1. Umumiy qoidalar. Yer inshootlari turlari. Gruntga ishlov berish texnologik jarayonining tarkibi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/57
tarix30.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#167832
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57
3-mavzu Gruntga ishlov berish texnologiyasi (1)

yumshatish
qoya toshli, muzlagan va boshqa turdagi zich hamda ishlov berish qiyin 
bo’lgan gruntlarda bajariladi. Ushbu maqsadda ekskavator strelasiga osma uskunalar –shar yoki qoziqli 
bolg’alar osiladi, traktor yoki bulьdozerga tirkamali yumshatgich yoki plug ildiriladi.Juda ham zich 
gruntlarni yumshatishda portlatish ishlari qo’llaniladi. 
Er ishlarini bajarishda yordamchi jarayonlar 
Qazilma devorlarini vaqtincha mahkamlash 
Bino inshootning yer osti qismini barpo etishda qazilma qiyaliklariga va devorlarga alohida 
talablar qo’yiladi.Ularni mahkamlash zarurligi shu bilan bir qatorda mahkamlovchi konstruktsiyalar
barpo etilayotgan inshootning yer osti qismi konstruktsiyalari va gidrogeologik sharoitlarga bog’liq. 
Er osti suvlari mavjud bo’lmagan tabiiy namlangan gruntlarda tik (vertikalь) devorlar 
mahkamlanmasligiga ruxsat etiladi:qumli va yirik toshli gruntlarda qazilma chuqurligi 1m; loyli qumlarda 
– 1,25m; qumli loy va loylarda – 1,5 m; o’ta zich gruntlarda – 2m dan oshmaganda.
Katta chuqurlikda qazilma devorlariningo’pirilishi va ko’chishining oldini olish uchun ular 
qiyalik bilan barpo etiladi, ularning parametri QMQ bo’yicha aniqlanadi va belgilanadi.Qiyalik bilan 
barpo etishning zarurligi o’z navbatida yer inshootlari gabaritlarining ma’lum miqdorda ortishiga, shu 
bilan birga grunt ishlari hajmi, material va mehnat sarfi oshishiga olib keladi. 
Er ishlari hajmini kamaytirish uchun,shuningdekqurilish maydonining torligi sababli 
qazilmalarni qiyalik bilan qazishning iloji bo’lmagan hollarda yoki grunt suvlari mavjud bo’lgan 
vaziyatdaqazilmalar vertikal devorlar bilan quriladi. 
Er inshootlari devorlarini vaqtincha mahkamlash, yog’och yoki po’lat shpuntlar bilan,devorlarni 
tirgakli mahkamlovchi tayanch ustunliyog’och shchitlar bilan bajarilishi mumkin. (5.6. rasm). 
SHpuntli to’siq
mavjud usullardan eng ishonchlisi, lekin u eng qimmatlisidir ham. SHpunt 
mavjud bino va inshootlar yaqinidagisuvga to’yingan gruntlarni qazishda qo’llaniladi. Gruntga bo’lajak 
kotlovan chuqurligidan 2...3m chuqurroqqa (hisobiy ko’rsatgich) temir yoki yog’ochli shpunt qoqiladi, 
shunda qazilma tashqarisidagi gruntning turg’unligi va tabiiy holati ta’minlanadi. Temir ustunlar sifatida 
prokat profillar (shveller, dvutavr, quvurlar) yoki maxsus ishlab chiqarilgan prokatdan foydalaniladi 
(5.6.d- rasm). 
SHpunt yaxlit yagona devor ko’rinishida bo’lishi mumkin, agar uzlukli bo’lsa,qazish chog’ida 
ustunlar orasida yog’och zabirka – shchitlar, alohida taxtalar, to’rt qirrali yog’och bruslar lar qoqiladi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə