10-mavzu. Po’lat va boshqa qotishmalarga termik ishlov berish texnologiyasi. Reja: Po‘latni yumshatish, normallash. To’la yumshatish


-rasm. Izotermik yumshatish grafigi



Yüklə 17,85 Kb.
səhifə3/7
tarix23.12.2023
ölçüsü17,85 Kb.
#154591
1   2   3   4   5   6   7
10-mavzu. Po’lat va boshqa qotishmalarga termik ishlov berish te-hozir.org

3 8-rasm. Izotermik yumshatish grafigi
Po‘latni normallash. Evtektoidgacha bo‘lgan po‘latlarni AS3 dan, evtektoiddan keyingi po‘latlarni Asm dan 30-50oS (GSE dan) yuqori temperaturagacha qizdirib, so‘ngra havoda sovitish jarayoni normallash deb ataladi. Maqsad: evtektoidgacha bo‘lgan po‘latlarda mayda donali struktura hosil qilish, evtektoiddan keyingi po‘latlarda esa ichki kuchlanishlarni va naklepni yo‘qatishda yoki kesib shtamplashdan oldin gomogen struktura olish.
Uglerod miqdoriga qarab, normallangan po‘lat strukturasi – mexanik xossalari har xil bo‘ladi. Tarkibida uglerod miqdori kam (0,2-0,3%) bo‘lgan po‘latlar normallanganda, ularning strukturasi, xuddi yumshatilgandan kabi, ferrit bilan perlitdan iborat, lekin maydaroq. Shu normallangan po‘latning puxtaligi yumshatilgan po‘latnikiga qaraganda yuqorirok, plastikligi esa pastroq bo‘ladi.
Po‘latni toblash. Po‘latni AS3 yoki AS1 kritik nuqtalardan yuqori temperaturagacha qizdirib, shu temperaturada zarur o‘zgarish bo‘lguncha tutib turilgandan keyin uni tez sovitish jarayoni – protsessi toblash deb ataladi.
Evtektoidgacha po‘lat GS (AS3) chizig‘idan evtektoiddan keyingi po‘latlar SK (AS1) chizig‘idan 30-50oS yuqorida qizdirib, ma’lum vaqt shu haroratda tutib turilgandan keyin tez sovitilsa, mayda ninasimon tuzilishdagi martensit hosil bo‘ladi. Evtektoidgacha bo‘lgan po‘lat AS3 bilan AS1 orasida qizdirib toblansa, qizdirish davrida ferritning bir qismi austenitga aylanmay qoladi va po‘lat strukturasi martensit va ferritdan iborat bo‘ladi: buni chala toblash deyiladi.
Evtektoiddan keyingi po‘latni As1 va As3 (Asm) orasida qizdiriladi: bunda tsementitning bir qismi saqlanib qoladi. Ortiqcha tsementit po‘latning qattiqligini va yeyilishga chidamliligini oshiradi. Asm dan yuqorida qizdirilsa, austenit donalari yiriklashib, ichki kuchlanishlar hosil bo‘lish ehtimoli kuchayadi.

Yüklə 17,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə