maqsad.
3. Po’latni normallash. Normallashning po’latni ichki tuzilishi va xossalariga ta’siri.
4. Po’latnitoblash. Toblashuchunqizdirishtemperaturasi. Qizdirishmuhitlarivavaqti.


Po‘latni yumshatish. Po‘latni AS3 yoki AS1 kritik nuqtadan yuqori temperaturagacha qizdirib, sekin (uzluksiz yoki tuxtab-tuxtab) sovitish jarayoniga yumshatish deyiladi. Yumshatishda po‘lat donalari maydalashadi, qattiqligi pasayadi, kesib ishlash osonlashadi, plastikligi oshadi, ichki kuchlanish yo‘qoladi. Yumshatish ikki turga bo‘linadi: I – turda A1 yoki A3 dan pastda, II – turda yuqorida qizdiriladi. I – tur rekristallizatsion yumshatish ham deyiladi. Sovutish ham ikki xil: 1. Uzluksiz, 2. O‘zgarmas temperaturada (izotermik).
Birinchi tur yumshatish: maqsad: sovuqlayin bosim bilan ishlashda hosil bo‘lgan ichki kuchlanishlari yo‘qotish, qattiqlikni pasaytirish. (600-727oS ichida qizdiriladi, ma’lum vaqt ushlab turiladi, sekin sovitiladi.)
Ikkinchi tur yumshatish: maqsad: donalarni maydalash, barqaror va ancha yumshoq struktura olish, dendrit likvatsiyali yo‘qotish (kimyoviy bir xil emasligi). Bu tur bir necha xillarga bo‘linadi.
To‘la yumshatish. GSE dan 20-30oS yuqorida qizdirib sekin sovitiladi. Odatda evtektoidgacha va evtektoid po‘latlar yumshatiladi – to‘la; evtektoiddan keyingi po‘lat chala yumshatiladi.
Issiqlayin bosim bilan ishlangan po‘latlarni va quyma po‘latlarni to‘la yumshatkanda donalar maydalanadi, ferrit va perlit bir tekis taqsimlanadi. Po‘lat quymalarda uchraydigan vidmanshtetteyn struktura (yirik perlit plastinkalari bilan ferritning bir-biriga qiya joylashgan yirik plastinkalari (ba’zam ignalari) ham mayda donalardan iborat F bilan P ga aylanadi.

Yüklə 17,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə