1. Umumiy qoidalar. Yer inshootlari turlari. Gruntga ishlov berish texnologik jarayonining tarkibi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/57
tarix30.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#167832
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   57
3-mavzu Gruntga ishlov berish texnologiyasi (1)

Qiyaliklar tikligi. 
Texnika xavfsizligi sharti bo’yicha kotlovan va transheyalarning tik 
devorlarini mahkamlamay qazish faqat gruntni tabiiy xoldagi namligi va quyidagi chuqurlik 
ko’rsatgichlardan yuqori bo’lmaganda ruxsat etiladi: tukiladigan, qumli, va shag’alli gruntlarda – 1m; 
loyli qumlarda – 1,25m; qumli loylarda va loylarda – 1,5 m; juda zich qoyamas gruntlarda – 2.0m. 
Juda zich qoyamas gruntlarda, chuqurligi 3m gacha bo’lgan transheyalarni mahkamlamasdan 
qazishga ruxsat etiladi, shu shart bilankim, grunt mexanizmlar yordamida qaziladi va bu transheyaga 
ishchilar tushmaydi. 
Kotlovan va transheyalarning chuqurligi ko’rsatilgan qiymatdan katta bo’lganda, devorlar 
mahkamlanib yoki qiyalik (nishab) bilan qaziladi. 
Gruntlarning tabiiy namlikdagi ruxsat etilgan qiyalik tikligi ishlarni bajarishdagi xavfsizlik 
sharoitiga, qazilayotgan qazilma chuqurligi va ko’tarma balandligiga bog’liq holda 5.2 –jadval bo’yicha 
qabul qilinadi. 
5.2-jadval
Ruxsat etilgan qiyalik tikligi. 
Gruntlar 
Qiyaliklar tikligi qazilma chuqurligida, m 
1,5 gacha 
1,5dan 3 m gacha 
3 dan 5 m gacha 
To’kma, tabiiy namlikdagi
1:0,25 
1:1 
1:1,25 
Qumli va shag’alli namli 
1:0, 5 
1:1 
1:1 
Loyli qum 
1:0,25 
1:0,67 
1:0,85 
Qumli loy 
1:0 
1:0,5 
1:0,75 
Loy 
1:0 
1:0,25 
1:0,5 
Sog’tuproq (lyoss) 
1:0 
1:0,5 
1:0,5 
 
4. Yer ishlari bajarilishidagi tayyorlov va yordamchi jarayonlari 
Er inshootlarini rejalash 
Inshootlarni rejalash (o’rnini belgilash) ularning holatini joyida o’rnatish va mahkamlashdan 
iborat. Rejalash geodezik instrumentlar va turli xil o’lchov moslamalari bilan amalga oshiriladi. 
Kotlovanni rejalash qurilish loyihasi asosida asosiy ishchi o’qlarni ya’ni binoning asosiy 
o’qlarini joyiga ko’chirib ularni mahkamlashdan boshlanadi. Keyin bo’lajak kotlovanning chetlaridan 2..3 
m masofada asosiy rejalash o’qlariga parallel qilib obnoskalar o’rnatiladi.
 
Bir marta ishlatiladigan 
obnoska 
gruntga urib kirgizilgan metall ustunlar yoki yerga ko’milgan 
yog’och qoziqlar va ularni biriktiruvchi taxtadan iborat. Qalinligi 40 mm dan kam bo’lmagan taxta 
yuqoriga qaratilgan arralanadigan qirraga ega bo’lishi kamida uchta qoziqqa qat’iy gorizontalь holatda 
biriktirilishi kerak. Inventar metall obnoska yanada mukammal hisoblanadi. Transport vositalarini 


utkazish uchun obnoskalarda uzilishlar hosil qilinadi. 
Obnoskaga asosiy rejalash o’qlari ko’chiriladi va ulardan boshlab binoning barcha asosiy o’qlari 
belgilanadi. Hamma o’qlarobnoskada mixlar bilan yoki qisqacha arralanib mahkamlanadi va raqamlanadi. 
Metall obnoskalarda o’qlarni belgilash bo’yoq bilan amalga oshiriladi. Kotlovanning o’lchamlari yuqorisi 
bo’ylab, qazilgandan so’ng pasti bo’ylab, hamda boshqa ahamiyatli no’qtalari ko’zga yaxshi ko’rinadigan 
qoziqchalar va ishora qoziqlari bilan belgilanadi. Binoning yer ostki qismi barpo etilgandan so’ng asosiy 
rejalash o’qlari uning tsokolь qismiga ko’chiriladi. 
Uzun o’lchovli inshootlar (transheyalar) uchun faqat ko’ndalang obnoskalar o’rnatilib, trassaning 
to’g’ri uchastkalarida har 50 m da, qayriladigan uchastkalarda har 20 m da o’rnatiladi. SHuningdek
obnoskalar har bir piketda, trassa profili keskin o’zgargan no’qtalarda urnatiladi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə