1. Umumiy qoidalar. Yer inshootlari turlari. Gruntga ishlov berish texnologik jarayonining tarkibi


Gruntning filьtratsiya (suvni sizib chiqarish) koeffitsienti



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/57
tarix30.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#167832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
3-mavzu Gruntga ishlov berish texnologiyasi (1)

Gruntning filьtratsiya (suvni sizib chiqarish) koeffitsienti
. Grunt suvlarining harakat tezligi 
gruntning g’ovakligiga bog’liq; bu tezlik turli gruntlar va jinslar uchun turlicha bo’ladi, shuning uchun 
gruntlarning suv o’tkazuvchanligi shu tezlik bilan tavsiflanadi. Grunt suvlarining harakat tezligiga (m/sut) 
filьtratsiya (suvni sizib chiqarishi) koeffitsienti deb ataladi. Gruntning zarrachalari qanchalik kichik 
bo’lsa, shu zarrachalar orasidagi g’ovaklar ham kichik bo’ladi, demak ular orasidan suvning sizib 
chiqishi-filьtratsiya tezligi ham kichik bo’ladi va aksincha. Filьtratsiya koeffitsienti turli gruntlar uchun 
har xil, m/sut: loy – 0; tuproq – < 0,05; mayda zarrachali qo’m – 1...5,shag’al- 50...150. 
Gruntning zichligi
– bu 1m

gruntning tabiiy holatdagi ya’ni zich holatdagi massasi. Qurilish 
mashinalarining ish unumdorligi grunt zichligi va undagi zarrachalarning o’zaro bog’lanish kuchiga 
bog’liq bo’ladi. Turli ko’rinishdagi gruntlarning zichligi sezilarli chegaralarda o’zgaradi. Serbalchiq 
gruntlarning o’rtacha zichligi 0,6 t/m
3
, qumli gruntlarniki 1,6...1,7 t/m

, qoyatosh gruntniki esa 2,6...3,3 
t/m

ni tashkil etadi.
Gruntning bog’langanligi (tortishishi)
boshlang’ich siljishga qarshiligi bilan tavsiflanadi, u 
gruntning turi va namligiga bog’liq. Bog’lanish kuchi qumli gruntlar uchun 0.03...0.05 MPa ni, loyli 
grunt uchun 0,05...0,3MPa ni tashkil etadi. 
Yumshatilishi (yumshatilganligi). 
Ishlanganda grunt yumshaydi va bunda uning hajmi dastlabki 
hajmga nisbatan ko’payadi. SHu sababli gruntning tabiiy va yumshatilgan holatdagi hajmlari bir-biridan 
farq qiladi. Yumshatilganda grunt hajmining oshishi turli gruntlarda katta miqdorga farqlanadi va u 
boshlang’ich yumshatilish
deyiladi. Vaqt o’tishi bilan bu yumshatilgan grunt yuqorida joylashgan qatlam 
og’irligi ta’sirida, atmosfera, yog’ingarchilik ta’sirida yoki mexanik ta’sirida asta-sekin zichlanadi. Lekin 
grunt kovlagunga qadar egallagan hajmini egallamaydi. Grunt cho’kkandan va zichlangandan keyingi 
darajasi 
qoldiq yumshatilishi
deyiladi. Boshlang’ich va qoldiq yumshatilishi miqdori keyingi gruntning 
gruntning zich holatdagi hajmiga nisbatan % bilan ifodalanadi. Grunt hajmining bu ko’payishini hisobga 
oladigan koeffitsientlarni, boshlang’ich (dastlabki) va qoldiq yumshatilish koeffitsienti deyiladi(5.1 
jadval). 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə